❗️IMEI-кодларга оид янги тартиб ноқонуний жорий этилган

Ёдингизда бўлса, кеча IMEI-кодлари бўйича янги тартиб жорий қилингани ҳақидаги хабарга изоҳ бера туриб, "наҳотки Вазирлар Маҳкамаси қарорига ўзгариш киритилган бўлса?" дея бу тартибнинг қонунийлигини шубҳа остига олган эдим.

Бугун Aхборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг берган баёнотидан кейин ушбу янги тартиб ноқонуний жорий этилганига 100% амин бўлдим.

Вазирлик ёки халқни қонунчиликни яхши тушунмайди деб ўйлайди, ёки ўзлари яхши тушунмайди.

Ҳолатни тушунтираман:

Баёнотда айтилишича, Вазирлар Маҳкамаси қарорида вазирлик ушбу йўналишда норматив-ҳуқуқий базани яратиш ва такомиллаштириш бўйича ваколатли орган деб белгиланган. Шу сабабли «Ўзбекистон телекоммуникация тармоқларини бошқариш республика маркази» ДУК, яъни тизим оператори IMEI-кодни рўйхатдан олиш тартибига ўзгариш киритган. Эътибор қилинг, ўзгаришни вазирлик эмас, балки бошқа ташкилот киритган.

Энди бир бошидан бошлаймиз.

IMEI-кодларни рўйхатга олиш жараёни қанақа бўлиши Вазирлар Маҳкамасининг 17.09.2019 йилдаги 778-сон қарори билан тасдиқланган Низомда аниқ белгилаб қўйилган.

Ушбу Низомда IMEI-кодни рўйхатдан ўтказиш чоғида телефон рақами ариза берувчининг номида бўлиши кераклиги ҳақида бирорта қоида йўқ. Бунақа талаб қўйилмаган. Низомнинг 17-бандида ариза берувчидан ушбу Низомда назарда тутилмаган ҳужжатлар ва маълумотларнинг тақдим этишни талаб қилишга йўл қўйилмайди, деб ёзиб қўйилган.

Бу Вазирлар Маҳкамасининг қарори, яъни Ҳукумат ҳужжати. Халқ тилида содда қилиб айтганда, бу Низомни Бош вазир имзолаб, тасдиқлаган. Бу ердаги тартибни ўзгартириш учун яна бир марта Бош вазир тегишли ҳужжатни имзолаши ва рухсат бериши керак. На вазирлик, на қанақадир ДУК ўзбошимчалик билан Бош вазир тасдиқлаган ҳужжатни ўзгартира олмайди.

Аммо бугунги кунда Вазирлар Маҳкамаси қарорига ҳеч қандай ўзгариш киритилмади. Демакки, кеча ушбу тартиб ҳеч бир асоссиз ўзгартирилди. Ва буни вазирликдагилар тўғри дея баҳолаб баёнот берди.

❓Савол: ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазири ёки ДУК раҳбари Бош вазирдан устунми?

Ёки юртимизда «Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар тўғрисида»ги Қонунга амал қилиш тўхтатиб қўйилдими? Исталган вазирлик ёки исталган ДУК ўзи хоҳлаган пайтда бемалол Ҳукумат қарорларини ўзбошимчалик билан ўзгартира оладиган бўлиб қолдими? Қачондан унақа бўлди, биз эшитмай қолибмизку?!

Ушбу ҳолатга Адлия вазирлиги бирор муносабат билдирса яхши бўлар эди. Ва Aхборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлигининг ўзидан ҳам қўшимча изоҳ кутиб қоламиз. Агар вазирликда яхши юристлар бўлмаса, Адлия вазирлигидан маслаҳат сўраб кўришсин, қаерда хато қилишганини айтишади.

Нима бўлганда ҳам бу ўзбошимчаликка тезроқ чек қўйилиши керак.

P.S.: вазирлик бугун IMEI-кодлар базаси кутилмаганда очилгани бўйича ҳам изоҳ бермади ҳали.


👉 @xushnudbek 👈

391 comments

Show 100 more comments
Kimlarnidir telefini ro'yxatdan o'tyapti kimlarnikidir ming urinishsa ham o'tmayapti nima degan gap bu qanday tushunish kerak
1170ga nimani sms qilish kerak xaloyiq qaysi kodni
Baron 💴💵💶💷💸💰
Imei kodlari orqasidan tushgan pulni kimga qanaqa foydasi bor. U pullar qayerda ishlayapti. Nomiga 4G bor lekin 3G tezligida ham ishlamaydi. Hammayoq koz buyamachilik. Bazida shunde narsalarni hammasi tepadan boshlanib keganligini korib afsuslanib ketaman. Davlar nomiga chiroyli shu ishlarni tepadaagilari maza qilib yashashyapti Xalq esa hayoti qiyinlashgandan qiyinlashmoqda. Muammo kop ularni kormaydi kozlari. Yuq yerdan muammolarni. barpo qilishadi. yangidan yangi usullar bn majburlab xalqdan sadaqa yigib Boyib yashashadi
I. A.
Inson xuquqlari buzilishi emasmi bu imei ruyxatga olish .dod devorasanda bunaqa holatga
Postni yorib qoyibsiz)) faktlar juda asosli qoil qoldim :D tupikka kirib qolishardi sud zalida bolishganida :D afsus bir bahona yoki uzr sorab qutilishadi
Хеч хайрон колмадм. Негадуууур)))
O'chirilgan hisob
Kapirishniyam foydasi bömay qoldi
Qiziq dunyoda 5G deb bong urib, shu tezlikda ishlaydigan telefonlar chiqarilayotgan bir paytda biz tomonlarda hali 3G ham tuzuk ishlamaydi-ku)) Biznikilar esa yangidan yangi to'lov va jarimalar yozish bilan ovora. O'zgarish qani akalar, aytgancha regres(siya) ham o'zgarishku faqat pastga qarab ;)
P.S. Xushnudbek aka postni yozib hamma joyni yondirib tashlabsiz gap yo'q. Xo'sh endi kutamiz rasmiy javobni!
👨‍💻👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍💻
Baron 💴💵💶💷💸💰
Imei kodlari orqasidan tushgan pulni kimga qanaqa foydasi bor. U pullar qayerda ishlayapti. Nomiga 4G bor lekin 3G tezligida ham ishlamaydi. Hammayoq koz buyamachilik. Bazida shunde narsalarni hammasi tepadan boshlanib keganligini korib afsuslanib ketaman. Davlar nomiga chiroyli shu ishlarni tepadaagilari maza qilib yashashyapti Xalq esa hayoti qiyinlashgandan qiyinlashmoqda. Muammo kop ularni kormaydi kozlari. Yuq yerdan muammolarni. barpo qilishadi. yangidan yangi usullar bn majburlab xalqdan sadaqa yigib Boyib yashashadi
Siz shunday deysiz lekin 34 million odam boshqarish ham oson ish emas bizni yoq davlatdan bor qilgan odamlar shular emasmi biz endi yurishni urganayotgan chaqoloqmiz bola yiqilib surilib yurishni urganadi biz ham shu pag'onadamiz bu pullarning 10/1 Qismi davlat Budjetga kirsa ham biz fodamizga chunki davlat Budjetda pul bo'lsa u ertaga o'ylanmasdan oldiga qadam tashlay oladi to'g'ri ham narsa xalqning kistasidan olinayabdi nega buncha nolimiz nimaga o'rnak olmimiz mana ikkinchi jaxon urishdan kiyin yaponlar o'zlari uchun nima qilgani hammamiz bilamizku nega hamma ishig nolib yuramiz nolimasdan xarakat qilishni bilmaymizmi....
Shu imeini orqasidan pul qilayotganlarga ollohni lan'ati bo'sin topgan puli buyurmasin teshib chiqsin man bir yil ishlamagan telimga sim karta qo'ysam ishlamayapti ketmey yotgan telefonlarini tiqishtiryotganlarga olloh kifoya qilsin boshqa tomondan vagon vagon teshib chiqsin omin omin.
👨‍💻👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍💻
M. HAYDAROV
Bu pullar aynan byudjetga kiryaptimikan... kim hisobot beradi? Be'mani va befoyda "dezinfeksion tunel"lar hamda shunga o'xshagan bemaqsad narsalar uchun beraylikmi pulni??? Deyarli 30 yildan beri beryaptiku shundog'am xalq..yana qancha bersin,,sabr qilish ham evi bilan-da? Mana shuncha ish bo'lyaptiku deysizlarmi? Bu o'zgarishlar (balki) investitsiya, tashqi qarz va chet eldagilar ishlab kelayotgan pul evaziga ham bo'layotgan bo'lishi mumkinmi?!
Men ham hamasi deganim yoq 10/1 qismi deyaban kirsa, yaponlar ham amerka askarlaring qorni to'qlash uchun o'z axolisi yemagan ovqatini Olib borgan axolida qolgan bir so'm puligacha olganku bilsalariz o'sha paytlar xozir ko'rsalariz shu azobning roxatini yeyotibdi shular men bu gapim bilan biz nolimasdan o'zimiz xarakat qilsak biz yemasak ham kelajak avlod yeydi deb xarakat qilishimiz kerak
Matmurotova Mohinur
Albatta hamma birdek ishbilarmon toza qalb egasi bòlganida edi. Edi ming afsuski bunday emas. Vaqt òtadi yillar òtadi kim nima qilmasin birkun javobini beradi. Albatta vaqt kòrsatadi. Olayotgan nafasimiz toza va musoffo bòlsin va qalblarnixam toza qilsin.
👨‍💻👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍💻
Men ham hamasi deganim yoq 10/1 qismi deyaban kirsa, yaponlar ham amerka askarlaring qorni to'qlash uchun o'z axolisi yemagan ovqatini Olib borgan axolida qolgan bir so'm puligacha olganku bilsalariz o'sha paytlar xozir ko'rsalariz shu azobning roxatini yeyotibdi shular men bu gapim bilan biz nolimasdan o'zimiz xarakat qilsak biz yemasak ham kelajak avlod yeydi deb xarakat qilishimiz kerak
Gapiz noto'g'ri demayapman, yapon hukumati kafolat berishgan kelajak yaxshi bo'lishiga, korxonalar (davlat) esa ularni umrlarini oxirigacha ish bilan ta'minlashni o'z zimmasiga olgan. Farqi bormi, bizga kimdir shartnoma tuzadimi, kafillik beradimi kelajakda avlodlarimizga zo'r sharoit qilib berishni??? Savollar ko'p, javoblar esa,,,,
👨‍💻👨‍🎓👨‍🎓👨‍🎓👨‍💻
Lalantlash, Yamonlash bilan xech kim ishi bitmaydi shuni ko'rdingmi xarakat qil bir kun shu amalga chiqib qolsagiz shu ishlarni to'g'rilayman deb vaqt o'tib ketayabdi biz qanday bo'lsak kelajak avlod ham shunday bo'ladi
Show next 98 comments