This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентда ёмғир ёғишни бошлади.

Целлофан тагига кириб олган охирги абитуриент шошганича жавоблар варағини топширмоқда. Назоратчи эса шоша-пиша ёмғирдан қоғозга шикаст етмасин деб, ҳужжатларни расмийлаштирмоқда.

Хулосалар:

1) ташкилий томондан очиқ майдонда тест ўтказиш осон бўлмаяпти, табиатнинг кутилмаган инжиқликлари ишни янада оғирлаштириши мумкин. Лекин ташкилотчилар, назоратчилар жуда яхши ишлашяпти, барака топишсин, барча стол-стулларни устини ёпиб чиқишга ҳам улгуришибди;

2) очиқлик ва шаффофлик зўр нарсада барибир, битта монитор орқали бутун Ўзбекистондаги тестларни кузатиб ўтириш, 3 йил олдин бунақа ўзгаришлар ушалмас орзу эдику. Марсга одам оёғи етиш эҳтимоли юқорироқ эди бундан;

3) целлофан тагига қунишибгина жойлашиб олган анави абитуриент - ТОП! 👍 Шунча ҳаракатига яраша яхши балл олсин энди, илоҳим, шарманда қилмасдан 😄


👉 @xushnudbek 👈

564 comments

Show 100 more comments
Yusupova Madina
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudayberdiyev biz kanallarda savollarni tarqab ketganini koʻrdik.Bu qanaqa adolat.
Kamol R
Марсга одам оёги зор чикибти😂😂😂😂
Маржона Собирова🕊
Farhodovna
Adolatsizku bu juda😞
Qoshilaman
祖克 1997
karochi shuncha vaqt kechasini kechasi demay kunduzi kunduz demay tayyorlangan abituryentlarni sindirshyapti.Dup 0 abituryentlar kiryapti yana😡😡😡
Oka bunaqa nohaqliklar qachongacha bolarkin. Ogizdi toldirib maqtanamizu lekin hamma narsa tilda. Aslida ozidan boshqasiga tupurgan xalqmiz . Yomon hayollar kelyapti.
Shodiyona Xushmurodova
Aniq adolatsizlik
Madina*
Assalomu alaykum hammaga. Avvalo, bugungi savollar varaqasini suratga olingani nazoratchilarning etiborsizligi mahsuli 😒Yana shapka berilmas ekan nimaga beriladi deb aytishadi.Mayli,1- smenadagi abituriyentlarga berilmasa ham 2- smenadagilarga berilsa boʻlardi. Yomgʻir behosdan yogʻib qolsa javob varaqasining zarar koʻrmasligiga kim kafolat beraoladi. Qanday chora koʻriladi. Qay holda toʻxtatiladi imtihon. Abituryentlar allaqachon savollar bilan tanishib boʻlishgan boʻlsachi? Qoldirilgan kunda aynan shu savollarga tayyorlanib kelishlariyam mumkinku axir
祖克 1997 бу гапни сендан катталарам айтган😁😁😁
Farhodovna
Bilimim bilan kiraman Inshaallah
Kirib ketas Inshallah keyin abituryentli paytizzi eslab yuras 😆
Shodiyona Xushmurodova
Kepkaga ruhsat berildi urtola
Biz ham umid bilan kutayapmiz,ilohim barcha bilimi borlar qatorida farzandim ham talaba bòlsin,bolajonlarim,hammasi Allohdan,podadan oldin chang chiqarmaylik va umidimizni sòndirmaylik,agar korrupsiya bòlsa aniq,tiniq faktlar bilan aytaylik,topish va jazolash oson bòladi,òtgan yilgi kimyo fanidan bòlgan òyinlar butun telagramni portlatdi,DTM dagilar ham òziga tegishli xulosa chiqargandir.Bolajonlarim,men ham ustozman,butun bilimi borlarni ,faqat bilimlilarni qòllasin deb duo qilaman.
Gulchiroy Ismanova
Eng qizigi 72% deb elon qilinganida,bazi maktablar sorovnomalarni endi hisoblashayotgandi
Шунга хайронман нима кераги бор. Хушнуд ака шунча коментарийни укимаслиги хам аник
Show next 100 comments