This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкентда ёмғир ёғишни бошлади.

Целлофан тагига кириб олган охирги абитуриент шошганича жавоблар варағини топширмоқда. Назоратчи эса шоша-пиша ёмғирдан қоғозга шикаст етмасин деб, ҳужжатларни расмийлаштирмоқда.

Хулосалар:

1) ташкилий томондан очиқ майдонда тест ўтказиш осон бўлмаяпти, табиатнинг кутилмаган инжиқликлари ишни янада оғирлаштириши мумкин. Лекин ташкилотчилар, назоратчилар жуда яхши ишлашяпти, барака топишсин, барча стол-стулларни устини ёпиб чиқишга ҳам улгуришибди;

2) очиқлик ва шаффофлик зўр нарсада барибир, битта монитор орқали бутун Ўзбекистондаги тестларни кузатиб ўтириш, 3 йил олдин бунақа ўзгаришлар ушалмас орзу эдику. Марсга одам оёғи етиш эҳтимоли юқорироқ эди бундан;

3) целлофан тагига қунишибгина жойлашиб олган анави абитуриент - ТОП! 👍 Шунча ҳаракатига яраша яхши балл олсин энди, илоҳим, шарманда қилмасдан 😄


👉 @xushnudbek 👈

564 comments

Show 100 more comments
Madina*
Ťհє ŤհєλΘɢîคท
kepka berib shaffoflik bolmasa bir tiyn
Mutlaqo haqsiz! Hech boʻlmaganda shuniyam qilishmadi degan manoda aytgandim. Shaffoflikniku aytmay qoʻyaveray foydasi yoʻq🤦‍♀️
Kepka berilmasakanu
.
nega ta'sir qimiydi. masalan man zaochniyga topshirdim..25 ta kvota bergan. 1 ta o'ringa 28 ta odam tanlov bo'votti. shuladan ancha munchasi super to'lashi mumkin. hamamsi pul to'lasa hammani ovurmiydiku. sama saboy ohirgi o'ringa surilib ketamanmi pul to'lamasam?
Hamma pul tolasa hammani oluradi.siz agar kirib ketsangiz ,oxirgi oringa surilmaysiz.pulini tolab super qilganlar ,25 ta kvotadan tawqaridagilar.birinchi orinda kirsangiz,birinchi orinda qolasz ortga surilmaysiz.
𝙼𝚒𝚛𝚣𝚊𝚊𝚗𝚟𝚊𝚛𝚘𝚟.𝙰シ︎♫︎✌︎
Misol uchun siz, men yana birov bugun topshirsak hammamizga bir xil tushishi mumkin lekin ertaga bu savollar deyarli takrorlanmaydigan qilib ishlab chiqilgan narsa bu. Shaxsan o‘zimda sinalgan
Qaydam Yana bilmadim lekin 4-topshirishim bu yil 1-yili xar xil oyinlar Bor edi koz oldimda ham bo'lgan u qolib kaltak meni boshimda singan 2-3-yillarimda ln doim boshida kirardim savollarni aytardim togri fakulteti boshqa ln mendagi savollar aylangan.2ta yoku 3ta tushsa Nima ln aylanadi deman men
Yomgʻir yolsa testlar toʻhtatiladi deyilgandiyu
Маржона Собирова🕊
Gulshoda Ruslanovna
Yomgʻir yolsa testlar toʻhtatiladi deyilgandiyu
Boshlangandan keyin qanday toxtatadi
Hali testga kirmagan birodarlar. Nima foyda kôrasizlar bu yerda koment yozib, battar siqilib. Undan kôra testga tayyorlaninglar yoki yaxshilab dam olinglar!!!
ℛℴ𝓏𝒶 ℛ𝒶𝒿𝒶𝒷ℴ𝓋𝓃𝒶
Tqshkilotchilaram sal ertaroq harakat qilishganida bunaqa noqulaylikla bo‘masdi bechara abituriyent😞 nazoratchilagayam osonmas bunaqa vaziyatda ochiq havoda imtihon bo‘larkan usti yopiq maydonlar tanlanishi yoki maydonlarni usti yopilishi kk edi.Bunday tabiat injiqliklari hech kimga yangilikmasku
Demak 3 soat hammaga ishlash uchun yetarli bo‘libdida hech kim qolmagan uji
Menga Xushnud akani body kamera haqidagi fikri yoqqandi haliyam juda kk shekilli nazoratchila kop bo‘gani yaxshi baribir shaffoflik yaxshi narsa
13-sentabrda test topewiradiganla bomi?😊
Avvalambor assalomu alaykum. Hamma joyda shu gap testlar shaffof, oqilona utyapdi deb lekin savollar tarqalib ketyapdiku hattoki rasm tushirib chiqyapdi bu degani yana o'sha davr paravozlar davri keldi deb bemalol aytsa bo'ladi. Tekshiruvchilar qayerga qarayapti, nazoratchilar qayerga qarayapdi bugungi tushgan savollarni boshqa barcha abituriyentlar ko'rdi ertaga aynan shu savol tushmasa o'sha qolipdagi savollar tushadi. Shu yerda bir narsa o'ylantiradi hammani ham internetga kirishga sharoit yo'qku. Oddiy xalq nima qilsin. Imtihondan avval ma'rifat gazetasidan savol tushadi deb gazetani pullashdi oddiy mobil formatdagi programmani ham hattoki, undan ko'ra o'sha bugun tushgan savollarni telegramda tarqalganlarni jamlab gazeta chiqarish kerak yoki televezorda e'lon qilish kerak oddiy xalq bolalari uchun. Qisqasi bu yil ham adolatli bo'lmadi. Menimcha bundan keyin ham shunaqa bo'ladi. Shuni nazoratga olish kerak. Baribir bizga o'xshagan kichkina odamlar bunaqa narsalarni hal qila olmaydi.
Show next 100 comments