Audio
❗️Ўзлари билан телефон олиб киришга уринадиганлар ҳам тест синовларидан четлатилади

Кечаги овозли чатда телефон ва шпаргалка олиб киришга уринадиган абитуриентлар ҳақида ҳам гаплашдик.

Шахсан менга қолса телефон ёки ҳар қандай шпаргалкаларни олиб киришга уринган абитуриентни ўша заҳоти тестдан четлатиш, ичкарига ҳам киритмаслик керак. Ва мана шундай қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 2 йилга тест синовларидан четлатишни йўлга қўйишимиз керак. Яъни у нафақат ўша йили, балки кейинги йилда ҳам тестга умуман киритилмасин.

Ҳозир бунақа нарсаларга ўзбекчилик деб қараймиз ва кечирамиз. Мана шу кечиримлилик бизга жуда қимматга тушяпти.

Ривожланган давлатларда шпаргалка ишлатиш шармандалик ҳисобланади, бизда эса бу оддий ҳол, шпаргалка ишлатмаганлар "лох" деб ҳисобланади.

ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам шунинг тарафдори эканлиги ва ДТМ бир неча бор қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 3 йилга тестдан четлатиш таклифини берганини айтди.

❓Сизнинг фикрингиз қандай бу борада?


👉 @xushnudbek 👈

372 comments

Show 80 more comments
Зўр таклиф, лекин рация орқали қўйиб юбориш буйруғи бўлиб қолсачи деган бўлмағур хаёл келиб қолади.
Menimcha test sinovidan 100% voz kechish vaqti keldi. Barcha kirish va bitiruv imtihonlari intervyu va suhbat asosida yoki onlayn muloqot shaklida bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yoki bog‘cha va maktabdan kasb yoki ta'limga yo'naltirib borish orqali korrupsiyani tugatish mumkin. Aks holda korrupsiyani tugatish UTOPIYA bo‘lib qoladi O'zbekiston tarixida....
Нозима
топпа тори гапиз эплаган
Mana yana bittasi. Sizlarni deb shuncha nazoratchilar. Agar, sizlar shunday fikrlamaganlarizda buuuncha naroratchilarga ham hojat qolmasdi!!! 😠😠😠
Niyozahmadov Z
Juda ham zo‘r taklif
Jasur Jumaniyazov
Шпаргалка ва телефондан фойдаланган абитурентларни Шахар кучасига расмини баннерларга чикариб камида Бир хафта илиб куйиш керак .... Хамма куриб куйсин
Avvalo hamma abituryentning vijdoniga havola qay tarzda uqishga kirishi.Lekin nazoratni utgan yilgidan ham kuchaytirishini surab qolardim
ШАХНОЗА
O'zbekistonda adolat yoq tog'ri ln boshqa kuchli davlatlarda ham 100 foiz adolat bor deb bolmaydi bizda tel olib kirganlarni qoyishmaydi otgan yili bir nechtasini ushlashdi koz oldimda
Hozirni ozida yana bitta ovozli chat qilaylik oka
Oshanda hammaga yaxw bolardi
3 yilga testdan chetlatish kerak. X variant sotganlarni jinoiy javobgarlikka tortish kerak.
Дилбар Азимова
Санжарбек Иброхимов
Еплаган кандини урсин ака Ундан Кура назоратчиликни кучейтирила
"Еплаб-еплаб" шу ерга келдик!!Назоратчиларни ичидаям сизга ўхшаб "еплабди-кандини урсин"дейдиганлари бўлса-чи?!Яна ўша аҳволми?Эшикни тагиданоқ ҳайдаш керак!!
Kimyo boyicha kop davlatda kalkulyator beriladi. Buni ham aytilar
Har yili bor bu gap. Eslatmada yozib beradi olib kirishga urinsa ham chetlatamiz deb lekin baribir kiritaveradi.
Zo‘r bo‘ladi chunki bilimiga ishonmagan inson shunday qiladi yoki umuman bilimi yo‘qlar shu sababli ta‘lim tizimi inqirozga uchraydi o‘zi olib qaraganda puli bor o‘qishiga qarshiman qancha yuridik 20ming super kontrakt mana ol o‘qiyver sifat qolmayapti
Yaxshi fikrku lekin sanga oxshaga aqlli super kontrakt ham notuģri narsaligini yozmaysan hch ģirt savodi yoq ham puli bòsa grant yutib kirgan bn bitta partada òqiydi. Hamma gap puldada tògrimi
Xushnudek aka sizdan iltimos, XORIJIY DAVLATLARDAN OʻQISHNI KOʻCHIRISH BOʻYICHA TIBBIYOT UCHUN OʻTISH BALLARI QACHON EʼLON QILINISHINI BILIB BERING, IZLANMAGAN JOYIMIZ QOLMADI! OLDINDAN RAHMAT!
𝑯𝒖𝒎𝒐𝒚𝒖𝒏
Masalan , menga ham bu fikr juda yoqdi. Chunki baribir halol yo‘l bilan o‘qishga kirgan albatta yaxshi. Shuning uchun bunday shpargalkalar bilan qo‘lga tushganlarni testdan chetlashtirish lozim deb hisoblayman
Mahliyo Murodullayeva
Umuman quymasligi kerak qolgan abutrentlar tayyorlanadi boshqalar busa telfon olib kirib ballarni kutarib yuboradi .
Show next 100 comments