Audio
❗️Ўзлари билан телефон олиб киришга уринадиганлар ҳам тест синовларидан четлатилади

Кечаги овозли чатда телефон ва шпаргалка олиб киришга уринадиган абитуриентлар ҳақида ҳам гаплашдик.

Шахсан менга қолса телефон ёки ҳар қандай шпаргалкаларни олиб киришга уринган абитуриентни ўша заҳоти тестдан четлатиш, ичкарига ҳам киритмаслик керак. Ва мана шундай қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 2 йилга тест синовларидан четлатишни йўлга қўйишимиз керак. Яъни у нафақат ўша йили, балки кейинги йилда ҳам тестга умуман киритилмасин.

Ҳозир бунақа нарсаларга ўзбекчилик деб қараймиз ва кечирамиз. Мана шу кечиримлилик бизга жуда қимматга тушяпти.

Ривожланган давлатларда шпаргалка ишлатиш шармандалик ҳисобланади, бизда эса бу оддий ҳол, шпаргалка ишлатмаганлар "лох" деб ҳисобланади.

ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам шунинг тарафдори эканлиги ва ДТМ бир неча бор қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 3 йилга тестдан четлатиш таклифини берганини айтди.

❓Сизнинг фикрингиз қандай бу борада?


👉 @xushnudbek 👈

372 comments

Show 93 more comments
Kimyo boyicha kop davlatda kalkulyator beriladi. Buni ham aytilar
Har yili bor bu gap. Eslatmada yozib beradi olib kirishga urinsa ham chetlatamiz deb lekin baribir kiritaveradi.
Zo‘r bo‘ladi chunki bilimiga ishonmagan inson shunday qiladi yoki umuman bilimi yo‘qlar shu sababli ta‘lim tizimi inqirozga uchraydi o‘zi olib qaraganda puli bor o‘qishiga qarshiman qancha yuridik 20ming super kontrakt mana ol o‘qiyver sifat qolmayapti
Yaxshi fikrku lekin sanga oxshaga aqlli super kontrakt ham notuģri narsaligini yozmaysan hch ģirt savodi yoq ham puli bòsa grant yutib kirgan bn bitta partada òqiydi. Hamma gap puldada tògrimi
Xushnudek aka sizdan iltimos, XORIJIY DAVLATLARDAN OʻQISHNI KOʻCHIRISH BOʻYICHA TIBBIYOT UCHUN OʻTISH BALLARI QACHON EʼLON QILINISHINI BILIB BERING, IZLANMAGAN JOYIMIZ QOLMADI! OLDINDAN RAHMAT!
𝑯𝒖𝒎𝒐𝒚𝒖𝒏
Masalan , menga ham bu fikr juda yoqdi. Chunki baribir halol yo‘l bilan o‘qishga kirgan albatta yaxshi. Shuning uchun bunday shpargalkalar bilan qo‘lga tushganlarni testdan chetlashtirish lozim deb hisoblayman
Mahliyo Murodullayeva
Umuman quymasligi kerak qolgan abutrentlar tayyorlanadi boshqalar busa telfon olib kirib ballarni kutarib yuboradi .
Shavkatjon Jumaxanov
Қани шу жараён амалда бўлса, жуда зўўўр бўлар эди!!!
Juda ham yaxshi ish bo‘lardi, bizni o‘zbekchilik, tanish bilishchiliklar o‘zimizni boshimizdan yong‘oq chaqadi, oxiri......
Hamma oz bilimi bilan kirsin shpargalka bn kirganlarga orin yoq
Nigora Muhammadjonovna
Albatta zoʻr narsa.Lekin puli bor bilimsizlar super kontraktga kiryaptiku.Buni qanday izohlaysiz
Unda yonini chimchilab, pul tòlab òqiydida. Telefon ishlatib kirsa haqiqiy noinsoflik bòlardi.
Etiroz umaman yóq bu qarorga 😁📌
Dilshodbek
Жуда зур таклиф яна бир таклиф тест тугагандан сунг хам жавоб варакаларини ДТМ га жунатгунча онлайн курсатиш керак
3yil yaxshi taklif.
Xushnudbek aka perevod qiladiganlarni test i qachondan bolishi nechta fanlar dan bolishi haqida ham maʼlumot bersangiz
Vaqtida kollejlar, litseylar va institutlardagi auditoriyalarda test olinadigan xonalada har yili o‘z auditoriyam ichida kamida 3 ta abituriyentni telefon ishlatgani sabab haydab chiqarardim.

Shuncha tekshirishlardan keyin ham olib kirardi.

Organlar umuman nomiga tekshirar edi.
ШАХНОЗА
66.1 bolmadimi adashmasam elon qilindi
Yoʻq u Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi yoʻnalishlari uchun, TDYU 105.8 etib belgiladi, SSV hali chiqarmadi...
Shpargalka yoki telefon olib kirgan bilan uni ishlataman deb harakat qilguncha kallasida bor bola vaqtdan unumli foydalanib hamma savolni qoqib tashlaydi lekin savollar 70 ta va vaqt 3 soat ekan harqanaqasiga ulgurish mumkin shu savollar ko'proq bo'lsa bilimi borlarga yaxshi edi ancha
Show next 100 comments