Audio
❗️Ўзлари билан телефон олиб киришга уринадиганлар ҳам тест синовларидан четлатилади

Кечаги овозли чатда телефон ва шпаргалка олиб киришга уринадиган абитуриентлар ҳақида ҳам гаплашдик.

Шахсан менга қолса телефон ёки ҳар қандай шпаргалкаларни олиб киришга уринган абитуриентни ўша заҳоти тестдан четлатиш, ичкарига ҳам киритмаслик керак. Ва мана шундай қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 2 йилга тест синовларидан четлатишни йўлга қўйишимиз керак. Яъни у нафақат ўша йили, балки кейинги йилда ҳам тестга умуман киритилмасин.

Ҳозир бунақа нарсаларга ўзбекчилик деб қараймиз ва кечирамиз. Мана шу кечиримлилик бизга жуда қимматга тушяпти.

Ривожланган давлатларда шпаргалка ишлатиш шармандалик ҳисобланади, бизда эса бу оддий ҳол, шпаргалка ишлатмаганлар "лох" деб ҳисобланади.

ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам шунинг тарафдори эканлиги ва ДТМ бир неча бор қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 3 йилга тестдан четлатиш таклифини берганини айтди.

❓Сизнинг фикрингиз қандай бу борада?


👉 @xushnudbek 👈

372 comments

Show 100 more comments
Yoki 1yil o'qishdan chetlatish yetadi.
😇😇😇😇
Salom yaxshimiz men 19 iyulda ariza topshiruvdim òqishni koshirishga Namangangan Davlat Universitetiga arizam hali ham yangi degan yozuv chiqiyapti nima qilishim kerak
Муяссар Абдуллаева
🌺🕊
😟😟шунака буладими имтихонда ияя имтихонга 1 йил киришим киргим кемай колди..
Тошкентда назорат каттикрок. Вилоятларда билмадим
Uz_Broker
Amaldorlar soʻziga Sal oydinlik kiritsak dtm boʻlarkan
Masalanda
BU QAROR YAXSHI AMMO O‘QIMASDAN TAYORLANMASDAN CHETTDAN KO‘CHIRIB KELISH BILAN BUNI NIMA FARQIBOR
🌺🕊
Муяссар Абдуллаева
Тошкентда назорат каттикрок. Вилоятларда билмадим
Вилоятда топшираман деб йозувдим ияя ха майли кимдир вилоятда чакмачакар булищи кк ку куркмела ким калькулятор ишлатса узим айтиб бераман😂😂назоратчи тогага
Maftuna Farmonova
Buyuk kashfiyotchilar bilimiga ishonadi. Tel yoki shpargalka olib kirishga urinmaydi ham.
Olib kirsa kiraversin manga qolsa, ishlatsa chiqazvorish kerak tamom. IELTS topshirganlar bulsa biladi, shunaqa darajada ishlab chiqilganki, hech kim qimirlolmaymi. Mana shunaqa tizimni ishlab chiqish kerak.

Umuman olganda, hammadan bir vaqtda imtixon olish xato ishdir. Yil davomida olish kerak, har kuni. Shunaqa test markazlarini tashkillashtirish kerak, masalan, 300-400ming to'lab imtixon topshirsin va balini universitetga junatsin 1 avgustgacha, 1 avgustda qaror qilinsin kim qayerga o'qishga kirganligi. Bu hazil ishmas, lekin amalga oshirish mumkin, aks holda mana shunaqa botqoqqa kiirb boraveramiz. 5000kishilik test sentr qurib har kuni imtixon olishsa buladi, bunga katta resurs ham talab qilinmaydi, zato o'z ishini ustalari test oladi, qayerdagi poraxurlar olishmaydi. Faqat bularni ham poraxurlik qilmasligini nazorat qilish kerak.
Nargiz
Menimcha 3 yil uzoq ruhan sinib bo‘ladi odam buncha vaqtda
Ogohlantirish berigandan keyin ham baribir qonun-qoidani pisand qilmasdan olib kirishga urinishdan oldin sinishni o'ylashsin unda
Hamma xam umrida xato qiladi shu yerdagi kim qilmagan xato ,men deyishsinchi bu yerga kirib olib umirbot jazo berishsin balo battarlar deb yotibdi . Erta birkun ota onasini yuziga qandey qaraydi ,birgina xato tufayli uzini osib uldirsinmi.Usha xatoni qilmaslikni tushunish uchun 1 yil yiqilgani yetmaydimi? Negativ bulmanglar kengroq uylash kk
Зафаржон
Бизда имтихонда утишни эмас, укишни кийинлаштиришганда эди. Студентдарга укишга талабни кучайтириш керак. Укийман деган мана олийгохда уки, агар эплай олсанг. Эплаб укишга интилган укирди. Эплолмаган укишдан уз узидан кунгли совуб бошка ишини килишарди.
Ақниет
Xa 3 yil imtihonga kirolmasin, opa singil ,aka ukalari ham 3 yil imtihonlarga kirolmasin ,imtiyoz degan narsani umuman tushida koradi, ota onasi ish joyidan ayrilsin, amaki toga jiyanlari harbiy maktablarga topshirolmaydigan bop qolsin, rossiya shiqmaydigan qilib ozodlikdan maxrum qsh kere. Beshora osilib olib qolsa kere undan keyin
Муяссар Абдуллаева
🌺🕊
😟😟шунака буладими имтихонда ияя имтихонга 1 йил киришим киргим кемай колди..
Аллохдан уша укишга кирий дб, ризк суранг. Ризкингиз тукилган булсп, харакат кисейиз, шпаргалкасиям, айрим муттахам мутасаддилаям бекор. Укийсиз!
Fikringizni maqullayman,albatta bilimi borlar talaba bo'lishi kerak,shpargalkadan foydalanganlar yoki telefondan foydalanganlar umuman test sinovlariga qo'yilmasayam roziman
Karimova
3 yil chetlatish noqahlik boʻladi menimcha.1 yil yetadi.3 yil ichida yana oʻqidimi yo taslim boʻlib boshqa ishga oʻzini urvoradimi xudo biladi.
BU QAROR YAXSHI AMMO O‘QIMASDAN TAYORLANMASDAN CHETTDAN KO‘CHIRIB KELISH BILAN BUNI NIMA FARQIBOR
Akrom Ibodullaev
Tòģri taklif
sen oqishga kirvogansanda bilmisan bu bechoralarni umid bilan kirgisi kelishini
Show next 100 comments