Audio
❗️Ўзлари билан телефон олиб киришга уринадиганлар ҳам тест синовларидан четлатилади

Кечаги овозли чатда телефон ва шпаргалка олиб киришга уринадиган абитуриентлар ҳақида ҳам гаплашдик.

Шахсан менга қолса телефон ёки ҳар қандай шпаргалкаларни олиб киришга уринган абитуриентни ўша заҳоти тестдан четлатиш, ичкарига ҳам киритмаслик керак. Ва мана шундай қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 2 йилга тест синовларидан четлатишни йўлга қўйишимиз керак. Яъни у нафақат ўша йили, балки кейинги йилда ҳам тестга умуман киритилмасин.

Ҳозир бунақа нарсаларга ўзбекчилик деб қараймиз ва кечирамиз. Мана шу кечиримлилик бизга жуда қимматга тушяпти.

Ривожланган давлатларда шпаргалка ишлатиш шармандалик ҳисобланади, бизда эса бу оддий ҳол, шпаргалка ишлатмаганлар "лох" деб ҳисобланади.

ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам шунинг тарафдори эканлиги ва ДТМ бир неча бор қинғир йўллар билан қўлга тушганларни 3 йилга тестдан четлатиш таклифини берганини айтди.

❓Сизнинг фикрингиз қандай бу борада?


👉 @xushnudbek 👈

372 comments

Show 100 more comments
N___🌼
Hozirgi vaqtda ancha kamayganu bunaqalar tekshirish kuchli bòlayabdi lekin yaxshi taklif beribdi
Assalomu alaykum hammaga. Hamma o‘zicha fikrlar bildirayapti. Kimdir o‘ylab ko‘rdimi. Toshkentdagi katta o‘quv markazlari abituriyentlari tushishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy testlarga tayyorlansayu qishloqdagi abituriyentlar uchun ehtimoliy testlar eshigi yopiq bo‘lsa. Qani bu yerda adolat? Meni shaxsiy fikrim DTM bazasidagi savollarni 5000-10000atrofida savol bilan boyitib, bazadagi savollarni butun xalqqa oshkora e‘lon qilsin. Shunda bazadagi savollar faqat tanish-bilishi yoki puli borlar uchun emas, hamma uchun birdek ochiq bo‘ladi. Bir kunlik bazadagi savollarni judayam kamligi haqida kim o‘ylab ko‘rgan. Uni yodlab kirganga kim e‘tiroz bildira oladi. Hozir shpargalka tel. haqida gap ketayapti. Xullas Xushnudbekni gaplariga 100% qo‘shilaman, lekin men aytgan jihatlarni ham kimdir ko‘tarib chiqish kerak.
Света
Ассаламу алейкум Хушнидбек акыллылык кылып атырган жок .Ол инсан хак гапти айтып атыр пикирине мен 200процент косыламан .Менин перзентлерим билимге таярланып атыр .шпаргалка телефон алып кирмеуи керек билимге мийнет пенен таярланып атырган абитурентлердин мийнети бахаланыуы тийис
TU.M.cr 6.1.7
2011-yil(balki undan ham oldin) SOLIQ AKADEMIYASI da ushbu tartib bor edi shaxsan òzim kòzim bilan korganman hattoki ichkariga kirolmasdan darvozadan qaytib ketgan abituriyentlarni. Òsha paytlar birorta oliygohda bunaqa tartib borligi haqida eshitmagandim. Allaqachon barcha oliygoglarda shunaqa qilinishi kerak edi. A bu yerda salkam 10 yildan keyin shu tartib haqida gap ketmoqda....
Тўппа тўғри қўшиламан.
Studentlar vaksinatsiya olishi shartmi. Bizlarga vaksinatsiya olganlik togrisidagi sertifikatsiz kelmagin deyishyabdi shu togrimi.
Miss.....
Бир бечора нечи йил таёрланади. Шпаргалка олиб киради у хам канакади формула. Эсидан чикиб кетмаслиги учун. Нега энди уни 2 йил четлатиш керак. Укишга кириб олиб ишлаб узингизча фикр билдирманг. Пули бор шунакасига хам имтихонсиз чет элга кириб 1 йилда перевод килиб келяпти каллада хеч нарса йук. Ёки супер контрактга киради. Бу гапингиз билан яна корупцияга йул очаяпсизку.
Жуда тугри таклиф,телефондан фойдаланиш холатлари утган йил хам кузатилган.качонгача курб,курмаганликка оламиз
Нозима
Сизи йоки мани гапим билан хич нима узгармиди киламан дган бабир килади келиб сиздан йоки мандан сорамиди ортикча гаплани кераги йук акиллик килиб
Ahmoq odamning oxirgi chorasi, "aqllilik qilma" deyish. Sizga o'xshaganlarga mansab tegmasin da, ishqilib. Eplaganniki hisob deydigan mansabdorlar ko'payib ketgan hozir. Agar, mansabdor bo'lsangiz, o'rningizga, bunday fikrlardan yiroq, insoflisi kelishini tilab qolamiz! Bir iltimos, menga javob yozib ovora bo'lmang! Sizni ovora qilib qo'yishni xohlamayman
Зур фикр яхши уйлабсизлар
Avvalo Assalom alaykum, juda to'g'ri fikr bildirilibdi, bilimsiz abituriyentlar talaba bo'lmasligi kerak, ammo qonunchilikda buni istisno qiladigan xolatlar bor. Masalan oddiy oilani bolasi yillab tayyorlanadiyu, lekin deylik sal omadi kelmay qabul chizig'iga 4 bal yetmay pastda qoldi, xuddi shunday 4 bal yetmay pastda qolgan boyning bolasi super kontrakt to'lab o'qishga kiradi. Boyning bolasi talaba bo'ldi, oddiy oilaning bolasi esa yuq. Xolbuki ikkalasining ham bilimi bir xil edi. Bu yerda adolat qani?
Agar rostdan amalga oshadigan bo‘lsa 5 yilga chetlatish kerak. O‘ziga ishonmagan abituriyent shpargalkaga ishonadi, bundaylar amallab diplom ovolsa yana eski hammom eski tos
U.Abdullayeva
Agar rostdan amalga oshadigan bo‘lsa 5 yilga chetlatish kerak. O‘ziga ishonmagan abituriyent shpargalkaga ishonadi, bundaylar amallab diplom ovolsa yana eski hammom eski tos
Assalomu alaykum!
Bizda shu odat borda "sallasini ol desa kallasini oladigan" nima keragi bor besh yil qoldirishni. Bir yil ham yetadi. Lekin shporgalka olib kirishga harakat qilganlarni testga qõymaslik haqidagi taklifi õrinli.
Baxtigul Abilova(Turdiyeva)
Энг осон ва пул кетмайдиган усул шу. Шунчаки четлаштирсин,2 йиламмас, шу йилни ўзида кирмайди деса ҳечким риск қилмайди100%
Azizbek Matekov
Assalomu alaykum! Bizda shu odat borda "sallasini ol desa kallasini oladigan" nima keragi bor besh yil qoldirishni. Bir yil ham yetadi. Lekin shporgalka olib kirishga harakat qilganlarni testga qõymaslik haqidagi taklifi õrinli.
Agar besh yil umri zoye ketishini o‘ylasa, ishoning, hech kim qilmaydi bu ishni. Mana rivojlangan davlatlarda hech kim shpargalka opkirishga urinmas ham ekanku, axir ming yillab bir joyda depsinib turolmaymizku, qachondir qat’iy qadamlar qo‘yilishi kerak!!!!
juda yaxshi bòlardi.
Necha yillab òqiganlar orqada qolib ketdi.
Superkontraktni ham yòq qilish kk .
70ball olib talaba bolyapti.
Men ham bu firkga mutlaqo qoshilaman, oziga ishongan insonga shpargalka umuman ortiqcha narsa, bunga uringan insonni ikki yil emas, uch yil hetlatishsa ham kam
Magistratura intihonlari qachondan boshlanadi? Telegram kanalingizda alohida post qilolasizmi qaysi yonalish qachon start oladi?
Show next 39 comments