ECTS Kредит-Mодуль Тизими.pdf
3.6 MB
Kредит-модуль тизими бўйича ўзбек тилида қўлланма тайёрланди

Канаданинг Нью Брансвик университети ассошейт профессори (Ҳуқуқ факультети), ҳамюртимиз Вохид Ўринов «Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларида ECTS Kредит-модуль тизими: асосий тушунчалар ва қоидалар» номли қўлланма тайёрлабди.

Эл-юрт умиди жамғармаси ва Республика Олий таълим кенгаши билан ҳамкорликда тайёрланган ушбу қўлланма кредит-модуль тизимига ўтиш арафасида турган ўнлаб ОТМ маъмурияти ва минглаб талабалар учун жуда фойдали манба бўлади, деган умиддамиз.

P.S.: Вохид Ўринов ўз қўлланмасини Фарғона вилояти, Ўзбекистон тумани, Ўрта қишлоқда яшовчи оналари Мавсумахон Комилова ва оталари Валижон Комиловга бағишлаб, агар қўлланма кимгадир фойда келтирса, шу инсонлар ҳаққига дуо қилиб қўйишларини сўраган.


👉 @xushnudbek 👈

86 comments

Show 5 more comments
Kridet tizimini ham o'zbekchalashtiradi hali . Xuddi TATU dek. Ya'niki kridet tizimining o'zbek modeli😅
Xushnud aka agar izohlarni òqiyatgan bòlsangiz,iltimos,Kredit-modul tizimi haqida batafsil ma'lumot bering.Nima u,tartibi qanaqa,avvalgi tizimlardan qanday keskin farqlari bor.Agar mumkin bòlsa kanalga audio shaklida izoh bering.Oldindan rahmat
GULIRA'NO YAXSHIYEVA
Kredit-modul tizimiga o'tish bu davlatimizning oliy ta'lim sohasidagi yana bir sezilarli o'zgarishi bo'ldi deyishimiz mumkin. Talaba sifatida juda qo'llab quvvatlayman va qo'llanma muallifiga hamda ota-onasiga rahmatlar aytaman
Bu tizim tòĝri
Menimcha hech qaysi abiturient bu haqida batafsil bilmasa kerak, yo adashayapmanmi
Қойил. бундай ўзбек йигитлари, олимлари кўпаяверсин, ота-оналарига Аллохим узоқ-умр, бахт-саодат насиб айласин!!! Минг рахмат шу акага !!!
Iltimos shu akamizga òxshab plus qilib yuboringlar. Kòpchilik bòlsak e'tibordan chetda qoldirmaydilar menimcha
Fayzullayev Zuxriddin Termiz shahar Jöyjangal MFY
bitta fandan yiqilsa pul tölanadi taxminan bitta oylik stipendiya hullas yiqilsa davlatga yiqilmasa domlaga tölaydida
Juda ham kerakli va Oliy taʼlimdagi ogʻriqli nuqtasi edi. Koʻplab tushunmovchiliklarni keltirib chiqarayotgandi. Mana endi oz boʻlsa ham tushuncha hosil boʻladi talaba va oʻqituvchilarda. Muallifni ota-onasiga rahmat!
Zokirjon
Kattakon Rahmat savob ishga qo'l uribdilar. Shunday inson qilib voyaga yetkazgan Ota Onangizga ming rahmat, baxtingizga uzoq umur ko'rishsin, yana ko'plab baxtu kamolingizni ko'rib yurishlari nasib etsin.
Kredit tizzimi juda yahshi. foyda beradi qachonki talabalarga qo'yiladigan fanlar kamaytirilsa aks holda talaba hech birini mukammal urganolmaydi
Talim kredeti haliyam berilebdimi
Katta Rahmat Vohid aka! Bizning tumandan juda ko'p o'qimishli insonlar chiqgan. Mana endi foydasi tegmoqda.
Bu tizimdan xam maqsad pulde keresiz sistema
Жуда зўр. Барака топсин. Ота онасига минг раҳмат. Шунақа кадрларимиз кўпаяверсин
Vohid aka tumanimizdagi qaysi maktabda o'qishgan ekan Xushnudbek. 65 maktab internatdami?
Show next 60 comments