ECTS Kредит-Mодуль Тизими.pdf
3.6 MB
Kредит-модуль тизими бўйича ўзбек тилида қўлланма тайёрланди

Канаданинг Нью Брансвик университети ассошейт профессори (Ҳуқуқ факультети), ҳамюртимиз Вохид Ўринов «Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларида ECTS Kредит-модуль тизими: асосий тушунчалар ва қоидалар» номли қўлланма тайёрлабди.

Эл-юрт умиди жамғармаси ва Республика Олий таълим кенгаши билан ҳамкорликда тайёрланган ушбу қўлланма кредит-модуль тизимига ўтиш арафасида турган ўнлаб ОТМ маъмурияти ва минглаб талабалар учун жуда фойдали манба бўлади, деган умиддамиз.

P.S.: Вохид Ўринов ўз қўлланмасини Фарғона вилояти, Ўзбекистон тумани, Ўрта қишлоқда яшовчи оналари Мавсумахон Комилова ва оталари Валижон Комиловга бағишлаб, агар қўлланма кимгадир фойда келтирса, шу инсонлар ҳаққига дуо қилиб қўйишларини сўраган.


👉 @xushnudbek 👈

86 comments

Show 51 more comments
Vohid O‘rinov va sizni ota-onangiz, barchamizni ota-onalarimiz sog‘ bo‘lishsin baxtimizga.
Uzoq kutilgan yangi mustaqil tizim barchaga muborak!
Aziz talabalar 💐💐💐
Javohir
shu tizimda uqiyotgan talabalar +
Uzoq kutilgan tizim. Nihoyat mustaqil bilim olamiz. Keraksiz fanlar yo‘q bo‘ladi. Xudo
xohlasa.
Barchamizni Alloh asrasin.
Kredit modul tizimga òtilayapti lekin òqituvchining yuklamasi eski tizim bóyicha qolayapti, maslan òsha Kanada davlatida bitta òqituvchi auditoriya soati yilllik 200-250 soat bu degan haftada 5 yoki 6 soat leksiya va praktika òqiydi qolgan vaqtda darsga tayorgarlik, talabalar b.n fan buyicha muloqat, bizda yuklama 900-950 soat yani haftasiga 20 soat dars òtishi kerak auditoriyada talaba soni ham juda kòp induvidal shuĝillanish uchun bir sutka 24 emas 48 soatdan iborat bòlish k.k bòlmasa kalla jixatdan maylikuya fizicheskiy ulgurmaydi
Muallif va barcha mas'ullarga rahmat aytib qolamiz! (ayrim imlo xatolarni hisobga olmasa hammasi yaxshi у ва ў harfalarida asosan, қуйиш-қўйиш, маърўза-маъруза)
Yulduz_Eshimbetova
Rahmat ularga
Abdulloh | عبد الله
Oldingi yillarda talaba bo'lganlar eski sistemada qoladimi (2, 3, 4 - kurslar) ?
(Kredit-modul tizimiga bu yildan o'tadigan OTM larni nazarda tutilgan)
Abdulloh | عبد الله
Bilganlar javob bervoringlar
Juda ibratli bo'libdi, oxiridagi izohi juda zo'r.
Jismoni tarbiya yónalishga ham fanlardan imtxon bóladmi fanlardan
Kredit modul tizimi nima qisqacha qilib tushuntirib bera oladimi kimdur?
Xalq tilida tushuntirishni iloji yo'q ekanmi? Xushnudbek o'ziz iloji bo'lsa yaxshiroq tushuntiring. Qisqacha.
Kredit tizimida talaba bironta fandan yiqilsa kursdan qoldiriladimi yuqmi
Абелкосимова
Ассалому алайкум Хушнудбек сизнинг телеграмм каналингиз оркали жуда тез ва охирги маьлумотларни оламиз.Бунинг учун миннатдормиз, Аллох Рози булсин. Мени кизим бу йил института укишга кирадиган, узим укитувчиман илгари бундан 2-йил аввал тест жараенлар да иштирок этганимда абитуриентларга мисоларни ишлашни учун черновик берилмас эди. Хозир шу масала кандай булаетгани хакида маьлумотлар борми?
Vohid Urinov
Jaloliddin Fayzullayev
Kredit tizimida talaba bironta fandan yiqilsa kursdan qoldiriladimi yuqmi
Jaloliddin, bu usha fan majburiy yoki tanlov fani ekanligiga bog'liq. Agar tanlov fani bulsa keyingi kursda yana bitta qushimcha tanlov fani olasiz. Agar majbuyir fan bo'lsa 2 marotabagacha imtihon topshirasiz, manimcha 2 marotaba imtihon topshirgan odam imtihondan utishi kerak. Agar shunda ham uta olmasa, usha fanni qaytadan olishiga tugri keladi talaba.
Assalomu alaykum Man TATUFF da 2yildan beri kredit modul tizimida taxsil olaman Ko'p narsa ko'zbo'yamachilik yetarli bilim beradigan ustozlar yo'q Tanlash imkoniyat umuman yo'q ustozni Bilim beralmidiyu lekin Yakuniy imtixondan o'ta olmasangiz To'lovni undirib oladi Agar Tanishingiz bo'lsa O'tib ketasiz yeqilsangiz ham
Xushnudbek yaxshimisiz? Men sizdan bir narsani iltimos qilmoqchi edim. Bu postga taaluqli emas. DTM bir martalik tulov muddatini oshirgani yuzasidan. Tulov qilmagan abituriyentlarni telefon raqamiga tulov qilish zarurligi haqida sms xabarnoma junatsa yaxshi bulardi. Uzim o'qituvchiman. O'quvchilarim har yerdan tulovni amalga oshirgan. Kimdir tulov qilib berdim deb, tulovni amalga oshirmagan bulishi mumkin. Shu uchun sms xabarnoma borsa yaxshi bulardi. Shu fikrni siz orqali yetkazish mumkin deb uyladim. Inobatga olasiz degan umiddaman. Oldindan raxmat.
Show next 14 comments