ECTS Kредит-Mодуль Тизими.pdf
3.6 MB
Kредит-модуль тизими бўйича ўзбек тилида қўлланма тайёрланди

Канаданинг Нью Брансвик университети ассошейт профессори (Ҳуқуқ факультети), ҳамюртимиз Вохид Ўринов «Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларида ECTS Kредит-модуль тизими: асосий тушунчалар ва қоидалар» номли қўлланма тайёрлабди.

Эл-юрт умиди жамғармаси ва Республика Олий таълим кенгаши билан ҳамкорликда тайёрланган ушбу қўлланма кредит-модуль тизимига ўтиш арафасида турган ўнлаб ОТМ маъмурияти ва минглаб талабалар учун жуда фойдали манба бўлади, деган умиддамиз.

P.S.: Вохид Ўринов ўз қўлланмасини Фарғона вилояти, Ўзбекистон тумани, Ўрта қишлоқда яшовчи оналари Мавсумахон Комилова ва оталари Валижон Комиловга бағишлаб, агар қўлланма кимгадир фойда келтирса, шу инсонлар ҳаққига дуо қилиб қўйишларини сўраган.


👉 @xushnudbek 👈

86 comments

Show 62 more comments
Jismoni tarbiya yónalishga ham fanlardan imtxon bóladmi fanlardan
Kredit modul tizimi nima qisqacha qilib tushuntirib bera oladimi kimdur?
Xalq tilida tushuntirishni iloji yo'q ekanmi? Xushnudbek o'ziz iloji bo'lsa yaxshiroq tushuntiring. Qisqacha.
Kredit tizimida talaba bironta fandan yiqilsa kursdan qoldiriladimi yuqmi
Абелкосимова
Ассалому алайкум Хушнудбек сизнинг телеграмм каналингиз оркали жуда тез ва охирги маьлумотларни оламиз.Бунинг учун миннатдормиз, Аллох Рози булсин. Мени кизим бу йил института укишга кирадиган, узим укитувчиман илгари бундан 2-йил аввал тест жараенлар да иштирок этганимда абитуриентларга мисоларни ишлашни учун черновик берилмас эди. Хозир шу масала кандай булаетгани хакида маьлумотлар борми?
Vohid Urinov
Jaloliddin Fayzullayev
Kredit tizimida talaba bironta fandan yiqilsa kursdan qoldiriladimi yuqmi
Jaloliddin, bu usha fan majburiy yoki tanlov fani ekanligiga bog'liq. Agar tanlov fani bulsa keyingi kursda yana bitta qushimcha tanlov fani olasiz. Agar majbuyir fan bo'lsa 2 marotabagacha imtihon topshirasiz, manimcha 2 marotaba imtihon topshirgan odam imtihondan utishi kerak. Agar shunda ham uta olmasa, usha fanni qaytadan olishiga tugri keladi talaba.
Assalomu alaykum Man TATUFF da 2yildan beri kredit modul tizimida taxsil olaman Ko'p narsa ko'zbo'yamachilik yetarli bilim beradigan ustozlar yo'q Tanlash imkoniyat umuman yo'q ustozni Bilim beralmidiyu lekin Yakuniy imtixondan o'ta olmasangiz To'lovni undirib oladi Agar Tanishingiz bo'lsa O'tib ketasiz yeqilsangiz ham
Xushnudbek yaxshimisiz? Men sizdan bir narsani iltimos qilmoqchi edim. Bu postga taaluqli emas. DTM bir martalik tulov muddatini oshirgani yuzasidan. Tulov qilmagan abituriyentlarni telefon raqamiga tulov qilish zarurligi haqida sms xabarnoma junatsa yaxshi bulardi. Uzim o'qituvchiman. O'quvchilarim har yerdan tulovni amalga oshirgan. Kimdir tulov qilib berdim deb, tulovni amalga oshirmagan bulishi mumkin. Shu uchun sms xabarnoma borsa yaxshi bulardi. Shu fikrni siz orqali yetkazish mumkin deb uyladim. Inobatga olasiz degan umiddaman. Oldindan raxmat.
Juda foydali qòllanma bòlibdi. Tayyorlaganlarga rahmat. Lekin yuqorida Berdiyor aka kòtargan masala òqituvchilar yuklamasi aniq mezonlar asosida belgilab qòyilsa yaxshi bòlardi. ECTS da òzi shu bòyicha aniq mezon bormi?
👩‍🎓_Frozen_🎓
Bir foydalanuvchining e‘tirozi e‘tiborimni tortdi.

MENING BARCHA UMIDIM SIZDAN SHAVKAT MIROMONOVICH!

Assalomu alaykum muxtaram Shavkat Miromonovich! Hozirgina Telegram messenjerida Vazirlar mahkmasi huzuridagi davlat test markazining rasmiy telegram kanalida
(@rasmiydtm) kanalida IELTS-INDICATOR sertifikati bu yildan boshlab istisno tariqasida qabul qilishi aytildi. Mening haqiqiy IELTS sertifikati bilimi egalariga hech qanday etirozim yoq. Ular bunga haqli omadini berishsin! Lekin biz abituriyentlar IELTS-INDICATOR sertifikatini tan olmaymiz. Shaffoflik shaffoflik adolat adolat deya bong urilayotgan bir paytda IELTS-INDICATORning tan olishi bu nimasi? Umuman olganda mening 100 dan ortiq tanishlarimda oz kuchi bilan erishmagan qandaydir ustozi-yu dostlari yoki kochadan maxsus ingliz tilini biladigan odamlarga haqqini tolab IELTS-INDICATOR sertifikatini qolga kiritgan tanishlarim juda juda kop! Shaffoflik qani? Yana qaytarib aytaman mening haqiqiy haqqoniy tarzda IELTS sertifikatiga erishgan tengdoshlarim-u birodarlarimga hech qanday etirozim yoq. Biroq kimdirlarning yordamlari bilan qolga kiritilgan IELTS-INDICATOR ni tan olishdan biror bir maqsad bormi? Nega nega va yana nega? Hurmatli Shavkat MIromonovich! Umuman olganda mening bu murojaatim sizgacha yetib borishiga hech qachon ishonmaganman va bundan keyin ham ishonmayman. Mening bu yozgan murojaatim qandaydir mana shundek oddiy narsalarni bilmaydigan DTM qogirchoqlaridan nariga otmasligini ozim ham bilaman. Ammo men nima qilay umidsizlikdan yozyapman! Men shu kungacha shasht bilan tayyorlanayotgan edim endi menda ertangi kunga ishonch ham shashtim ham oldi. Bundan ortiq oz kelajagimni bu davlatda kormayapman ishoning janob prezident. Hozirda kozimda yosh ila alam bilan yozayotgan murojaatimni korsangiz mening holimni albatta tushunar edingiz, Bizning yurtimizda mana shundek DTM kabi tashkilotlar bor ekan biz hali rivojlana olmaymiz!

Hurmatli sayt hodimlari. Sizlarga ham bir iltimos. Murojaatimni korib chiqayotgan bir paytda bu murojaatni MASUL TASHKILOT DEYILGAN JOYIDA DAVLAT TEST MARKAZI deya korsatmasligingizni xohlar edim chunki bu kabi tashkilotlar qolidan hech narsa kelmasligini siz ham biz ham yaxshi bilamiz. Qolidan biror bir ish keladigan kattaroq tashkilotlarni korsatshingizni xohlardim. Tashakkurlar bolsin DTM dek tashkilotga hayf sizlarga!!!!

Tahrirsiz

Ps:
Ular o‘zlarining qarshi guruhini ham tuzibdi, agar siz ham qarshi bo‘lsangiz, marhamat👇


Xalq to‘lqindir,xalq kuchdir...

https://t.me/NoIndicator/316

👉 @onlineonatili
Vohid Urinov
Jaloliddin Fayzullayev
Men TATU SF da òqiyman bizdayam shu ahvol tanlov degan narsa yuq òzlar xoxlagan fanlarini qòyib xoxlaganini òqitishadi qolib ketganlar tulov qilib òqishadi
Jaloliddin, unda ECTS qoidalariga amal qilishmayapti ekan. ECTsda tanlov bo'lishi shart, hech bulmasa 2, 3,4 kurslarda. Qolaversa talaba yiqilsa, 2 ta qayta imtihon tekin.
Biz endi 1-kursni tugatdik qayta imtihon yòq pul tulab qayta òqiymiz keyin qayta topshirish bòladi
Хушнудбек иккинчи мутахасисликка онлайн хужжат топширмокчи эдим лекин шахсий малумотни Яни паспортни тулдирганимдан кейин малумот топилади деяпди кайта кайта кириб курдим фойдаси булмади Нима килишим керак
Assalomu alaykum,ta'limdagi korrupsiya bo'yicha kimga murojaat qilsak bo'ladi?Ishga joylashish bo'yicha
Assalomu alaykum. Men jurnalistikaga topshirgandim. Hozir tahrirlayman desam maqsadli va maqsadsiz qabul degab narsala chiqyapti. Nima degani ular. Iltimos tushuncha bering
assalomalekum men milliy universitetining xorijiy filologiya va tillarni o'qitish(o'zbek tili) sirtqi yo'nalishni tanlagan edim men ham jurnalistika yo'nalishlariga o'gartirsam buladimi imtihoni ona tili va adabiyot.chet tili (ingliz tili) dan bo'ladimi faqat qayerdan bilsam buladi?
Assalom-u alaykum
Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa, yiqilganlarga qo'shilib, yig'lasharmidik
Biz o'qishga kiramiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

Ruchka siyohini yo'llarimga sep,
Kitob o'qimiz har doim ko'kka oy chiqqach,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing onang seni, abituriyent qib tuqqan.

Dtm da menga to'g'ri javob hadya et ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan,
O'zing ayt bizday abituriyent yana qayda bor?
Tushida ham o'qishni kanda qilmagan.

So'kinib yashama tayyorlov chog'da
O'qi, õrgan, o'rtanma dtm da,
Testlarga ham chida, leksiyaga ham chida,
Imtixon topshiramiz, katta bir stadionda.

Men esa biologiyachi oddiy bir g'arib,
Tunda kitob o'qib, tongda yotguvchi,
Tushimda ham biologiya axtarib,
Adabiyot ko'rsam, qochib ketguvchi.

Ista! Blok test ishliman, hozir oldingda,
Past chiqdi, Jolli chiqdi, uyalmoq nechun,
Kelajak studentlar, dtm qalbida,
Bu yilgi talabalik, faqat biz uchun.

Biz o'qishga kiramiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik😂

Abdurasulov Shohzodbek

@ABDURASULOV_SHOHZODBEK_BIOLOG
Зоирбек Мухаммадсолиевич
300 мингдан ошибди табрик!!👏
Show next 3 comments