⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 57 more comments
Magistr 2-imtihon chet tiliga kirish uchun ruxsatnoma saytni qayssi bo'limida ekan ?
Magistr 2-imtihon chet tiliga kirish uchun ruxsatnoma saytni qayssi bo'limida ekan ?
Oybek
https://magistr.dtm.uz/
shuni ichida menyular bor.
qayssi menyuda
Nega bu yil o'tgan yilga o'xshab test bo'lmadi. Men masalan borolmadim 1 bosqichga ishdaligim uchun. Toshkentga topshirgandim. O'zim Andijonliman. Test bo'lish kerak edi. Andijonda topshiroradik testni
Oybek
shunaqa menimcha dtm beribdi
nimaga unaqa qildi tushunmadim ,unaqa qaror yoqku 55 dan pastlar kirsin degan
Mavzu bo’yicha yozilar, boshqa mavzuni shaxsiyga yozilar
Atabek Turemuratov
Qachon va qaerda bo'lishi ruxsatnomada yo'qku
Magistraturaga hujjat topshirgan paytingizda hududni belgilagansiz shu hududda o'tkaziladi
telefonga sms keladi bugun yoki erta qayerda nechida bo'lishi
Yangi chiqgan qonundan noroziman.
56baldan pas ball olganlarni imtihonga kirishi bu notoʻgʻri
Oybek
men ham hayron qoldim🤦🏻‍♂️
xushnudbek oydinlik kiritib bering deb hamma yozsin nimaga besabab 55 dan pastlarni ham qoyishyapti @xushnudbek
axmoqgarcilik 56 dan pastni nimaga kirgizyapti hayronman
shuni yozaylik nima keragi bor yana raqobatni kuchaytirib
Make a Wish
Assalomu alaykum @Xushnudbek aka.

Aka xorijiy OTM lardan perevod qiladiganlar uchun ham o'qish 6-sentyabrdan bo'ladimi ?
55 dan yuqorilar kiradi deb aytilmagan ediku
56 дан паст туплаганлар имтихонга киришидан нима фойда?
mutahaslikdan 55 ololmagan bolaga magistr nima keragi bor
Show next 100 comments