⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Hali chiqmadiya 10 kundan oshdiya man 6qiwga kirganimda 19 kunda chiqqan
Assalom alekum.men savolim dtm 2020-2021 yilgi o’quv yiliga test sinovida qatnashish uchun 122.500so’mdan to’lov qilishgan nmaga DTM ushbu to’lov bo’yicha OAV oldida xisobot bermadi.
Diyora Inomova
ielts borlargayam ruxsatnoma beriladimi
Ularda imtiyoz bor maksimal ball beriladi dib etishdiku
Qahramon Husanov
Mutaxassislikdan 20 bal olganlar ham imtihonda qatnashadimi endi.
@xushnudbek aka bugun mandat chiqadi deb eshittik shu gap rostmi
Qahramon Husanov
Mutaxassislikdan 20 bal olganlar ham imtihonda qatnashadimi endi.
Xa shunaqa shekili lekin otmdagi test kuni 56 dan past ball olgan talaba chet tiliga kiritilmidi diyishgandi
Mutaxasislik fanlaridan 56 balldan kam to'plaganlarga magistratura o'qishi mantiqqa zid! 4 yil o'qib o'zini mutaxasisligidan 3 bahoga javob bermaslik uyat! XUSHNUDBEK AKA SHU HAQIDA SIZNING FIKRINGIZ QANDAY? O'QISH DAVRIDA KORRUPSIYA ORQALI 5 BAHOGA YOPIB YURGANLANI DIPLOM BALI 90 ATROFIDA LEKIN MUTAXASISLIK IMTIHONIDAN 30-40 BALL OLISHGAN. ADOLAT QAYERDA??? 56 BALLDAN YUQORI TO'PLAGANLARNING HUQUQLARI BUZILYAPTIKU. SHU MASALA BO'YICHA YURIST SIFATIDA OYDINLIK KIRITSANGIZ!!!

BU FIKRGA KO'PCHILIK QO'SHILSA KERAK!
Qani bu yerda adolat mutaxassislikdan past ball olganlar qanday qilib 2 bosqichga o'tadi ular bakalavrda o'qimagan magistrda o'qiydimi?
Sanjar Zokirov
keyingi yil ielts bolmasa topshira olmaymiz,keyin men otm ga tel qilgandm hammanikini berdik royhatini dedi
Mutaxassislikdan 56dan õtgan bôlsangiz havotir olmang, ingliz tiliga tayyorlaning, yaxshi niyat qiling. Men ham aytyapman otm lar róyhat bergani bilan dtm ni nechadur yuz mingni ballini ajratib õtirmay hammaga ruhsatnoma berishgandur deb, chunki dtm 25gacha bakalavr bilan band bõldi, osonmas buyoģiga tanqidga uchramaslik uchun tezlatishdi agar ajratib ôtirishsa sentabrga qolardi
Qachon mandat chiqadi
Мафтуна Муродова
Xushnud nega xotin qizlarga berilgan imtiyoz sirtqida amal qimiydi ayollar qanday qib rozgordan ortib kunduzgida oqisin man ham olgandimda otgan yil tavsiyanoma
Show next 100 comments