⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Qachon mandat chiqadi
Мафтуна Муродова
Xushnud nega xotin qizlarga berilgan imtiyoz sirtqida amal qimiydi ayollar qanday qib rozgordan ortib kunduzgida oqisin man ham olgandimda otgan yil tavsiyanoma
Mirsaid Ergashev
Magistratura 100 % pora berganlar o'qishga kiradi. Sababim bor. 1-sabab Yozma ish oldi biletlarda savolni tuzgan o'qituvchini ism familyasi bor. Ikkinchi sabab yozma ish natijalari bir kundan keyin elon qilindi. Uchinchi sabab. yozma ish natijalarni imtihon topshirganlarga ko'rsatilmadi. PORAXO'R OLIY TA'LIMDA ISHLAYDIGANLAR SHU XAROM PULLARNI BOLANGA YEDIR ULAR HAM SENGA O'XSHAGAN PORAXO'R BO'LADI
Hozi endi qanaqa foydasi bor 56 dan past ball toplaganlani kirgizgan bilan. Oqishga oladimi keyin
Men 52 bal olgandim 2chi imtixonga kiramanmi?
Bakalavrlarni mandati qachon chiqadi. Hamma kutaverib ko'zi 4 bo'ldiku
Tanish deb boshqa deb masalan menday o'qimasa ham mendan reyting balli yuqorilar bor imtihondan men o'tdim ular o'tolmagan
Ikkinchidan hamma spes fandan 56 dan yuqori oganla ham oqimishli emas. Bazilarida bilim bor. Bazilariga allox omad bergan bazilari esa ozila bilasila uyogini
Xushnud aka sizdan ushbu qaror bo'yicha nimadir xabar bosa bizga aytishizi sorimiz
Chet tilidan sertifikati bor talabalar ruxsatnoma oldimi ? Ularga ruxsatnoma berilmaydimi yoki ???
Saytdan chiqmayapti.
Show next 100 comments