⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Shu masala oydinlashtirib bersangiz
««The_Механик™»» ««ТМС™»»
Bu oliy taʼlim qoʻpol qilib aytganda tupurgan tupugini qaytib olaveradi ekanda 56 dan past olganlarni endi imtihon ga qoʻymoqda keyin ularni oqishga xam qabul qilsa kerak menimcha
Men xursand bo'lib yurgandim 1-bosqichdan o'tdim deb. Meni diplom balim pastroq. Lekin mutaxassislik fanidan diplom bali 86 bo'lganlardan ham ko'proq ball olganman. Lekin 55 balldan past olganlarga ham ruxsatnoma berayotgan ekan. Endi shu to'g'rimi? 55 balldan oshmaganlar talabalikka tavsiya qilinmaydi degan qaror bor ediku.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Bakalavrga mandat qachon chiqadi?
🎓Dilnoza🎓
Mutaxasislikdan o‘tkazilgan imtihonlar uncha munchani haqiqiy yuzini ochib tashladi.Diplom ball 86dan baland lekin 20.30.40ballar yig‘ilgan.Endi yana shu holat 4yil mutaxasislikdan o‘qimay ing tiliga kursga borganla do‘ppini osmonga otsin.Qarsaklaaar...
Nodirbek Tolipov
Uni ustiga ingliz tilidan ham 100 bal emas 50 bal berilarkan
Shunisi rasvo bo'ldi TAQI ga topshirgandim mutaxassisligi soqqa bo'ldi bizi yoʻnalishni, ingliz tili haqqoniy bo'lsa eplarman deb turgandim, umidni uzib qo'yoramiz shekilli....
Nodirbek Tolipov
Hamma shunaqa oʻylagandi
𝒦𝒶𝓂𝒾𝓁𝒶
Assalawma aleykum, sizdan iltimos 56 balldan past olgan talabalar ham chet tili fani imtihoniga qo'yiladimi, shu haqida aniq ma'lumot topib bering. Rasmiy ma'lumot berishsin???

Mutaxassislik fanidan xatto 56 ball to'play olmagan talaba qanday qilib magistrant bo'lishi mumkin axir?
IELTS borla aniq imtihonga kirmasligini isbotlovchi biron yozuv chiqmadimi? Manda bor, ruhsatnomaga qiziqib ko'rsam passport ma'lumotlari xato deyabdi? Imtiyozi borla bormi? Qo'rqqanim IELTS ni inobatga olishdimi, ishonib o'tirib,imtihondan ham qob ketmaymanmi?
Shunda 50/30=1,666666666...=1,(6) bo'p qoladimi bir savolga beriladigan ball? Sal aniqroq, tiniqroq son chiqadigan qilsa bo'masmikana? Hatto, "desyatka" (o'ndan birlar) ham rol o'ynaydigan joylarida nima qilinarkan? Kelib-kelib, imtihon natijalari yaxlitlashga qop ketarmikan endi?
56 dan past bulsa ham 2 chiga kiradi diyishyaptiku.
Mahliyo Kubayeva
Endi ballar qanday bo‘ladi? Umumiy ballar bo‘yichami yoki birinchi 55 dan yuqorilar qabul qilinadimi. Iltimos iloji bo‘lsa shunga aniqlik kirib bering Xushnud aka
🎓Dilnoza🎓
Juda ko‘p topshiruvchilar nohaqlik bo‘ldi pul o‘ynadi degan shikoyat bilan murojat qilishyapti.Lekin u ''vijdonlilar'' yuqori bal olgani bilan qolganlarni balini olib qo‘ymaganku 55dan yuqori olsa kiritilardiku.
56 dan past bulsa ham 2 chiga kiradi diyishyaptiku.
𝒦𝒶𝓂𝒾𝓁𝒶
Assalawma aleykum, sizdan iltimos 56 balldan past olgan talabalar ham chet tili fani imtihoniga qo'yiladimi, shu haqida aniq ma'lumot topib bering. Rasmiy ma'lumot berishsin??? Mutaxassislik fanidan xatto 56 ball to'play olmagan talaba qanday qilib magistrant bo'lishi mumkin axir?
Va alaykum assalom. Bizda bolovradi. Hatto bir ball to'plagan abituriyent ham "super-muper" kontrakt to'lab o'qigan bir zamonda, bolovradi. Siz qancha siqilganiz bilan foydasi yo'q baribir. Kadrlar sifati, keyingi avlod va h.k.lar umuman qiziqmas, faqat pulini to'lab qo'ysa bo'ldi. Asosiysi pul
Нилуфар Карабаева,1-мактаб
Қаерда бўлиши маълум эмаску
Show next 100 comments