⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
🎓Dilnoza🎓
Diplom bali juda past lekin mutaxasislikdan qotirib chiqqanlar ham bor ularga takror takror qarsaklar
Öz kuchi bn 55 dan oshganlar bor.
🎓Dilnoza🎓
Endi bolalarimizni shunaqa mutaxasislar o‘qitadimi.Hamma o‘zini kasbini ustasi bo‘lishi kerak deb o‘ylardim
Saralash bali nima uchun kk? Hamma kiryaptiku baribir
Zafar
mandat qachon chiqadi endi shu bilan
🎓Dilnoza🎓
Diplom bali juda past lekin mutaxasislikdan qotirib chiqqanlar ham bor ularga takror takror qarsaklar
Bizdayam bo'lgan. Viloyatdan diplom bali 87 bo'p kegan (qizil diplom). Mutaxasislikdan zo'rg'a 56 op, kontraktga ilib, uniyam o'qimay ketgandi. Qiziq, maqsadi nima ekan deb qolavergandik bizlar 😁🙈🤦🏻‍♂️
🎓Dilnoza🎓
Diplom bali juda past lekin mutaxasislikdan qotirib chiqqanlar ham bor ularga takror takror qarsaklar
Kimda qanaqa bo'ldi bilmadim, lek bizda shu "qotirb chiqqan"larni partasini tagida telfon bor edi mazza qilib ko'chirb 80dan baland olishdi...
Man 58 Bal olganman endi ingliz tilidan mandan ko'p Bal yig'gan talaba o'tib ketadimi yani byudjet bolib ketadimi u man kantrak bop qolamanmi
Xushnudbek o'qiyaptimika a shularni? . Nahotki hech kim aniqlik kiritmayapti.
Ozodbek
Xushnudbek aka iloji boʻlsa mutasaddilar bilan muloqot tashkil qiling axir boʻlajak magistrlarda savollar koʻpayib ketayapti!
𝒦𝒶𝓂𝒾𝓁𝒶
Dtm call markazga qo'ng'iroq qilsam xabari ham yo'q shu masala bo'yicha
O't tushsin oliy talimiga
🎓Dilnoza🎓
Bazi OTMlarda kvota to‘lmagan yani 55baldan yuqori olganlar kam.Hech yo‘q to‘lmagan kvotalar uchun joriy qilinsayam
Fargʻona Politexnika Instituti da mutahassislikdan keyingi natijalarni 56 dan past olganlarni oʻchirib tashlab chiqarishgandi🤣🤣🤣🤣
Khodjimatova Z
IELTS yoki Chet tili sertifikati borlar qatnashishi shart enasmi? Shungayam aniqlik kiritib yuboring.
Show next 100 comments