⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum hammaga. Xushnudbek aka shu yuzasidan masullar bilan birgalikda ovozli chat tashkil qiling iltimos. Bizlarda savollar kõpayib qoldi shu yuzadidan mutahasislikdan 55 dan kam olgan lekin diplom ball yuqori keyin ingiliz tilisi yaxshi bõlgan talabalar endi yuqorilab ketadimi yo o'tgan yilgidek avval mutahasislikdan 55 balldan oshirganlar saralanib keyin 55 balldan pastlar saralanadimi. Shularga bir oydinlik kiritaylik iltimos sizlardan. Hammada hozir har qanday fikir bõlyapti mutahasislikdan 55 balldan past oganlar umumiy hisoblashga umid qilyapti 55 dan yuqori oganlar ana korrupsiya deb nolimoqda shularga bir oydinlik kiritaylik iltimos. Agar masullar bilan ovozli chat uyishtirishni iloji bõlmasa õzingiz boğlanib bizlarga ham malumotlarni yetkazing. 🙏🙏🙏
Qundiz
Mandat qachon
Xushnud aka, doktoranturaga kvota ko'payadimi? Prezidentimiz va'da bergan edilar. Shu haqida ham ma'lumot bering,iltimos.
Bahodir.
Салом!! Хушнудбек!!! Сизга саволим бор эди. Магистратурани тугатганларга мактабда 2-тоифада пул тулайдими? Ёки мутахасисми? Илтимос шунга бир аниклик киритиб берсангиз. Олдиндан Рахмат!!!
mandat qacon iltimos. Aytvorng
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Ichki turdosh yo'nalishdagi perevodlar natijasi qachon aniq bolarkin 25-avgustda chiqadi degan edi shuni aniqlashtirib koring
Assalomu alaykum. 55 dan past ball olgan bollarni ham chaqirgan. Nizmoga koʻra 55 dan pastlar xorij tilidan imtihonga kiritilmaslik kerakku. Lekin hamma imtihonga kiryapdi. Imtihon ham bakalavrnnikiga oʻxshab titul boyaymizmi😄
Imtiyoz kórinmiydi, testga borasz
Maxmudova B.
Salom. Men mutaxassislik imtihonga borolmagandm lekin ruxsotnoma chiqibdi nega unaqa bo'ldi
Assalomu aleykum, siz ingliz tili testga borganiz bilan, óqishga kirolmaganlar róyxatida bólasiz
Boymurodov Muzaffar
Assalomu alaykum men birinchi bosqichdan o'tgan edim lekin dtm saytida pasport malumoti xato deb xabar beryapti 1-bosqichda 56 bilan o'tganman shunga oydinlik kiritib bersangiz oldindan rahmat
Эшимбетова Фотима Амударё тумани
Masalan 55 baldan past olganlar Chet tilidan yaxshi ball olsa mutaxassislikdan 60 ball olgan bola Chet tilidan past bal olib qolsa qaysi biri qabul qilinadi. Iltimos shunga aniqlik kiritib bersangiz
Assalomualikom xammaga.
ichki perevod masalasi buyicha yangilik yoqmi endi kecha kechgi vaqtni chiqadi deyishgandi mana bugun kech buldi xam yoq natija 4809raqamda edi arizam 60mingci emas. men nma qilay komisiyaga tel qilay desam ularni nomeri yoq
Show next 85 comments