⚡️ Магистратура учун чет тилидан тест синовлари 28-29 август кунлари бўлади

📆 2021-2022-ўқув йили учун давлат ОТМларининг магистратура мутахассисликларига кириш имтиҳонларининг 2-босқичи, яъни, чет тили бўйича тест синовлари 2021 йил 28-29 август кунлари 3 сменада ўтказилади.

✅ Тест синовлари:

1️⃣-сменада 08:00 дан 09:00 га қадар;
2️⃣-сменада 17:30 дан 18:30 га қадар;
3️⃣-сменада 20:00 дан 21:00 га қадар бўлиб ўтади.

⏳ Бунда талабгорларга рўйхатдан ўтиш вақтида ўзлари танлаган чет тили фанидан 30 та тест топшириғи берилади ва 1 соат вақт ажратилади.

📌 Чет тилидан максимал балл 50 баллни ташкил этади.

👨🏻💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан белгиланган вақтдан камида ярим соат олдин келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

582 comments

Show 100 more comments
««The_Механик™»» ««ТМС™»»
Bu oliy taʼlim qoʻpol qilib aytganda tupurgan tupugini qaytib olaveradi ekanda 56 dan past olganlarni endi imtihon ga qoʻymoqda keyin ularni oqishga xam qabul qilsa kerak menimcha
Shu inson 100 foiz xaq. Nima uchun imtihondan oldin boshqa qaroru imtihon oxirida boshqa qaror. "Bundan kimga nima naf". Adolatli qaror qabul qilishlarini so'rab qolardik.
SHOMURODOV JASURBEK
Salom yaxshi bo'lipti hamma kirishi kerak sababiki sizlar gapirasilar qaysilaringdir o'zlaringham sipes fandan balan qildirgansilar tekshirish yaxshi bo'lmadi bu haqiqan yoki hamma o'zi to'pladimi shu ballarni
To'g'ri men psixologiyiga topshirdim 51 oldim lekin xamma savolga javob yozgan edim yuqori ball olganlar musiqa tasviriy sanat MTM da o'qiganlar bu degani xaqqoniy bo'lmagan
Nima bu chekka hududdan keladiganlarni imkoniyati bormi yo'qmi demay smenaga bo'lishda "don-don-ziki" o'ynaganday qilib vaqt belgilaydi bular. Sal insof bilanda 20:00 - 21:00 gayam qo'yadimi!!!
Assalomu Aleykum registration vaqtida IELTS certificate ni saytga joylashtirganlar nima qilishadi ? Borish yoki certificate kopiyasini yuborish shart emasmi
IELTS и борларга рухсатнома чиквотими?
Imtixonlarni tezroq o'tkazish kk da. Bizni soatlar alqash chulkash bb ketyapti. Bu yan ta'lim sifatiga ta'sir qilyapti.
imtiyozi borlar ham qatnashishga majburmi? Ruhsatnoma chiqibdi saytda
Sharipov
Davlat mukofoti
Рухсатнома чикан боса значит боришиз кере
Napasova Zebuniso Baxtiyorovna
Saralash bali nima uchun kk? Hamma kiryaptiku baribir
Masalan, 56 baldan yuqori tóplab lekin qabul kvota uchun ajratilgan joy tólmi qoldi bunda nima qiladi? 56 balldan pas oganlani tólmi qogan joyga qóshadi
Nazarimda yaxshi boldi 56 baldan past toplaganlarni ham imtixonga qoyib chunki karrupsiya aralashib mutaxxassislik imtixoni oyin bolib ketdi.
Show next 63 comments