Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
Бекор килиш керак олган сертификатларни шунча йил тайёрланиб укишга кираман деб уринига сотиб олганлар кириб кетса алам килади сертификат олганларни бекор килилар
Гузал Рахматова
ijodiy imtihonla haqida ham gapirib utsinlaa
Yusupova
Топпа тогри кераги йук милллий сертификатни фарзандларимизни окигиси кемей колди
Imtiyozlarni Zulfiya mukofotiga o'qishga kirish imtiyozini olib tashash kerak,harbiyni bolasiyam o'zigayam imtiyoz faqat harbiy o'qishga o'tishi kerak .Hech qanaqa imtiyoz oddiy o'qishga keragi yo'q
ENDI BIZ BECHORALARNI UMIDIMIZ FAQAT XUSHNUDBEK AKADAN CHUNKI U DOIM ADOLATSIZLIKLARNI YOQ QILIB KELGAN BUNISINI HAM YECHIMINI TOPADI DEGAN UMITDAMIZ
Sarvinoz_Bozorbayeva
Nega xalqaro sertifikatlarda emas milliy sertifikatlar shunchalik òyin bòlyapti hech foydasi borligini kòrmayapmiz demak bekor qilinishi kerak. Bilimi bor abiturent testda ham bajara oladi.
Yusupova
Фарзандларимиз узб га окишга топширишни хохлашмаяпти бунаканги нохакликларни кориб
Zubayda Berdiyeva
Eiltsday qilish k.k.Eng zo‘ri shu.
МОҲИМБОНУ
Хуршидбек менга ёрдамингиз керак эди. Қизим Қирғизистонга бултур ўқишга кирган.Турмушга чиққан,хомиладор. Ўқишин қачон Ўзбекистонга ўтказиши мумкин? Имтихон асосида ўткахиладими? Илтимос,озроқ тушунча берсангиз.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka
Meni fikrim:"Sertifikat joriy etilgani yaxshi fikr edi chunki abituriyentlarga bu anchagina qulaylik yaratadi, qachonki shaffoflik bilan boʻlsa"
QON QONIMIZDAGI KORRUPSIYA DEGAN BALO BUNI QINGʻIR YOʻLLARGA YOYIB YUBORDI. Shu narsaga aniq guvoh boʻldimki test variantlari tarqadi.
Bu biz uchun yangilik emas test variantlari har yili tarqaladi qaysiki katta oʻquv markazlari sotib oladi.
Meni bir savol oʻylantiradi qachon biz taʼlim tizimimizni shaffof deb aniqlik bilan ayta olamiz.
Biz yuksak, kuchli davlatlar qatoriga koʻtarilyabmiz faqat boyliklarimiz va hokazolar bilan taʼlim tizimimiz esa oʻsha oʻsha.
Taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarni natijasi sezilarli darajada emas.
Garchi:
"Yirtqichni hech qachon goʼshdan tiyib boʻlmaydi "
OYGUL SATTOROVNA
Bilimi borlar olsa rozimiz.Lekin bilimi paslar olib bitta orinni egallawi adolatdan emas.
Assalomu aleykum milliy sertifikat sabab testlar tarqalib ketgan bulsa keragi yuq edi buni imkoni borlar oldi yuqlar qoldi bizga uxshagan chetka qishloqlardagi abutiriyentlarchi shundogam imtiyozlar kup edi
Milliy sertifikatni yo‘q qilish emas unda korrupsiyani yo‘q qilish yo‘llarini o‘ylash kk. Agar bu korrupsiyani to‘xta olishmasa ielts, gmat, sat, gre sertifikatlar o‘tadigan qilish kk. Chunki oddiy imtihon bu ancha eskirgan va korrupsiyaga botgan usil.
Tentakminds ga ham xabar berib qo'yinglar. Nimalarnidir isbotlamoqchi bo'lib chiranib yotgandi
Boshdan maʼlum edi , uddalayolmasliklari nima keragi bor sertifikatni.
Bobojonova Dilrabo
Assalomu alaykum barchaga
Toʻgʻri baʼzi joylarda milliy sertifikatga ega boʻlish óyin bólgandir lekin ularni deb bu sertifikatga óz kuchi bilan erishganlarning sertifikatlarini bekor qilish adolatdan bólmaydiyu. Buni tegishli idoralar tekshirib shaffoflik bilan yólga qóyish kerak menimcha
Biz ózbeklar shunaqa yomonda. Iflos yólla bilan cheating bilan biror narsaga erishishni xoxlemiz. Qachon ózgararkanmiz?
Yusupova
Биринчи она тили адабиётга топширганимизда бунаканги гап созлар хам болмаган олди сотди хам болмаган эди
Show next 100 comments