Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов хам чикиб "ломаться" килади энди. ДТМ айбдор эмас, Айбдорларни топамиз, чора курамиз каби.
Миллий сертификатни бекор килиш шарт!
Assalom-u alaykum, Xushnud aka, men ushbu tizimni keraksiz deyolmayman, lekin hozirgi holatda buni qayta ko'rib chiqish shart deb o'ylayman. Chunki ayni vaqtda shundog'am qabul kvotalarning kamligi dolzarb bo'lib turgan vaqtda 100ga yaqin abituriyentlarning sertifikatni qandaydir yo'llar bilan olgan holda o'qishga kirib ketishi adolatsizlik bo'lardi (agar o'z kuchi bilan olgan bo'lsa uzr🙏). Yana bitta masala shuki, ertaga qabul boshlanadi, lekin biz hali nechta joyga imtihon topshirishni bilmaymiz. Nima ushbu qarorlarni chiqaradiganlarga oxirgi kuni prezident selektor qilib nima qilishni aytishi shartmi? Yaqin 1-2kundagi qarorlar millionlab abituriyentlarning hayotini hal qilishini o'ylagan holda adolatli qarorlar chiqarilishiga "hope" (umid) qilib qolamiz...
Равшанова Угилой
Xushnudbek iltimos sirtqi talim togrisida juda kop malumotlar bersangiz degandim
Шохрух
30 ta OTM ga xujjat topshirsa boladi dep eshitdim rostmi ekan bu
Шохрух
30 ta OTM ga xujjat topshirsa boladi dep eshitdim rostmi ekan bu
Buni bekor qilish shart
Bilimi borlar DTM da ham uz kuchiini kursata oladi sertifikat bn yana uzlariga uxshagan poraxurlarni tayyorlashyapti xolos
.....
бу керак миллий тизим бу янги сиёсат аммо лекн дган жойи бор бу эса хозир этилган порахурлик. агар шу бомаса фойдаси бор албатта
Шохрух
30 ta OTM ga xujjat topshirsa boladi dep eshitdim rostmi ekan bu
Abituryentlarni otasini mansabi ish joyi ga qarab ajratmasdan hammani birdek koʻrish kk hob ular harbiyni ichki ishlar organini bolasi boʻlsa oddiy chekka qishloqda oʻsgan dexqonni farzandida nima ayb koʻpro shunisiga etibor berish kk
Sertifikat yo xamma uchun birdek berilsin yo umuman yo boʻlib ketsin
Assalomu aleykum. Bir kun odlin Soat 00:00 lar atrofida bolalarni olib ketib testlarni yotlattirib ertalab testga to'g'ri olib borib qo'yishgan. Soat ertalab 7:30 testlarni yotlab chiqqanlar tarqatishni boshladi. Alloh bu poroxorlarni jazosini bersin.
Ботирова Гулсара
Sertifikatni bekor qilish emas, hammadan qayta sinov olish kerak. Chunki abituriyentlar davlatga pul to'lagan. Qayta imtihon olinsa pulga olganlar aniq bo'ladi qoladi.
Bizda biologiyani umuman bilmagan o'quvchi kechasi bilan o'qib chiqdi va 40 tasini topdim deb keldi.
Bu fakt. Savollar bir kun oldin sotildi 500-1500$ gacha
Qadrli do'stlar, barchangizdan uzr so'ragan holda bir narsani aytib o'tmoqchiman, bu "o'yinlar"ni bari xalqni "oliy ma'lumot" yani diplomga bo'lgan talabi katta ekanligidan kelib chiqadi aslida, yana o'sha "KATTAKON"lar tepada o'tirib diplom bo'lsa bo'ldi o'zim ishga joylab qo'yaman degan - gaplari uchun ham yoki bir nima qilib bo'lsa ham o'qishga kirib, bitirib olsam ishim yaxshi bo'lib ketadi degan - aniq maqsadsiz fikrlar ortidan vujudga kelyaptiiiiiiiii...!!!
Шохрух
𝒢
Man 10 ta deb eshitgandim manimcha bu ham anniq emas
Aniq bolsa kerak manimcha yana bilmadim
ELBEK SHODIBOYEV
Shaxsan men bu milliy setrifikatga va imtiyozlarga qarshiman yaqin yillardan buyon imtiyozni turi juda kopayib ketti. Bu imtiyoz bilan oʻqiwga kirgan talabalarning ayrimlari hatto oʼzining ism familiyasini ham toʼgʼri yozaolmaydi. Bulardan qanday kadr kutiw mumkin? Imtiyozlarni yoq qilish kerak!!!
Show next 100 comments