Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
ELBEK SHODIBOYEV
Shaxsan men bu milliy setrifikatga va imtiyozlarga qarshiman yaqin yillardan buyon imtiyozni turi juda kopayib ketti. Bu imtiyoz bilan oʻqiwga kirgan talabalarning ayrimlari hatto oʼzining ism familiyasini ham toʼgʼri yozaolmaydi. Bulardan qanday kadr kutiw mumkin? Imtiyozlarni yoq qilish kerak!!!
Ботирова Гулсара
5 ta yo'nalishga xozircha.
Lekin noxaqdan sertifikat olganlar orasida 50 ta yo'nalishga topshirsang ham foydasi yo'q.
Абдушариб Курбонов
ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов хам чикиб "ломаться" килади энди. ДТМ айбдор эмас, Айбдорларни топамиз, чора курамиз каби. Миллий сертификатни бекор килиш шарт!
Nazarimda karrupsiyani xilma xil yo‘llarini topishyapdi tepadagilar. Prizidentimiz nimalarnidir tozalashga xarakat qilib kuchini sarflayotgan payitdan amaldorlarimiz o‘ziga keladigan pullarni yo‘llari tugaganidan boshqa takliflar berib undanda battar qonunlarni kiritishyapdi masalan dtmdagilar
Zulxumor
Assalomu alaykum hurmatli xushnud aka chet davlatlar universitetlaridan O'zbekistonga pervot qilish qanday tartibda bo'ladi. Iltimos shu haqda ko'proq malumot bersangiz iltimos
Rasmiylar sizga xuddiki haqiqatni aytadi. DTM rahbari o'rinbosari sizga " Ha, X-variant tarqaldi. Bazamiz barchaga ma'lum. Boshqa savollar bazamiz yo'q" deb aytadi deb o'ylayapsizmi. Hech qachon. Doimgidek, bizda yaxshi deyiladi
Шохрух
𝒢
Siz kimdan eshitdiz biror joyda oʻqidizmi
Xa o'qigandim lekn ko'pchilik yolg'on deyapdi
Бу йил миллий сертификатни тўхтатиб, кейинги йили қайта тестни ишлаб чиқиб, агар тест тарқалса боши билан жавоб берадиган маъсул белгиланиши керак.(масалан: бош вазир, вазирлар, прокрор, ДХХ). Миллий тизим керак, фақат бунақанги пулфурушларни тизими керак эмас.
𝕊𝕠𝕝𝕚𝕛𝕠𝕟𝕠𝕧 𝕀𝕤𝕞𝕠𝕚𝕝𝕛𝕠𝕟
Bular ozlaricha IELTS CEFR sertifikatlariga xavas qilib chiqarishgan. Ozbekistonga hech qanday sertifikat chiqarish shart emas chunki bilimi bolgan abiturient imtixonni yaxshi yecha oladi. Bu sertifikat poraxo'rlarga berilishi kerak abiturientlarga emas
hamma joyni imtiyoz bosti. lekin usha imtiyozlarni haqiqatdan ham imtiyozga mehtoj aholi olyabtimi?????
.....
отаси йокларчи дган савол
Aslida haqiqiy imtiyoz otasi yoqlarga berilishi kk mani nazarimda
NASIBA!
Essiz prizedentimiz qancha jon kuydirayapdi lekin bu yeb to'ymaslarning dastidan haqqoniylik yo'qolib ketayapdi
Nima bogan taqdirda ham hamma nima bòyatganni kòrib turibdi. Biz hec qacon toza narsa bòlamagan bòlmaydi ham. Talim tizimi chirib bitdi Buni qutqarishni endi iloji yòq
Shohzod Norbekov
Assalomu aleykum..! Xushnud aka..
Ming bor uzur boshqa masala yuzasidan izox qoldirmoqchiman.
IELTS (5) yoki CEFR (B1) sertigikatni bakalavriat bosqich oliy talimga o‘qisha kirish uchun ingiliz tilidan maxsimal yoki malum bir foizdagi bal bermaslik bu o‘ta mantiqsizlik va adolatsizdir.
Mutasaddilar bu savolga quydagicha javob berishadi. Ingiliz tilidan DTM tayorlagan test darajasi B1darajada va IELTS (5) CEFR B1 ham B1 darajada Muttasaddilarning aytishicha DTM testi va IELTS (5) darajasi bir xil shuning uchun IELTS (5) va CEFR B1 ga maxsimal bal bermaymiz deyishadi. Bu umuman mantiqsizlik.. DTM testi bilan IELTS (5) ni umuman taqqoslab bo‘lmaydi... IELTS 5 sertifikat olgan abuturent ingilz tili gramatikasini B1 darajasida bilishdan tashqari tinglash, yozish, o‘qish va so‘zlashni mustaqil amalga oshira oladi va ingiliz tilini amalyotda qo‘llay oladi.
Lekin DTM gramatik testini 30/30 ishlay oladigan abuturent mustaqil ingiliz tilidan foydalana olmaydi oliy talimga o‘qishga kirgandan so‘ng yana ko‘p vaqt davomida tinglash, o‘qish, yozish so‘zlash ko‘nikmasini o‘rganish yaniy ingiliz tilini amalyotda qo‘llash uchun o‘quv markazlarida o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Bu o‘ta mantiqsizlik. IELTS 5 sertifikat uchun 100% bo‘lmasa ham malum bir foizda ball berish adolatdan xisoblanadi.
Yana bir mantiqsizlik. Magistratura bosqichida xatto Phd doktarantura bosqichida ham ingiliz tilidan maxsimal ball olish uchun kamida IEITS 5.5 talabi qo‘yilgan Lekin maktabni endi bitirgan ko‘zi chaqnab turgan yosh abuturentlarga ham IELTS 5.5 minmum qo‘yish o‘ta mantiqsizlik.
Ingiliz tilidan DTM testini ishlayotgan abuturent savolni mazmunini emas savoldagi kalit so‘zlarni izlaydi.
Bu abuturentlarni aybi emas hayot shunday qilishga majbur qiladi....xolos..!
Ўқишга киришни хам ерни ислоҳ қилгандай хеч кандай имтиёз-пимтиёз, сертификатни йукотиш керак шекилли, бизга хали анча боракан, бунака нарсаларга.
.....
𝒢
Aslida haqiqiy imtiyoz otasi yoqlarga berilishi kk mani nazarimda
у имтиёзга ман топширдим узиям уша имтиззи бермаслик учун 99та элакдан утаркансиз.кн козогистонга топширганаман
Siz har doim haqiqat tarafida bo'lgansiz,albatta. Bu safar ham shu yo'lda ekanligizga shubha yo'q. Lekin iltimos qilgan bo'lardim,ochiqroq muloqot qilib, bizni ham savollarimzga javob olinsa...
𝕊𝕠𝕝𝕚𝕛𝕠𝕟𝕠𝕧 𝕀𝕤𝕞𝕠𝕚𝕝𝕛𝕠𝕟
E bularga farqi davlatga, poraxorlarga foydasi bolsa bas qolgani bilan ishlari yoq bularni
Show next 100 comments