Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
.....
Matyakubov Oybek
To'g'ri gap shu. DTM men aybdor emasman deb turaveridi yana.
ула осмондан тушганде ЧОРА корамиз дийишади
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Shohzod Norbekov
Assalomu aleykum..! Xushnud aka.. Ming bor uzur boshqa masala yuzasidan izox qoldirmoqchiman. IELTS (5) yoki CEFR (B1) sertigikatni bakalavriat bosqich oliy talimga o‘qisha kirish uchun ingiliz tilidan maxsimal yoki malum bir foizdagi bal bermaslik bu o‘ta mantiqsizlik va adolatsizdir. Mutasaddilar bu savolga quydagicha javob berishadi. Ingiliz tilidan DTM tayorlagan test darajasi B1darajada va IELTS (5) CEFR B1 ham B1 darajada Muttasaddilarning aytishicha DTM testi va IELTS (5) darajasi bir xil shuning uchun IELTS (5) va CEFR B1 ga maxsimal bal bermaymiz deyishadi. Bu umuman mantiqsizlik.. DTM testi bilan IELTS (5) ni umuman taqqoslab bo‘lmaydi... IELTS 5 sertifikat olgan abuturent ingilz tili gramatikasini B1 darajasida bilishdan tashqari tinglash, yozish, o‘qish va so‘zlashni mustaqil amalga oshira oladi va ingiliz tilini amalyotda qo‘llay oladi. Lekin DTM gramatik testini 30/30 ishlay oladigan abuturent mustaqil ingiliz tilidan foydalana olmaydi oliy talimga o‘qishga kirgandan so‘ng yana ko‘p vaqt davomida tinglash, o‘qish, yozish so‘zlash ko‘nikmasini o‘rganish yaniy ingiliz tilini amalyotda qo‘llash uchun o‘quv markazlarida o‘qishga to‘g‘ri keladi. Bu o‘ta mantiqsizlik. IELTS 5 sertifikat uchun 100% bo‘lmasa ham malum bir foizda ball berish adolatdan xisoblanadi. Yana bir mantiqsizlik. Magistratura bosqichida xatto Phd doktarantura bosqichida ham ingiliz tilidan maxsimal ball olish uchun kamida IEITS 5.5 talabi qo‘yilgan Lekin maktabni endi bitirgan ko‘zi chaqnab turgan yosh abuturentlarga ham IELTS 5.5 minmum qo‘yish o‘ta mantiqsizlik. Ingiliz tilidan DTM testini ishlayotgan abuturent savolni mazmunini emas savoldagi kalit so‘zlarni izlaydi. Bu abuturentlarni aybi emas hayot shunday qilishga majbur qiladi....xolos..!
Ielts olish uchun hamma joyda imkoniyat bor emas.siz shaharda yashab ileltsdan arzimas 5 oldiz degani bu qoyillatib quydiz degani emas.qishloq hududlarida ielts tayyorlanishni imkoni yuq.chunki markazlar yuq shu un bu mantiqsiz fikr
Milliy sertifikatni yoqotiw kk deymanu baribir o’rniga bowqa narsani topadida
Хўжаева
Ta'limdagi 30 yillik faoliyatimda shunga amin bo'ldimki, olimpiada, tanlov, imtiyoz, ustama belgilash kabilar soha amaldorlarining pul ishlash manbai. "Mavsum"ida 1 mashinani pulini ishlab olishadi yuqoriroqdagilari. O'qituvchiga bu tanlov , olimpiada , hatto , ustama ham kerak emas.
Iroda
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Termiz davlat universitetida matematika yo'nalishida o'qiymam Qarshi davlat universitetiga ko'chirsam bo'ladimi ya'ni men 136.1 bn o'qishga kirganman u yerda esa 151.5 bo'lgan shu haqda batafsil yozing iltimos sizdan
.....
Хўжаева
Ta'limdagi 30 yillik faoliyatimda shunga amin bo'ldimki, olimpiada, tanlov, imtiyoz, ustama belgilash kabilar soha amaldorlarining pul ishlash manbai. "Mavsum"ida 1 mashinani pulini ishlab olishadi yuqoriroqdagilari. O'qituvchiga bu tanlov , olimpiada , hatto , ustama ham kerak emas.
олимпиада 11синфда Республикада 1оган жойимда 4га туширишган.Ушандаги имтийоззи об куйишган .Пулга урнимми сотишган журийла
.....
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Qozoqda yashayvering deyabmanku😂
ман УЗБда яшиман хозиирги вактда факат утга бориб заочный укиб келаманку
Tentakminds хаммасини очиб булди уже. Сиз хам унга ердам беринг. Уни елгизлатиб қўйманглар хақиқат айтувчилар Сизга хам ишонганмиз доим.
DTM uchun bu narsa yangilik emas (savollarni sotuvga chiqib ketishi) oldindan boshimizda o'tgan x variant shifagalka vahakoza
.....
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Qozoqda yashayvering deyabmanku😂
Уз юртимдан куймасин.Коррупсия ини босаям
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Хўжаева
Xafa qildingiz. Ko'ngil uchin hech bo'lmasa...
Kuzizni oching.unaqa hom hayollar bn yashamang.bulmasa hayotda qiynalasiz
Milliy sertifikatni ham chet tillarini uchun sertifikatnikidek qilish lozim. 60 foiz to'plasa chet tillarida 30 savolni ham to'g'ri deb hisoblaydi. Hech bo'lmasa milliy sertifikatnikini 70 foizga berib 30 savolni to'g'ri deb hisoblasa yaxshi bo'larmidi. Chunki tuzulib turgan savollar oson emas. Shunchaki abituriyentlarni to'lagan puliga achinayapman.
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
.....
Уз юртимдан куймасин.Коррупсия ини босаям
Green card chiqsachi😂😂undan ham uz yurtim deysizmi
Show next 100 comments