Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
Sertifkat yoqtishi kerak bomaydi
Madina
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Men tanisam sizni fikriz uzgarib qiladimi😂.shuncha gap Suz bulyabdi.shuncha isbot bulyabdi.nahotki bulardan kura meni tanishim tanimasligim kuproq muhimi bulsa😂.bularni kurmaslik un kamida garang bulish kk
siz aytayotgan isbotni hali ko’rmadimu,lekin o’zini bilimi bilan ham yuqori ball olganlarni ko’rdim.sizga bergan savolimni sababi,yuqorida bildirilgan fikrga,ya’ni proporsional ball emas, ieltsga o’xshab aniq ball qo’yib o’shandan baland olganlarga sertifikat berilishi kerak deganlariga:tayyor javobni yodlash qiyinlik qilyaptimi deb aytibsiz.Besh barmog’iz baravarmasku.Aynan siz aytayotgan fanlardan bo’lgan bo’lishi mumkin x variant.Buning uchun “bekor qilish kerak” deyish shartmi?
Bek .
Bizni Universitetlarda o'qitish tizimi umuman nol. Ular bilimli, yetuk kadrlarni tayyorlashni emas, shu talabalar to'laydigan kontrakt qiziqtiradi ularni
Kerakmas yana korrupsiya avj oladiku
Sertifikatni bekor qilish yoki nazoratni kuchaytirish kerak.
Bek .
Pulini to'lasang bo'ldi san oqiwga borasanmi yoqmi farqi yoq
Qo‘shni davlatdan perevot qilayotganlardan ham DTM test olish kerak Xushnud aka
𝐌𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫𝐢𝐩𝐨𝐯.𝐀.𝐔
# XAMMA YOQ PUL... Kirib ketayabmiz PUL uchunnn...
QACHON ODAMLAR ROZI BOʻLADIIIIIII
Perevod qachondan boshlanadi? Va qay tartibda?
Bek .
Xorijiy otm lardan o'qishni ko'chirish jarayonlarini xam qiyinlashtirish kerak xuddi bu yerga topshirgan bilan bir xil bo'lsin. Bo'lmasa faqat Savodsizlar ko'payib ketadi Otm larda
But yerda topshirgsnlar OSHA otasini puliga topshirib kirgalnar
Hullas bizga na issiq na sovuq yoqadi.
OSHA soxaga kormay bilmay turib vaqilaveramiz.
Aslida sertifikat olish ham daraxt olma uzishdek emas.
Sertifikat ozini oqlaydi test esa eskirgan faqat pul ishlash yoli
Bu muhokamadan biror foida bo'larmikin
𝐌𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫𝐢𝐩𝐨𝐯.𝐀.𝐔
4 yil kantrakt toʻlab Oʻqidim, 1 250 000 oylik....
Bu oylik bilan oʻoʻoʻoʻoʻ tepadagi VAZIRHON&JON akalarimizni 4-sinf bolalari ham 1 oy yasholmasa kerak...

Olgʻa OʻZBEKISTON KELAJAGIMIII BUYUK
Javlonbek Давлатбоев
Bir narsani aytmoqchi edim. Tibboyot oliygohlariga o'qishga topshirayotgan abiturientlar! Ertaga bitirib chiqqach (sog' omon bo'lishsin lekin) o'z onasini yoki bolasini operatsiya qila olishga ko'zinggiz yetsa topshiring iltimos. Ertaga kimningdir onasini kimningdir bolasini shunchaki so'yadigan qassoblar yetishib chiqmasin tag'in. Ayniqsa kimyo biologiya savollari tarqab ketdimi shu soha havf ostida degani bu.
Shohzod Norbekov
Akram (أَكْرَم سِنْدَرَو)
Ukamsizmi,juramsizmi bilmadimku.men u yullarni bosib utib quyganman.😂menga master klas utmay quyaqoling.ielts 5 bu musor
faqat gramatika bilan dtm testini ishlab oliy talimga kirgan maqulmi 5 IELTS bilan kirgan maqulimi...shuni farqiga borarsiz..
Yuqori darajadagi IELTS ga qiziqsangiz lichkamga yozing sertifikatimni tashavoramnan.
Qanaqasiga men bosgan yo‘lni bosishingiz mumkun ingiliz tilidan 450 taga yaqin shogird chiqarganmisiz.
𝐌𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫𝐢𝐩𝐨𝐯.𝐀.𝐔
Yana bir narsa... 2 TA AKAM ROSSIYA DAVLATIDA ISHLAB UY JOY QILDI, ENDI...
2.3 YOSH OʻGʻIL QIZINI BOQAMAN DEB ROSSIYA DAVLATIGA KETDIIII...

QIZZIQAAAA

Yana biri BOLA PULI YOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻOʻQQQQQQQQ berilmasmush...

Yashavor VASILIIII VASYAAAAAA

ANA SHUNAQAAAAA

BU HAQIQAT
𝐌𝐚𝐬𝐡𝐚𝐫𝐢𝐩𝐨𝐯.𝐀.𝐔
Iltimosim HURMATLI Xushnudbek Xudayberdiyev SIZ HAM KANALIZDA FUQAROLARDAN KELGAN MUROJAATLARNI koʻrib chiqib, norozilik, nohaqlik, videolarni tashlab MASLAHAT BERIB TURING

#MASALAN: BOLA PULINI KIMLAR OLADI?
Xushnudbek avvalo assalomu alaykum. O'zingiz ham guvoh bo'libsiz milliy sertifikat atrofida bo'lgan ishlarga. To'g'ri o'z kuchi bn sertifikat olganlar ham bor. Lekin ma'lum bo'lyabdiki, turli yo'llar bilan olganlar o'z bilimi bn olganlardan ko'p ekanligini. Axir e'tibor beraylik ertaga shular tibbiyot xodimi bo'la oladimi ?(Biologiya va kimyodan olganlarni nazarda tutyabman) E qachongacha davom etadi bu jarayon. Hozir oldi olinmasa millat kelajagi nima bo'ladi. Man o'zim boshqa fan o'qituvchisiman. Lekun man bilgan biologiya va kimyo o'qiydigan bolalar necha kundirki yig'lab yuribdi. Ular ham bilimli bo'lsa milliy sertifikat uchun imtihonda qatnashsin, bilimini sinasin deyishimiz mumkindir. Lekin sertifikat uchun badal puli to'lashga ularda imkon yo'q. Ishoning ular 4 kun o'qib, 3 kun mardikorlik qilib pul topadi. To'g'ri tirikchilikni aybi yo'q. O'zim ham qiynalib, hatto yo'lkiraga pul topolmay ko'chada ishlaganman.
Shuning uchun bu masalaga jiddiy qarash kerak deb o'ylayman. Manimcha bu masalani vakolatli organlar orqali hal qilish kerakmikin.
Millatimiz oldidagi xizmatingizga oldindan sizga tashakkur.
Show next 100 comments