Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокамаСўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.
Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим
(Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.
Ушбу мавзу
моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.
Овозли чатда
ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.
Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.
Овозли чат
бугун соат 18:00 да бошланади.
👉 @xushnudbek 👈
#MASALAN: BOLA PULINI KIMLAR OLADI?
Shuning uchun bu masalaga jiddiy qarash kerak deb o'ylayman. Manimcha bu masalani vakolatli organlar orqali hal qilish kerakmikin.
Millatimiz oldidagi xizmatingizga oldindan sizga tashakkur.
Negadeganda SAVODSIZLAR OʻQISHGA KIRYABDI Savodi borlar ( PULI YOʻQ) HOZIRUYIDA XAM EMAS ROSSIYANI QURYABDI...
FAQQAT TANISH BILISHHHHHHHHHHHH
ANTIKARRUPSIYA ( ANTIKARRUPSIYA )
nima ham derdim Dardim qoʻzgʻaldi Ishtaxa bugʻildi
Mutaxassis sifatida shuni ayta olamanki ,milliy test tizimi o'quvchi bilimini baholashda test o'rnini bosa olmas ekan . Avvaliga xursand bolgandim. Namunaviy testlarni ko'rib hafsalam pir bo'ldi.
1- va 2- imtihon savollarining saviyasida ham katta farq bor.
Menimcha, har ikki sinov imtihonlarining savollari,ularning qiyinlik darajasi oldindan taqqoslanmagan ko'rinadi. Tabiiyki,1-sinovga juda bilimli,o'ziga ishongan o'quvchilar topshirgan. Ularning ko'pi natijalaridan qoniqishmadi. Chunki topshiriqlar juda murakkab edi. Qaytadan 2-imtihonga kirib chiqqanlar savollarning ancha osonlashib qolganini aytishdi.(Bu hol avval yuqori ball ololmagan , ikkinchi qayta topshirishga esa yuragi betlamagan , yo qurbi yetmagan kuchli o'quvchining ruhiyatiga salbiy ta'sir qilarkan)
Bunday ovoragarchilikni hech keragi yoq deb o'ylayman. DTM tomonidan tuzilayotgan savollar(testlar) barcha talablarga javob bera oladi.O'quvchining ijodiy-mantiqiy fikrlashlarini,savodxonligini sinashga qaratilgan testlarning ko'paygani fikrimning isbotidir.
So'zim oxirida DTM va Xalq ta'limi vazirligiga bolaning bilimini haqqoniy baholashda faqat tedt tizimi ma'qul ekanligini aytib qolmoqchiman.
0 ⬅️
Togrisi haqiqat adolat yo'q yurtimizda hammasi pul bn o'lchanadi milliy sertifikat ham kallasi katta yuqoridagilarga anchaagina moddiy yordam bergani aniq nima uchun cefr yoki IELTS Imtihonlarida shunday mojarolargaa duch kelmaymizz vaholanki ular necha yillardan beri o'tkazilmoqda ha bu milliy sertifikat chiqqaniga esa hali 3 oy ham bo'lgani yo'q agar shuni qat'iy nizomlarga asoslangan holda otkasza mayli edi lekin test savollarini x varianti chiqib ketgani kabi habarlar qancha qancha oz bilimiga ishongan abituriеntlarga qattiq ta'sir qildi. Men ham abituriеnt man hudoga shukur natijalarim hozirgacha yaxshi chiqib kelyapti lekin shu milliy sertifikat haqidagi turli xil habarlarni eshittimu negadir o'qishga bo'lgan ishtiyoqim tubdab o'zgardi endi puli borlar o'qiydi bizni yonalishdagilar ayniqsa agar inglizdan ham imtiyozi bolsa ona tilisini ham bir amallab ovolgan bo'lsa unda bizchi bizni kim o'ylaydi Xushnudbek aka sizdan iltimos ertaga hujjat topshirilishidan oldin shu masalaga jiddiyroq yakun yasab bering biz bu yoqda gapirganimiz bn hech kim hal qilolmaydi lekin sizni qo'lingizdan keladi iltimos odil xulosa chiqaringkar shuncha commentladan..