Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
Qanday bo'lsada bog'lanis him kerak
Имтихондан олдин миллий сертификатни олиш керакми???
DTMni oʻgrilardan tozalang
Test tizimi bo‘lishini umuman xohlamasdim hamma bir vaqtda bir xil hayajon bn topshirishi yaxshi test tizimi korrupsiya bo‘lib ketadi hozirgi kunda puli bor kiradi puli yo‘q qolaveradi nafas olishing ham pul bo‘larkan degan gap tarqalgandi menimcha ta‘lim tizimiga ishora bo‘lsa kk
Puli borlar kirvolib pul bn baholarini qo‘ydirib bitiradida savodsiz kadrlar ko‘payadida.
Mana O‘zbekistonni kelajagi
Kelajak yoshlar qo‘lida deyishadi yo‘q kelajak yoshlarni otasini pulini kuchida
Nazarova
Xitoyda korrupsiya uchun õlim jazosi deb eshitgandim. Balki qonunga õzgartirish kiritish kerakdir...
Hamma postlarizga komment ochib qoying yoki instagayam qoying, fikr bildirish osonlashadi
Muxtarova Muyassar
Assalomu alaykum,haqiqatdan ham o‘yin bo‘layabdi,meni tanishim 2yildan beri biologiya kimyodan tayyorlanadi dars o‘tadigan ustozi test olganda yaxshi natija ko‘satmaydigan bolalar 100%li sertifikat olganmìsh,tayyorlanib yotganlarga tegishli joyga yozinglar debdi ustozi qayerga yozishni ham bilmaymiz,men bilgan o‘quv markazda 1kishi haqiqiy olibdi,10kishilar pul bn olibdiSERTIFIKAT YO‘QOLSIN
Gulshan Boboqulova
Bilimi bori testga kirib ishlasin. Imtiyoz k.kmas. . Abituriyentlarni chalğitayapti har xil gap sòzlar. Hamma birdek sinalain
Assalomu alaykum.Men han biologiya fanidan repitetorlik qilaman,shogirdlarimdan bir nechtasi milliy sertifikatga test topshirgan edi,keyin X variantni ko'rib ustoz bu savollarning 95 foizi tushdi dedi shogirdlarimdan
Jahonhir (99)377-41-71 surxondaryo sho'rchi tumani
Milliy test tizimini bekor qilish manimcha noto'g'ri . Chunki bu jarayonda ko'p kishi o'z bilimidan foydalandi.Bir guruhda 20 kishi bo'lsa 1-2 kishini deb barchani qilgan mehnati va pulini ko'pga sovurish juda yomon.ayniqsa ko'p kishi 2 ta fanga topshirgan.bu qariyb 800 ming degani bu bir kishining 1 oylik oyligi degani.Bundaylardan nechta.ayniqsa yuqori natija olganlar tayyorlov kurslariga qayta bormagan davlatga ishonib.ularni qariyb 1 oyi o'tib ketdi.mani fikrim bekor qilinmasin.keyingi yildan qattiq olinsin.
Fikrimcha milliy test tizimi biz ga kerak emas. Bu sohada korrupsiya avj olishiga sabab buladi. Uzi endigina test tizimi isloh qilinib, ancha haqqoniy bulayotgandi.
Bir ustoz achinib, yig'lab yozibdilar. Farzandlarimni o'qishi uchun o'qishi uchun 2, 3 joyda ishlarkanlar. Bollari esa onam qiynalmasinlar deb ovqat uchun bergan pullarini tejab qo'shimcha fanlardan tayyorlanarkan. Shularni o'qib, bu tizimni tubdan jiddiy isloh qilish kerak degan fikrdaman. Axir shuncha chiqib ketgan savollar osmondan tushib qomagandir. Bugun keladigan DTM xodimi birgini savolga - savollar chiqib ketganligiga javob bersinchi.
Assalomu alaykum Xurmatlilar. Men ham milliy sertfikatga imtihon topshirdim. Ishonasizmi xafsalalarim pir bo'lib ketdi.DTM tomonidan taqdim etilgan namunaviy testlardan imtihondagi testlar ancha murakkab boldi. 5 oy vaqtimga va to'lagan pulimga achinib ketyapman. Eng alam qiladigani ikkinchi imtihon juda oson bo'libdi. Men bir o'zim bo'lsam mayliga men bilan birga markazimizning eng kuchli 40 nafar o'quvchisi ham testda ishtirok etgan. Hech qaysimiz 30 talik testni balini qolga kirita olmadik.2-imtihonda javoblarni sotilganiga ko'z yumish mumkin emas axir. Bu yerda o'qituvchi vao'quvchining mehnati, ota-onaning mablag'i , qo'ldan boy berilgan vaqt bor. Natijalar sotilgani uyoqda tursin testni oson bo'lganini aytmaysizmi. Axir biz yoshlarni kim o'ylaydi. Biz kuyib qolaveramizmi? Milliy testda qatnashgan o'quvchilarni 100 balldan oshirilgan natilarni DTM markazi 30 ballik test o'rnida qabul qilishi kerak ,pulimizni qaytarishlari yoki bo'lmasa qaytadan test tashkillashtirishlari adolatdan bo'ladi. Axir birinchi imtihonni o'zida 10 000 nafar o'quvchi ro'yhatdan o'tgan. Bu ham qaysidir ma'noda 10 000 nafar o'quvchini taqdiriga ruhiyatiga ta'dir ko'rsatadi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Shu natijalarni bekor qilishning iloji bormi yoki hech bolmaganda boshqatdan test olishning, o'zi yahshi qaror edi lekin bunday bo'lib ketishini menimcha hech kim kutmagandi
Шохрух
Канака имтийоз
Sefr ingliz tili
Ona tilidan endi Chqadi natija
Bunyod
DTM ochiq siyosat yuritmaydi. Yopiq tashkilot shuning uchun ham odamlarning ishonchi yoʻq.
Bu tashkilot ochiq siyosat yuritishini va ichkaridagi tizim shaffofligini koʻrsatishga nima halaqit beradi yoki kim?
Show next 100 comments