Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Shu natijalarni bekor qilishning iloji bormi yoki hech bolmaganda boshqatdan test olishning, o'zi yahshi qaror edi lekin bunday bo'lib ketishini menimcha hech kim kutmagandi
Шохрух
Канака имтийоз
Sefr ingliz tili
Ona tilidan endi Chqadi natija
Bunyod
DTM ochiq siyosat yuritmaydi. Yopiq tashkilot shuning uchun ham odamlarning ishonchi yoʻq.
Bu tashkilot ochiq siyosat yuritishini va ichkaridagi tizim shaffofligini koʻrsatishga nima halaqit beradi yoki kim?
Barcha olingan Milliy sertifikatlarni bekor qilish zarur bo'lmasa kunimiz mana shu bilimni pulga sotib olgan doktorlarga qoladi yoki sertifikat uchun imtihonni haqqoniy qilib qayta tekinga o'tkazish kerak ana shu o'quvchilar uchun, Namanganda ochiqchasiga savdo qilishganini eshitdik Sertifikat olganlarni ham eng ko'p qismi Namangandan ekan shuni INOBATGA olishingizni iltimos qilaman. 10 oydan beri mehnat qilayotgan ABITURIYENTlarni mehnatini ham hisobga olinglar.... hurmatli DTM.
Javlonbek Давлатбоев
Hurmatli o'zini hurmat qilgan abiturientlar. O'qishga kirib olsam bo'ldi, budjed kirsam bo'ldi degan orzularni chetga surishinggizni maslahat bermoqchiman. O'zim maktabni "qizil" ga tamomlaganman. 3 yil Tumanimizdagi eng yaxshi Akademik litseyda o'qidim. 4 yil Qoraqalpog'iston davlat universitetida bakalavr, 2 yil TDTU da magistr o'qidim lekin oxirida ishsizman. Avvalo o'qishga hujjat topshirayotganda o'ylab ko'ring kelajakda shu soha bo'yicha ish topa olamanmi, kimgadir pora bermasdan ishga kira olamanmi degan savollarga javob toping. Undan ham yaxshirog'i O'ZBEKISTONDA O'QIMANG. Milliy test tizimidagi korrupsiya hali xolva menga o'xshab diplomizni qo'linggizga olgach ko'rasiz haqiqiy tamoshani. Mayli sizlarda hozir biliminggizni namoish qilib o'sha savollarni yechib ular bn teng imkoniyatga ega bo'lishingiz mumkin lekin ertaga bitirgandan keyinchi. Bitirgandan keyin ayniqsa sanoat tarmoqlari korxonalariga ishga kirish siz uchun haqiqiy muammo bo'ladi. Pora berishga pulinggiz bo'lmasa. 2 yilda 100dan ortiq joyga rezyume topshirdim. Birontasi ham ish beraman demaydi. Qizigi o'sha men kirolmagan ish o'rinlarida hozir kursdoshlarim ishlayapdi. Abituriyentlarning ko'pchiligi bu yerni o'qiydi bilaman shuning uchun yana bir marta aytaman O'ZBEKISTONDA O'QIMANG. Bu yurtda bilimli o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lgan kadr emas, tanish bilishlari kuchli yoki cho'ntagi baquvvat kadrlar kerak. Shu o'rinda o'ylab qolasan o'zi puli yo'q odam ishga kirishi kerak, lekin bizda puldor odam ishga kiradi pora evaziga. Milliy test tizimidagi korrupsiya kelajagimizga urilgan bolta demoqchi edim, lekin buyuk kelajak chalasavod korrupsionerlar bilan qurilmaydi. So'zimning isboti sifatida 30 yildan beri kutayotganimiz o'sha buyuk kelajakning kelmaganini aytmoqchiman. Bularning barchasi shaxsiy fikrim kimnidir ayblamoqchi emasman. Men ham yaqin orada chet elga ketaman va bu yurtga qaytmayman xudo asrasa😔 Vatanimni yaxshi ko'raman, lekin halol yashashni istayman. Kimgadir pora berish bilan non topishni hohlamayapman.
Siz nomigagina o'qib darslada nb qo'ymasligi uchungina borgandirsiz. Bilimiz osha sohezda yetarlicha bo'lmagandan keyin o'sha ishda ishlab keta olmagansiz
Шохрух
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Sefr ingliz tili Ona tilidan endi Chqadi natija
Она тилидан хам имтийоз боладими ?
DTM aslida kerakmi, Nega millionlab yoshlarni kelajagini bitta tashkilot hal qilishi kerak???
Ra'no
Sertifikat bekor qilinsin. Bilimlilar qolib bilimsizlar kirib ketadi unda o'qishga. Shuncha tayyorlanganlar bor. Hammani bir xil ko'rishsin.
Bekmurod Makhmudov
Kuniga minglab bu kabi bog‘lanishlar bor qaysi biriga yordam qiladi
Hech bo'lmasa yaxshi muomala qilsa bo'ladiyu. Menejer botiga kirsez kekkayganligini ko'rasiz. Menejerimi yo o'zimi qaysi bo'lsa ham.
Zulfiya Axmedovna matematika ustozi
Necha kundan beri milliy sertifikat savollari chiqib ketganligi haqidagi gap-so'zlar internetni yondiryapti. Lekin bironta vazirlik yoki ta'limga oid idoralar, na korrupsiyaga qarshi kurashish xodimlari lom-mim deyishmiydi.
Javoblarni chiqarib yuborishda kim ma'sul bo'lgan bo'lsa, osh bo'lsin, buyursin, bolalarini rohatini ko'rsin😊. Super-muper degan kontraktlarni kamaytiribdida, bo'lmasa ota-onalar bitigacha sotib 10-15 barobar kontarkt to'lab yurardida🙂.
Adiba Obloqulova
Assalomu alaykum men o'qituvchiman maktabda o'quvchilarimni sertifikat testiga tayyorlamoqchiman lekin baholash tizimini hech qayerda e'lon qilishmadi topolmayapman. Eshitishimcha sertifikat sotilyapti shuning uchun baholash mezoni chiqarilmagan deyishdi. Bu qanchalik tòģri biladim-u, yuqoridagi 1-2 fikrlarga qaraganda to'g'riga o'xshaydi. Sertifikat baholash mezonini aniq e'lon qilsa yaxshi bo'lardi. O'quvchilarni maktabdan tayyorlardij.
@xushnudbek DTM testlar sonini oshirib takrorlanmaydigan tizimda olishi kerak. Ichkariga kirgan abiturent yodlab chiqqan test savollariyu javoblarini nega sotishga haqqi yo'q. Sotsa sotaversin. Eplagan imkon topadi. SHuning uchun savollarni takrorlanmaslik darajasini oshirishsa nur ustiga a'lo nur bo'lardi.
Mehrimoh kim? Man Chustdanman
Lobar G'iyosova
qanchalar noxaqliklar ichida yashaymiza. Biznining O'zbekistonimizda puling bo'lsa o'qiysan, dadang boy bo'lsa Haqdan qo'rqmaydigan dtm xodimlari tomonidan chiqarilayotgan sertifikat savollarini sotib olib o'qishga kirasan.
2 yildan beri tibbiyot soxasiga tayyorlanaman, ko'nglim qolib ketdi, hamma sotib olyapdi, o'zi kvota kam, shuni ham ochiqchasiga sotib olishyapdi. Umuman, sertifikatni shu yil hisobidan bekor qilib, bunisi yilga qornilari to'ygandan keyin, ko'zlari to'ygandan keyin test tizimini boshlashsin.
Muzaffar Hakimov
Mehrimoh kim? Man Chustdanman
Domla Litseda ishlaysza Namangan Lola akademik litseyida
Бу ерда ечим оддий: Дастлаб миллий сертификатни натижаларини бекор килинг....шунда ким пулга сотиб олган булса югуриб бориб кимдан олган булса ушани бугади...Яъни пулини талаб килади...Пул эса долядагиларга булиниб кетган...Пулни кайтара олмайди...Керакли жойга ариза килади....Шунда занжир тепага караб кетаверади, хамма бир бирини сотиб. Кейин ана уша энг тепадагини ушлаб хамма шериклари билан таг туги билан йук кила олсанглар (агар шунга ДУХ етса) ана ундан кейин кейинги масалани уйлаб куриш мумкин, яъни бундан кейин нима киламиз ва кандок киламиз деб.....Раз шундай кила олмас экансизлар....хаммаси бир тийин...Мухокамалару, фикр-мулохазалар...Бу ерда килинадиган иш очик ойдин куриниб турибди....Оддий занжир холос бу...Факат тепага караб юргани ДУХ йук.....Чунки еганларни узи бу системани ичида......
Show next 100 comments