Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
Asadbek
Osmon uzoq, yer qattiq...
Osmon qanchalik uzoq ekan bizda korrupsiyani yo'qotish ham shunchalik...
O'zi bu narsani boshi ham shu edida. Ya'ni (boy bolasi o'qiydi, suvchiniki esa yo'q) sertifikatning tashkil etilishi oz yoki ko'p bo'lsada iqtisodning yaxshilanishi edi.
Xo'sh o'ylab ko'ringchi shu vaqtgacha sertifikat, oltin medal degan narsalar bor edimi. Bu narsaning bo'lishi mana shunchalik e'tirozga olib keldi.
Hech kim o'ylamaydiki bu yoqlada necha-necha abituriyentlar kunni kun, tunni tun demay o'qishmoqda. Ammo "kimlardir" bu narsaning juda oson yo'li bn o'qishga kirishmoqda. Endi o'ylab ko'ring mana shu insonlarga erta boshqa bir inson hayotini ishonib bo'ladimi?
Xushnud aka sizga alohida savolim bor. To'g'ri bu fikrlarni o'qib ko'rasizmi yo'qmi bu menga qorong'u. O'qib ko'rgan yoki ko'rmaganligingizni shu savolimga javob berish yoki bermasligingizdan bilib olaman. Aka mana shuncha mash-mashalar bo'lyapti.
Biz korrupsiyaga qarshi kurashyapmizmi yoki "kurashyapmiz" deb shu to'rga yanada o'ralyapmizmi.??
Bu fikrni oddiy Abituriyent sifatida bildirdim.
X variantlar nomi bilan bir dunyo test tarqaladi. Esi past abituriyentlar oʻshani yodlaydi. Termizda bitta fanniki 50-100-300 dollorgacha sotiladi har yili. Lekin, shuncha pulga uni sotib olgan abituriyentlar baribir kira olmaydi. Koʻpini koʻrdik! Oʻsha repititor oʻqituvchilarning oʻzlari abituriyentlar qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldirishmoqda. Bir yil davomida uqmagan kalla bir xaftada qanday yodlardi😶
Bu gapla õzini mehnati bilan oganla uchun haqorat qigandaka tuyuladi
Farhod
Oldinlari bir necha yil qiynalib tayyorgarlik koʻrib oʻqishga kirolmay yurardik hammasini talkashlar,shpargalkalar, ... hal qilib ketardi endi yaxshi boʻlayotganda yana shu ahvolmi abituriyentlar qancha vaqtini,mablagʻini sarflashadi bu ketishda yaxshi avlod chetda boshqalar foydasiga ishlayveradi
Xurshida Hayitboyeva
Puli borlar budjetda bilimi borlar 8 yil kantrakt to'lab o'qiydi
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Topishadida davlatni muommosi bu
hop oquvchila oqishi bitiradiyam dyli keyincali kelajeda owa cala insonlaga iwiz tushdi va sz aldandz kegin bu kimi muommosi boladi)) umuma oganda unaqa oquvchila kop lekn wulani kamaytrw maqsadidayam hama joy kuydrb yozvoti
Oʻzi endi shaffof tizimga oʻtilayotgan edi, bunday sertifikat tizimi kerak emas umuman deb oʻylayman,
Xurshida Hayitboyeva
𝓓𝓲𝔂𝓸𝓻𝓫𝓮𝓴 𝓞𝓬𝓱𝓲𝓵𝓸𝓿✍🏻
Kechga ovozli chatda malum bo‘ladida
Ha ko'ramiz siyosatimiz o'z xalqini qay darajada qo'llab quvattlab xalqini qay darajada eshitar ekan
Nega shuncha yillardan beri IELTS bilan bogʻliq shunday muammolar boʻlmaydi? Sababi ularda obroʻ birinchi oʻrinda turadi. Taklif: DTMni tugatib test olishni 2-3ta xususiy tashkilotga berish kerak. Raqobat yaratish kere. Qanchalar halol ishlagan tashkilotni xalqni oʻzi saralab oladi. Xato qigan yoki qing'irlik tashkilotni yaxshilab jazolash kerak. Masalan bankka 100ming ko'kida qoʻysin bitta xatoda kuysin oʻsha pul. Vot odolat is here
Butun xalq korib bilib turibdi faqat DTM dagilar ayblari ochilib qolishidan qorqishyapti biz taraflarda ham deyarli kimyo biologiya sotib boʻlindi.
assalomu alaykum Xushnudbek akaga bilan qanday boglansak buladi
Аввало таълимни ислох килишни мактабдан бошлаш керак. Нега хозир мактабларда илмли,ташабускор ўкувчилар учун мотивацион (олтин медал,синфдан-синфга кўчириш)жараёнлар амалда эмас. Ха-деса сертификат,сертификат... Бу бир вактлар коллежларни куриш ва унга ешларни мажбуран жалб килиш сиесатига ухшайди. Мактабларда укувчиларни кизикишидан келиб чикиб (аник фанлар,филология...) синфлар ташкил этиш керак,шундагина мактабдан бошлаб максадли келажак пайдо булади. Масалан: Укувчи бошка фанларга нисбатан математикага кизикса демак уни математикага ихтисослашган синфларда укитиш керак. Ана ушанда мактабни битиргач йўналиши буйича истаган сертификатини ишончли равишда кулга киритади.
Nega shu paytgacha qabul kvotalari chiqmayapti ertaga qabul boshlanadigan kunning birinchi kuniki abutireyintlar imtihon orniga kvotalarni oylab qiynalyapti
Show next 100 comments