Миллий сертификат атрофидаги можаролар юзасидан муҳокама

Сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда Миллий тест тизими бўйича бериладиган сертификатлар кўплаб муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. Тест саволларининг X-вариант сифатида тарқаб кетгани, айрим ўқув марказлари ва репетитор ўқитувчилар маълум ҳақ эвазига жавобларни пуллаётгани, натижада тестга кириб чиққанлар 90-100 фоиз натижа кўрсатаётгани ҳақида маълумотлар эълон қилинди.

Ўзим шу кунларда Тошкентда эмаслигим, интернетдан бироз узилиб қолганим (Edge чиқавериб жонга тегди) учун ушбу мавзуни батафсил ўрганишга имконим бўлмади. Бугун барча постларни диққат билан ўқиб чиқдим, менга келган хабарлар билан танишдим ва айрим мутахассислар билан суҳбатлашдим.

Ушбу мавзу моҳиятан жуда муҳимлиги, бунинг остида миллат келажаги масаласи ётганлиги учун бугун каналимизда овозли чат кўринишида суҳбат қиладиган бўлдик.

Овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов ҳам иштирок этади.

Саволлар, эътирозлар, факт ва далилларни изоҳларда қолдиришингиз мумкин.

Овозли чат бугун соат 18:00 да бошланади.


👉 @xushnudbek 👈

736 comments

Show 100 more comments
узи энди хакикатга якинрок тизимга келтиришганди шу тест жараёнларини.номукаммал узгартиришлар киритмай турса буларди манимча.
Magistraturga bu yilgi qabul boʻyicha savolim bor edi : Neft gaz bakalavrim bilan Elektroenergerika boʻyicha oʻqishga topshirsam boʻladimi bilganlar aytvoring iltimos !
Assalomu alaykum, Xushnud aka!
Yaqinda men B2 sertifikatiga imtihon topshirdim. 1-iyun sanasida Speaking qismini ham topshirdik. Speaking qismidan chiqqib uyga qaytmoqchi bòlsak, bir nechta opalar mendan qanday savol tushdi deb sòrashdi. Part 3 dagi topic nomini aytsam, ular menga mana shumi deb menga tushgan savolni kòrsatishyapti, ochiģi hayron qoldim òsha payti. Kòzim oldimga 1-yil tinmasdan qilgan mehnatim keldi. Keyin bularni qayerdan oldingiz deb sòrasam, topdik-da uka deydi. Men bu sertifikatni oldim, lekin haligacha hayronman. Shuncha mehnatimizning DTM ma'murlariga ziģircha ahamiyati yòqmi? Menga òxshgan qancha abituriyentlar bor! Ularning taqdiri DTM ga umuman qiziq emasmi? Nima uchun nazorat choralarini kuchaytirmaydilar? Nega befarq bu ma'muriyat vakillari?
Men abituriyent sifatida DTM faoliyatini yopish tarafdoriman. Test òtkazishni esa xususiy tashkilotlarga berish kerak!!!
Ovozli chatda biz ishtirok etsak bo‘lmasmikan
꧁❥︎❥︎❤️ Дурдона❤️❥︎❥︎꧂
Assalomu alaykum masalan meni oʻzim ham abituriyent man sertifikat ha topshirmadim oilaviysharoit koʻtarmadi keyin bilsam sertifikatni ham sotib olishga yotgan ekan hech kim kafolat berolmaydi ertaga X variant chiqib imtihonda ham ballar koʻtarilib ketishiga hech kim kafolat bermaydi shuning uchun sertifikat olib tashlanishi hohlaymiz
Assalomu alaykum Xushnudbek meni qizim aprelda ona tilidan topshirib 91% oldi òz kuchi bilan 27 tani balini berar ekan lekin oddiy testlarda 30tadan yechyapti .Shaxsan men milliy sertifikat tarafdoriman ammo ingliz tilinikiga òxshab òtdi òtmadi qilish kerak òtgan odamga max balni bersh kerak shunda òquvchi qiziqib òqiydi Oddiy testlar haqiqiy bilim emas Milliy sertifikatda hamma skill bòyicha sinaladi
Assalomu aleykum. Ha rostan ham milliy sertifikatni o'z kuchi bilan olayotganlar ham yo'q emas. Meni bir dugonam ona tilidan oldi o'z bilimi bilan. Haqiqatan bilimli qiz. Ammo bir dugonam biologiya va kimyo fanidan sotib olganini aytib maqtandi. Bunisiga nima deysiz.
Nima boʻlganda ham o'quv yaxshi tayyorgarlik koʻrgan abituriyentlar talabalikka qabul qilinishadi ...
Ana shunaqa !!!
¥€$™
Xammaga omad
Yusuf Nurmatov
Elbekshoh Shodmonov
Nima boʻlganda ham o'quv yaxshi tayyorgarlik koʻrgan abituriyentlar talabalikka qabul qilinishadi ... Ana shunaqa !!!
Baling yetmay super kontraktga pul to'layotganingda hozir x variantni sotib olgan boybolalar o'qishga kirganda xolingga DTM kulganda ko'ramiz ahvolingni. Ana shunaqa.....
Nega hamma yo'q qilish kerak deb yozyapti, undan kura yaxshilash keremasmi plus milliy sertifikatda raqobat yuqku hammaga beriladi, bilimi bor abiturent 100 olib chiquradi boshqalar bilan nima ishi bor..
poraxo‘rlarga o‘lim
Nima bo'lganda ham yoshlarni ishtiyoqini so'ndirib, bu kabi qabix ish qilayotgan kimsalarni ayamaslik kerak. Eplay olmasang nima qilasan bu kabi sertifikat chiqarib shaxsan men bunga qarshiman.
Bizda har doimgidek svetafor yo'q chorrahada qachon qattiqroq avariya bo'lib odam vafot etsa....keyin svetafor qo'yiladi.
Poraxo'rlarga o'lim rostan
Avvalambor assalomu alaykum . Hayotimiz faqat o'qishga topshirish bn chegaralanib qolmaydi. Kelajagimiz allaqanday qassoblar qo'lida bo'lishini oldini olaylik azizlar
ILTIMOS OXIRIGACHA O'QING Buni mamlakat hayoti uchun men dahldorman deb bilgan har bir inson oqiwi kerak va to'g'ri va jiddiy xulosa qilishi shart. Men o'z fikrlarimni har tomonlama yoritiwga harakat qildim.....
Savollar xalq talimi vazirligi tomonidan tuziliwining o'zi xato, xalq talim vazirligi o'z iwini qisin hamma yo dabdala bop yotibdi, eng ishonchli va samarali bolgan yowlar maktab davrida hayotga tayyor bolib boriwi kerak, yowlarning 11 yil umrini bekorga o'g'irlamanglar. Xalq talimi, nafaqat xalq talimi barcha talim tizimlarimiz yowlarga faqat diplom shahodatnoma beriw yoki universitetga kiriw darajasini owirishi kerak emas. Ta'lim-bu hayot degani. Talim-hayotda insonlarning yo'lini yorituvchi chiroqdir, diplom beradigan vosita emas. Hukumat esa aksincha fikrlaydi. Sherzod Shermatov maktablar reytingini universitetga kiriw darajasi bilan belgilar emish. Men shaxsan u insonni chet elda oqib bilim olganlar qatoridan chetga chiqargan bolardim. Aqlli inson ta'lim universitetga kiriw darajasi bilan o'lchanmasligini juda yaxwi biladi. Lekin bizning chet elda o'qib kelgan vazirimiz bowqacha fikrlar ekan. Janob vazir sizni qilyotgan harakatlariz 0 ga teng chunki samarasz harakatlardan yuqori natijalarni kutib bolmaydi. Yaxwisi sz istefo bering, o'rningizga aqlliroq inson kelsin va xalq talimining asosiy vazifasi nima ekanligini belgilasin. Undan keyin asosiy o'z oldiga belgilab olgan vazifasi bo'yicha harakat qilsin. Umuman olganda hukumat o'z oldiga aniq maqsad qo'ysin. Biz 2025 yilgacha eng kuchli 1000 ta universitet tarkibiga kiriwni, iqtisodmizni palon trlnga kotariwni, armiyamizni palon darajaga kotariwni deb emas, har bir davlat organining mamlakat oldidagi xalqi oldidagi aniq vazifasi boliwi kerak va o'sha maqsadga eriwiw yo'llarini belgilab oliwi kerak, shundagina mamlakat rivojlanadi. O'shandagina Singapur mo'jizasi, Yapon mo'jizasi, Nemis mashinasiga o'xshagan O'zbek mo'jizasi yuzaga keladi. Manawu davlatlarning tarixini o'rgansangz bir xulosaga kelasz. Ular har qanday vaziyatda ham kuchli qudratli bo'la oldilar chunki ular har doim ta'limning kuchini biliwgan. Bu hayotda insonlar shunchaki yashashadi, yuqori bilimga ega insonlar esa dunyoni gullab yashnatadi. E'tiboringiz uchun rahmat!!!
Rahmonbergan Matyakubov
ILTIMOS OXIRIGACHA O'QING Buni mamlakat hayoti uchun men dahldorman deb bilgan har bir inson oqiwi kerak va to'g'ri va jiddiy xulosa qilishi shart. Men o'z fikrlarimni har tomonlama yoritiwga harakat qildim..... Savollar xalq talimi vazirligi tomonidan tuziliwining o'zi xato, xalq talim vazirligi o'z iwini qisin hamma yo dabdala bop yotibdi, eng ishonchli va samarali bolgan yowlar maktab davrida hayotga tayyor bolib boriwi kerak, yowlarning 11 yil umrini bekorga o'g'irlamanglar. Xalq talimi, nafaqat xalq talimi barcha talim tizimlarimiz yowlarga faqat diplom shahodatnoma beriw yoki universitetga kiriw darajasini owirishi kerak emas. Ta'lim-bu hayot degani. Talim-hayotda insonlarning yo'lini yorituvchi chiroqdir, diplom beradigan vosita emas. Hukumat esa aksincha fikrlaydi. Sherzod Shermatov maktablar reytingini universitetga kiriw darajasi bilan belgilar emish. Men shaxsan u insonni chet elda oqib bilim olganlar qatoridan chetga chiqargan bolardim. Aqlli inson ta'lim universitetga kiriw darajasi bilan o'lchanmasligini juda yaxwi biladi. Lekin bizning chet elda o'qib kelgan vazirimiz bowqacha fikrlar ekan. Janob vazir sizni qilyotgan harakatlariz 0 ga teng chunki samarasz harakatlardan yuqori natijalarni kutib bolmaydi. Yaxwisi sz istefo bering, o'rningizga aqlliroq inson kelsin va xalq talimining asosiy vazifasi nima ekanligini belgilasin. Undan keyin asosiy o'z oldiga belgilab olgan vazifasi bo'yicha harakat qilsin. Umuman olganda hukumat o'z oldiga aniq maqsad qo'ysin. Biz 2025 yilgacha eng kuchli 1000 ta universitet tarkibiga kiriwni, iqtisodmizni palon trlnga kotariwni, armiyamizni palon darajaga kotariwni deb emas, har bir davlat organining mamlakat oldidagi xalqi oldidagi aniq vazifasi boliwi kerak va o'sha maqsadga eriwiw yo'llarini belgilab oliwi kerak, shundagina mamlakat rivojlanadi. O'shandagina Singapur mo'jizasi, Yapon mo'jizasi, Nemis mashinasiga o'xshagan O'zbek mo'jizasi yuzaga keladi. Manawu davlatlarning tarixini o'rgansangz bir xulosaga kelasz. Ular har qanday vaziyatda ham kuchli qudratli bo'la oldilar chunki ular har doim ta'limning kuchini biliwgan. Bu hayotda insonlar shunchaki yashashadi, yuqori bilimga ega insonlar esa dunyoni gullab yashnatadi. E'tiboringiz uchun rahmat!!!
👍👍👍
Show next 53 comments