Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
92-20 Зайниддинов.О
Qabul komissiyaga pul bosa boldi
Biomedical Enginer🎓
Testlarni soddalashtiradi degandi kõrdik avvalgidanham qiyinku
Avval ham shunde gap bolgandi. Mana sanlaga deb umuman kormagan testlarni imtihonga qoyishgandi
Hushnud
Assalamu alekum. Oliy ta'limga o'qishga kirmoqchiman. Imtihonla qachon bolarkan. Pegagogika sohasi. Haqida malumot bersala yaxwi bo'lardi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ning qarorlariga asosan test topshiriqlarini osonlashtirish deganda shuni tushunib yetish kerak Deb o'ylayman:
Test bo'lgandan kegin abituriyentlar xaritani boshiga uradimi ozgina insof ham kerak hamma aytadi studentga qiyin Deb lekin studentga hech narsa qiyin emas hammasi test topshiradigan yosh avlodga qiyin agarda biror abituriyent testda o'ta olmasa agarda kechani kunduz demasdan tayyorgarlik korgan bolsa testda o'ta olmasa u kasal boladi yoki chet davlatga oqigani ketadi.
Chet davlatga ya'ni Yevropa davlatlarida o'qishda o'qiyotgan talabar 90% o'z Vatani bo'lmish O'ZBEKISTON ga qaytib kelarmikan?
Degan juda ham og'ir baxs lar yotadi.
Insofni avvalo Allohim o'zimizga bersin.
Xushnud aka sizga katta rahmat
Hurmat bilan. Mr_R
Assalomu alaykum barchaga. Majburiy fanlar xususida bir fikr.Yaxshi odam e'tiqodini har kun o'zgartimaydi! Uch ta majburiy fan menimcha o'n bir yil cho'ponlik qilgan odamga ozgina murakkablik qilishi munkin,ammo o'n bir yil o'qigan o'quvchi uchun shunchaki o'z ustidan chiqargan xulosasi. Karantin davrida yaxshi tayorlana olmadik degan gap yugurish musobaqasiga kelgan odam yurishni bilmas ekan deganday. Qachongacha eng og'ir damda masuliyatdan qochamiz? Qachon biz ham o'zimizga xos"o'zbek xarakteri"ni namoyon etamiz? Karantin sababli yaratilgan sharoit (test topshirish jarayoni) sizni tashvishga solyaptimi? Axir uyerda barcha xavsizlik tizimlari mukammal ishlab chiqilgan-ku! Balki mutasaddilarni boshqa narsa abituryetlarning ko'pligi,ularga beriladigan savollar qancha mo'l bo'lsa tekshirish,mandat degan narsalar qiyinlashishi tashvishga solyotgandir? Nima bo'lgan taqdirda ham qiyin vaziyatlarda o'z pozitsiyamizni qo'ldan bermasligimiz kerak. Tasavvur qiling postda o'tirgan soqchi yomg'ir yog'ayotganligi sabab postni tashlab ketsa nima bo'ladi? Shifokorlar kasallik avjiga chiqqanda ishdan bo'shab ketsa nima bo'lar edi? Yo'q! Ular bu ishni qilishmaydi! Chunki ular qasamiga,lafziga sodiq! O'zimiz haqimizda ham o'ylab ko'raylik hurmatli mutasaddilar!!!
92-20 Зайниддинов.О
Alloh hammamizga yordam va qabul komissiyasiga insof bersn
Assalomu alaykum Hushnud aka iloji boʻlsa Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilariga MBI yozish boʻyicha hozir berilayotgan topshiriqlar borasida maʼlumot bersangiz. Oliy taʼlim vaziri BMI lar oʻrniga test topshirish boʻyicha koʻrsatma berilgan degan edi. Ammo hamon BMI soʻralmoqda. Qizigʻi esa oldin " BMI yozmaysizlar deyishagndi endi esa koʻpgina OTMlarda qisqavaqt muddat berilib ishlaringizlarni MOODLE ga joylang deb topshiriq berildi. Karantindan Oldingi eski roʻyhat boʻyicha yozadiganlardan soʻrashmoqda ammo u vaqtda sharoit boshqa edi hozir koʻpchilikda imkon yoʻq. Iltimos shu masalaga ham eʼtiboringizni qarating.
Отангизга рахмат Хушнудбек, мени ичимдаги ярани тирнадингиз. Давлат кабул комиссиясига бефаросатлар жойлашиб колганлиги учун бу йилги ТЕСТ жараёнлари ва институтга кабул килиш кечикиб кетмокда ёки яна соддарок этганда абитуриентлар ота-онасидан кандай килиб сокка ундириш йулларини уйлашмокда шекилли. нега мажлислари оммага ошкор этилмойди, демак бу ерда коррупция бор деган фикрга келасан киши...
Keyingi payitda bizda talimda faqat ura ura unaqa qilamiz bunaqa qilamiz. Xechkim qachon qilamiz demiydi. Bizni yurtga xushnud akalar deputat rasul akalardan hech bo‘lmaganda 100 ta kerak. Balkim menham sizham bo‘larsiz lekin bizga aynan shu ikkala akani ko‘maklari maslaxatlari kerak
Bechora o'quvchilar ham hayajonda, ham havotirda kutayotgan bir paytda bunday komissiyaning o'z ishiga sust qarashi vijdonsizlikdir. Undan ko'ra bu tashkilotni tarqatib yuborish kerak,o'rniga birorta jonkuyar insonlardan yigib oshkora bir jamoa tuzishsa ommaviy axborot vositalari bilan hamkor bo'lishsa yaxshi bo'lardi. Chunki jurnalistlar yoki Xushnudbekka o'xshagan insonlar xalqni dilidagini aytmasa boshqalar uncha qiziqmaydi jar solib yurak yutib ayta olmaydi.
Shahnoza👑
Bu yil qabul jarayoni qachondan boshlanadi
Aдибахон
Saad
Ishlashni hohlashmasa qabul komissiya ishchilar tarkibini almashtirib yosh yangicha fikrlaydigan, ishchan kadrlarni qo'yish kerak
Гап комиссия ишчиларидамаску
Шу комиссия бошкарувида. Ишчилар бошликлари нима деса шуни килади
🕋🕊🖇
Alloh hohlasa rizqimizni qo'shgan bo'lsa albatta talaba bo'lamz xovotr omen 1ci ornda tayyorgarli zor qlw kere Bu mani fikrm
To'g'ri avvalo Olloh bersin
Lekin meni yaxshi tushinmadiz meni yónalishimga tayyorgarlikni zór qilish un qaysi fanladan tayyorlanishim kerakligi aniq kórsatilmagan 2ta bólgan taqdirdayam 5ta bólsa hma qay tartibda bólishi ma'lum emas
Sindrella*
𝑴𝒂𝒓𝒋𝒐𝒏𝒂 𝑻𝒐𝒉𝒊𝒓𝒐𝒗𝒂
Hattoki shu ham ma'lum emas
Essiz kutamiz iloji yó ekanda🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔
2 ta fandan boladimi bu yil
Axir shu abutrentlar yurtni kelajagiku. Davlat boshqaruvi medissina siyosat shularni qo‘lidaku nima uchun xuddi 1000 darajaliday qaralishi kerak bularni shunchalik mexnati o‘qishi.
Show next 100 comments