Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Bu yil ham siz yuqorida aytganingizdek oʻlda-joʻlda boʻlishi tayin.
Agarda Yana brifing otqazilishini istasangiz quyidagi fikrlarni qolashingizni sorab qolaman.
Mr_R👆👆👆👆👆⚖️⚔️
Ассалому алайкум хушнудбек ака мен Самарканд вилоятидан шахбозман сизга илтимосим бор еди сиз бн кандай боглансам булади уйлайманки этиборсиз колдирмайсиз 998939999986 кутаман ака
Azimova Gulnoza 2023
Tõğri 👍👍👍zõr bõlardi lekin
DTMGA ham boshqa vazirlliklarga ham farqi yo'q. Baribir topshirasanlar deydi. Sabab, juda oddiy. 1/10 qismi o'qishga kiradi. Qolganlari yana keyingi yilni kutadi. 5-8 - yilgacha hech oylanmaydi, qanday o'qishga talaba topsam bolar ekan deb. Eng yaxshi varaint til o'rganib chet elga o'qishga topshirish kerak. Turli xil dasturlar juda ko'p. Faqat albatta koronovirus tugagandan so'ng. Men vatanni sevaman degan vatanparvarlar cheteldan turib ham davlat rivojiga hissa qo'shsangiz bo'ladi. Buning barchasi masofadan turib amalga oshiriladi.
Suğdiyona
Shu paytgacha abituriyentlar va talabalar ustida tajriba quyonlari kabi tajribalarni ôzlari hohlagan paytda ôtkazib kelishdi. Oxir oqibat qiynalgan oddiy xalq bõladi. Bir birini rad etuvchi qonunlarni peshlab vaziyatni yumshatib qõyishadi xolos. Shu sababdan hozirgi qiyin vaziyatda soddalashtirish degan narsani ham qôldan ôtari qilib qôyishadi. Buni hamma bilib turibdi, ammo bezbetga gap ta'sir qilmaydi deb indashmayapti holos.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, tòģrisini aytish kerak aynan abiturientlarning ichidagi dardlarini olib chiqibsiz. Tòģrisi ham men shu paytgacha yàni 2 yillik abiturientlik davrimda biror marta tàlim sohasidagi ishlarni vaqtida amalga oshganini kòrmadim. Misol uchun 2018 yil oktyabr oyida cefr B1 olgandim. Uning natijalari salkam2 oyda èlon qilingan.Natijalar elon qilingan kunning ertasiga B1 sertifikatlar imtiyoz bermasligi haqidagi loyiha ishlab chiqilgan.Hali qaror tasdiqlanmagani sababli abiturientlar mart oyidagi B2 certifikati uchun imtihon topshirishdi.Hattoki òshanda ham imtihon sanalari èlon qilinishiga qaramasdan B1 yoki B2 imtiyozga ega bòlinishi tasdiqlanmagan edi.Imtihonga qabul jarayonida b1 yoki b2 qilib belgilagan edilar.Imtihon kuni abiturientlar qòliga imtihon varaqasini olibgina qaysi darajaga imtihon topshirishlarini bilishgan.Qaror ham òsha kuni imtihon boshlanishidan avval òqib eshittirilgan. Vaholanki kòplab abiturientlar B2 daraja uchun tayyor bòlishmagan.Bularning orasida kòplab xatoliklar ham bòlgan hattoki. U ham mayli,qabul kvotalari ham tasdiqlanishi kechiktirildi, testlarda shaffoflik bòladi deyilgandi, hattoki unda ham eplab shpargalka opkirganlar qòlga tushishdi (qolga tushmaganlari qancha ekan buni òzlari biladi) . Imtihon natijalari ham 15 avgustta èlon qilinishi kerak edi u ham muddatidan ancha keyin èlon qilingan.Bu yil esa yana huddi òtgan yilgidek bòlyapti. Lekin bu yil undan ham achinarliroq deyish mumkin chunki abiturientlar hali nechta fandan imtihon topshirishlarini bilishmaydi ham. Buni ham imtihon varaqasini qòlga olganimizdan keyin bilmasak deb qòrqamiz biz abiturientlar.
Nahotki davlat xizmatlarida ishlovchilar òz ishiga shunchalik mas'uliyatsiz bòlishsa. Bu bilan fuqarolarning ishonchini yòqotishyaptiku ahir. Kattalar yoshlarga òrnak bòlishi kerak emasmi aslida, nahotki mas'ul shaxslar biz yoshlarga shunday òrnak bòlishsa. Bunda ishlardan keyin qanday qilib yoshlarga mas'uliyatli bòlinglar, har ishni vaqtida bajaringlar,sizlar Vatanimiz kelajagisizlar deya olisharkin. Kamchiliklarni gapirsak,xatolarni qidirsak judayam kòp. Bizning maqsadimiz ularni qoralash emas balki ishlariga mas'uliyatli bòlishlarini sòrashdir. Ahir ularning qòllaridagi balki arzimas deb chetga otilayotgan tàlim tizimidagi òzgarishlarni yuz minglab abiturientlar kutib turganini sal xis qilishsa edi Ishlariga ozgina jiddiyroq qarasharmidi.
Абитуриентам одамми?
Шундай деб утиргандир бу масъуллар уйида мазза килиииииб.
Ноинсофлар тезро айтишса буларди кайси фандан тест булишини ёки саволлар китобчасини очиб тест бошланаётганда билишадими кайси фандан топширишини бечора абитуриентлар.
Kimga qande bilmadm.Lekin bir narsa aniq. bu yilda hamma aybni pandemiyaga tónkarib tawladik. Chunki bowqa iloj yoq Vazirlar mahkamasi ayblari fow bop qoladi. mana ótgan yili hec narsa havf yoq ediku (pamdemiya ham) asl yuzi ocilib qoldi vazrlar mahkamasini. Hec qaysi davlatta buncalik palapartiw iw kormadm imtixon payti . Imtixonlar doimgi hotirjamlikda chet elda otkaziladi. Bizda faqat oĝizda maqtaniw bop qoldi amalda yoq.
💞💕Будущая Студентка💕💞
Ielts imtixonlari nima boladi. Boladimi yoki yoq
Assalomu aleykum. Bu mavzu juda ham o'rinli. Chunki haqiqatdan ham biz abituriyentlar hech kimning esiga tushmayapmiz😒😒
Sizga katta rahmat.
Yana bir narsani iltimos qilmoqchi edim. Xabaringiz bor ona tili fanini o'qiydiganlar uchun 12 ta badiiy asardan savollar tushishi belgilangan, lekin nechta savol va qay darajada tushishi aytilmadi. Biz abituriyentlar ushbu asarlarni qaysi ma'lumotlarini yod olishni bilmayapmiz ham. Holbuki,tasdiqlangan bu kabi badiiy asarlarning ba'zilari nihoyatda katta va ma'lumotlari naqadar ko'p.
Dtm rahbarlaridan iltimos qilardim ushbu masalaga ham oydinlik kiritishsa.
Azimova Gulnoza 2023
Lekin hammaga ham chiqishga ruxsat berishaverishmaydi ayniqsa qizlarga 😔ming afsus bõlmasam mangayam shu eng yaxshi yõl edi
Men mingdan bir usulini taklif qildim xolos do'stim. Agar siz abiturient bolsangiz oqishga kirish ishtiyoqi juda katta bolsa kerak. Lekin o'qishga kirsangiz real hayotda qanday oqitishini korasiz. Qaysi sohaga qiziqishingiz yuqori ekanligini aniqlab oling. Agar IT ya'ni axborot texnologiyalari bolsa sizning omadingiz kelgan boladi. Sababi, univerda oqimasdan chetga chiqmasdan kurslarda ham bir yilda organib o'zimizda kamida 300 dollarda oylik ola olasi. Bu boshlanishi daromadi ota yuqori. Ishonmasangiz internetdan oylik maoshlarini korib chiqing.
Nodir
Hozirgi paytda 3ta yoki 6ta OTM ga hujjat topshirilishi xam aniq emas.Imtixonlar 2ta mutahasislik fanlaridan bulishi mumkin dedi bazi abituriyentlar xursand bulishdi bazilari esa hafa xam bulishdi.Bu eng muhimi emas 10kunda aniq qaror qabul qilinib ommaga malum qilamiz dedi 10kundan keyin yana eski toz eski hammomlihicha qoldi shunchalik muammoli narsa emas ku.Abituriyentlarimiz hozirgi paytda 2ta fandan imtixon buladi deb qolgan yordamchi fanlardan tayorlanishni tuxtatishdi ammo unaqa bulmasachi degan fikr ham yuq emas
Stafkalar belgilanyapti shekilli qayerga qancha olamiz kim diller ishonchlimi gap soʻz chiqmedimi
Oxirga kelib 5 ta fandan imtihon bo'ladi deb qolmasin bularga iwonch yo'q
Show next 100 comments