Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Tezroq qabuli boshlash kerak bòlmasa xamma shoshib adashib boshqa yònalishlarga topshirib qòyadi
Sadoqat Karimovna
Assalomu alaykum Xushnudbek aka Bizni ichimizdegilani yozayotganiz uchun Tashakkur
Tog'ri tayyorlanayveraylikchi nmadr bop qolar deb odam charchadi
Bu yil davlatga pul tôlame òqishga topshiraylik shuni xam yòlga qòyilar shu yil istisno tariqasida mumkin bòlsin tekin óqishga topshirish
𝓜𝓸𝓷𝓲𝓬𝓪❀
Da ladno kvota bomasayam hatyabi newta fandan oqw kereligi tasdiqlansn tezro
Òsha 2ta blokdan berilib tayyorlana verish kerak baribir kop ballni shu fanlarimiz beradi
Xushnud aka rahmat yaxwi mavzu kòtarilgan aka shu Mutasaddilar kòrarda eshitarda sizni bizni nasib qilsa birdan òchirib tashlamasda
Bu DTM da ishlaydiganlarning o'g'limi jiyanimi abituriyent emasmikin a ?? Bular nega bunaqa qiladi a. 10 kunda e'lon qilamiz degan odam 1 oydan beri yo'q. Yoki kosmosga uchib kettimikan a
𝓜𝓸𝓷𝓲𝓬𝓪❀
Raimov A
Òsha 2ta blokdan berilib tayyorlana verish kerak baribir kop ballni shu fanlarimiz beradi
Unaqamasde majburiydegi 3ta fan 2.1 baldan berilad dyilgan uyam kotta balde
Imtihon nechta fandan bo'lishi hali aniq bo'lmabdi. Biroq, barcha abituriyentlar majburiy blok fanlariga tayyorgarlikni yig'ishtirib qo'yishdi. Men ham yurtboshimiz test sinovlari soddaroq o'tishi haqida buyruq berganidan so'ng 2 fandan bo'larkan degan yangiliklar jarangladi. Bu xabarni eshitib shu kunidayoq majburiy blok fanlariga tayyorgarlikni to'xtatdim. Bu yili ham kechikib 5 ta fandan bo'ladigan bo'lsa asabdan charchab yurgan abituriyentlar tamom bo'lishadi
Husanboy Abdujabborov
Мавзуга алоқаси бўлмаса ҳам.)
Husanboy Abdujabborov
Орган ҳодимлари учун ибратли ҳолат.Ўртоқ Ҳодимлар ва Ходимлар ҳалқ ролик орқали қилмаган айби учун кечирим сўраши керак эмас.Аксинча.Мана нима учун АҚШ орзулар мамлакати ҳисобланади.
Sulaymonova Nafisa
Men Xushnudbek kanalining doimiy kuzatuvchisiman.
Aslida xatolar bizga to'g'ri dars beradi. Faqat buni vaqtida anglay olish aql egalariga xos. Keling bir yaqin 2 yilga nigohimizni qarataylik.
2018- yilda Diplomatiya va iqtisodiyot unversitetiga hamma qatori bir xil test sinovi (1-15- august kunlari bo'lgan )bo'lishi aytilgandi. Lekin hujjat topshirilgandan keyin 1 hafta o'tib alohida yozma imtihon bo'lishi ( ona tili insho; ingliz till insho; matematika yozma ish ) ma'lum qilingan edi. ( juda hayratlanarli ) Bu imtihondan o'tgan o'quvchininggina hujjati qabul qilindi. (Bu ham avvaldan aytilmagan edi. Xo'p, mayli, elga kelgan to'y-da , hamma biz qatori bilyapti - ku ,dedik )
DTM tomtomonidan ingliz tilidan berilgan milliy CFER B1 ham o'tmasligi, aksincha, B2 daraja o'tishi ham hujjatlarni qabul qilgach e'lon qilingandi. (Yana bir hayratlanarli ish ) Bu o'rtada, ya'ni 2018- yilda, Diplomatiya va iqtisodiyot unversitetida o'qish butun umri (18-20 yillik ) davomidagi orzusi bo'lgan o'quvchi B1 sertefikati borligi , lekin B2 sertefikati yo'qligi uchun topshirgan hujjatlarni qayta olib boshqa oliygohga ham topshirgandi. Ma'lumot o'rnida yana bir narsani aytib o'tish kerakki, shu yili 2 ta grantdan 1tasi bo'lgan Kubayev Javlonjonning omadi chopdi. U har qanday kech chiqqan qonun qarorlarga ko'ksini tutib bera oldi , sabr va bardosh bilan , maqsadidan adashmay, hattoki , harbiy imtiyozlilarni ham ortda qoldirib grantga kirdi. (Xudoga behisob shukurki ,shunaqa farzandlarimiz ham bor. Bundan -da murakkabiga ham bolalarimiz tayyor ekan-a)

Endi 2019-o'quv yilida DTM ning direktori M.M. Karimov bilan bo'lgan sayyor uchrashuvda qatnashib 60 ta savol va takliflarimni yozma hamda og'zaki berib bildimki, DTM qaror chiqaruvchi emas, aksincha, VM huzuridagi ijro organi ekan. Endi 2019 -yildagi aniq fanlarga tayyorlanib yurgan o'quvchilarga ham oson bo'lmadi. Iqtisodiyot yo'nalishiga topshiradiganlar 4 ta fan(ona tili, ingliz tili, matematika, informatika)ga tayyorlanib yurib hujjat topshirib bo'lganlaridan keyin matematika blokidan informatikaning chiqarilganligi haqidagi qaror chiqqan edi.

Endi 2020 - yil. 5 ta blok bo'ladi deb Krilov masalidek 1 aravani 5 tomonga tortib birortasini ham o'qib ulgurmagan vaqtda 2 ta asosiy fan bo'lishi haqidagi loyiha e'lon qilinib qoldi.
Loyiha. Loyiha. Loyiha. Bu xuddi arosatdek gap. Na tasdiqlanadi, na inkor qilinadi.
Bizning bolalarimiz hamma narsaga tayyor, biz hammasini birdek qabul qila olamiz. Yana o'sha gap elga kelgan to'y-da .
TAKLIFIM:
Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish uchun ta'limga old qonun qarorlar kamida 6 oy yoki bir yiI avval e'lon qilinsa, agar 1 oy avval chiqadigan qaror bo'lsa uning ijrosi uchun bir yil keyingi muddat mo'ljallansa. Oddiygina qilib tushuntirishga harakat qilaman . Kichik oilamizda ham rejalarni bir yil avvaldan qilib qo'yamiz- ku. Masalan: To'y qilish, hovli qurish, mashina sotib olish. Boshqa shaharga ko'chish. ..
Shu o'rnida Qodiriyning "Mochalov" hajvyasi yodimga tushadi. Shunchalar dovuraklik bilan Toshkent shahrining poleytmesterini tanqid qila olgni juda ibratli-da.
Shunday dolzarb mavzuni olib chiqib savobga qolibsiz.
Endi nima bo'lsa-da , tezroq hamma uchun foydali qaror chiqsin. Shundan umidvormiz.
Shoshib nima qilamiz, hali 2 oy borku imtihonga, 15 ,20 kun qolganda chiqsayam bo'ladi, (yuqoridagilar shunchaki mening fikrim)
DTM juda ''muhim vazifani hali ham rejalashtirmoqda'' lekin abuturentlar o'sha muhim rejalashtirilayotgan hali amalga tadbiq etilish nomalum bo'lgan rejalarga tayorlanmoqda.Buni utopiya ga qiyoslab mavjud bo'lmagan rejaga abuturentlar tayyorlanmoqda deb aytsa bo'ladi.DTM nomini ham Utopiya deb atash kerak bo'ldi bu ketishda.Chunki bu ketishda abuturentlar ham mavjud bo'lmagan rejalarga ishonishiga to'g"ri keladi.
Zarina Ismailova
oldindan chiqsa yaxshi bolardii kvotalar qabul jarayonlari online bosa qiyin emas lekin imtixon nima noladi wunisi katta muammo
Menda Xushnud akani yo‘llari juda ham maqul deb bilaman, bazida u kishi vatanimiz demokratyasi uchun yagona kurashuvchisi deb bilaman, ammo faqat Xushnud aka emas boshqa bloggerlar ham aynan shu masalaga e’tibor qaratishlari lozim, chunki bu masala ortida mamlakat kelajagi va taqdiri yotadi. Abduraximov Rustam
Har yili kirish imtihonlari un uzgartirish kiritgandan kura bitta sistema tanlab olinib etiborni faqat talabalar uqish saviyasini kutarish kerak manimcha
Абитуриент хам одамми?
Шундай деб масъуллар мазза килиб уйда ётишибди. Уларга нима.
Кайси фандан тест топшириши хали маълум бумаса. Ёки тестга кириб саволлар китобчасини очгандан кейин тест топшириладиган фанларни билишадими абитуриентлар.
Show next 100 comments