Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
DTM juda ''muhim vazifani hali ham rejalashtirmoqda'' lekin abuturentlar o'sha muhim rejalashtirilayotgan hali amalga tadbiq etilish nomalum bo'lgan rejalarga tayorlanmoqda.Buni utopiya ga qiyoslab mavjud bo'lmagan rejaga abuturentlar tayyorlanmoqda deb aytsa bo'ladi.DTM nomini ham Utopiya deb atash kerak bo'ldi bu ketishda.Chunki bu ketishda abuturentlar ham mavjud bo'lmagan rejalarga ishonishiga to'g"ri keladi.
Zarina Ismailova
oldindan chiqsa yaxshi bolardii kvotalar qabul jarayonlari online bosa qiyin emas lekin imtixon nima noladi wunisi katta muammo
Menda Xushnud akani yo‘llari juda ham maqul deb bilaman, bazida u kishi vatanimiz demokratyasi uchun yagona kurashuvchisi deb bilaman, ammo faqat Xushnud aka emas boshqa bloggerlar ham aynan shu masalaga e’tibor qaratishlari lozim, chunki bu masala ortida mamlakat kelajagi va taqdiri yotadi. Abduraximov Rustam
Har yili kirish imtihonlari un uzgartirish kiritgandan kura bitta sistema tanlab olinib etiborni faqat talabalar uqish saviyasini kutarish kerak manimcha
Абитуриент хам одамми?
Шундай деб масъуллар мазза килиб уйда ётишибди. Уларга нима.
Кайси фандан тест топшириши хали маълум бумаса. Ёки тестга кириб саволлар китобчасини очгандан кейин тест топшириладиган фанларни билишадими абитуриентлар.
Assalomu alekum xammaga xa bu yil xam albatta katta òyin bòladi xoynaxoy òzim abiturientman òtgan yili medga topshirgandim yiqildim bu yil nima bolar ekin deb yurak hovuchlab tayyorlanayapman ammo 2 ta fan tasdiqlandi deb òylagandim bu gaplarizga qaraganda unday emas shekilli . Nima bòlsaxam olloxni òzi insof bersin ularga .
Xushnudbek aka zo'r mavzuni ko'tardiz. Biz abituriyentlar shu masalalar tezroq hal bo'lishini kutmoqdamiz. 👍👍👍👍👍👍
Nima uchun yangiliklarni aniq e'lon qilishmaydi? Abuturiyentlarga juda qiyin bolyapti bu yil. Chunki na imtihon bloklari aniq va na kvotalar aniq faqat mish-mish gaplar. Biz hozir faqatgna asosiy bloklarga tayyorlanayapmiz , majburiy fanlarni tawlab qoydik wu gaplarni deb. Nechta fandan imtihon bolishini imtihon kuni blamizmi bu ketiwda. Iltimos shu ishga aloqador shaxslar bizga hamma muammolarimizni yechib beringlar.
Xa nimasini aytasiz shu gapizga qòshilaman
Abituriyentlar Oliy o'quv yurtiga kirishni oliy maqsad qilib oladi. Qaysi yo'nalish bo'lmasin, (oliy) maqsad - Talaba bo'lish. Oson, erishiladigan narsani Oliy maqsad qilmaslik kerak. Balki, osonmasdir. Bizni tizim talaba bo'lshni qiynlashtirib yuborgan. Aslida, abituriyent o'zi istagan yo'nalishiga oson kira olishi kerak. Shunda yoshlikdan oliy maqsadi talaba bo'lish emas, o'z sohasining yetuk mutaxasisi yoki aynan o'z sohasini chuqurroq o'rganish bo'ladi. Oliy maqsadi o'qishga kirish bo'lsa, talaba bo'lgandan keyin nima qilishni bilmay qolishadi. Yana Oliy maqsad o'ylab topish kerak. Lekin ikkilanish bo'ladi. Natijada, nimadirga erishish qiyin bo'lib qoladi.
Qaniydi bizni ta'lim sohasidagi savollarimizga javob beradigan qandaydr markaz bolsa telefon orqali biz barcha savollarimizga javob bersa. Bu biz va bizga o'xshagan abuturiyentlar uchun qulay bolardi.ammo buning uchun DTM hodimlari bir qarorga kelishsa yaxwi bolardi tezroq!!!
Test nechta fandan bo'lishini test topshiradigan kuni test kitobchasini ochganda bilsa kerak abituriyentlar. Hech bolmasa bu yilgi maktab bitiruvchilariga abituriyentlarga qiyin boldi repetitorlarga ham borolmadi hech bolmaganda nechta fandan bo'lishini aytganda bolardi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizdan bir narsa iltimos qilmoqchi edim. DTM dan minglab abiturientlar (IELTS chilar) nomidan hujjat topshirish muddatini uzaytirishni so‘rab murojaat qila olasizmi❓❗️❗️❗️ Chunki biz o‘qish kirishda imtiyoz beriladigan Ielts sertifikati olish ucun topshirmoqchi edik. Karantin tufayli hamma imtihon kunlari qoldirildi, jumladan 6, 13 va 18 iyunda topshiradigan men va menga o‘xshagan abiturientlarning imtihoni ham, va natijada iyun oyida yagona topshirsa boladigan 20 iyun (uni ham hali bolishi aniqmas va afsuski u ham topib bolga 😔😢) sanasi qolgan. Yana bir yomon tarafi bu "IELTS" imtihonining javobi 14 kundan so‘ng chiqadi. Agarda hujjat topshirish muddati o‘tgan yilgidek saqlanib qoladigan bo‘lsa va biz iyul oyida ieltsdan imtihon topshiradigan bo‘lsak (boshqa ilojimiz ham yo‘q) sertifikat olishga ulgurmay qolamiz.
Biz nima qilishimiz kerak nimani o'qishimiz kerak uzi masalan man 2 yildan beri IELTS ga tayyorgarlik kuraman umid qilgandim topshirsam katta ball olaman o'qishimga + buladi deb lekin bilmadim bu yil nima qilaman hech kim annig'ini aytmaydi ha ertaga aytamiz bugun aytamiz deb axmoq qilmasligi kerakda bizni gapirsa gap ko'p
🎀🎀🎀
Davlatimiz prizizenti Shavkat Mirziyoyev ozlari barcha yoshlarni ta'limga qiziqtirish masalasi boyicha ishlar olib borgan edilar ammo bu yilgi oliy ta'lim muassasalariga kirish togrisidagi muammolar juda kopayib ketmoqda karantin xisobiga imtixonlar onsonlawtiriw orniga yana nima sababdan orgartirishlar bilan abuturiyentlarni chalgitishmoqda tezroq bir qaror tasdiqlashlarini sorayman xamma Talaba bolishni xoxlaydi biroq xar xil orgartirishlar yoshlarni yonalish boyicha chalgitishmoqda
Flowernoza
Toʻgʻri biz masʼul shaxslardan iltimos qilamiz ularga berilgan ishga masʼuliyat bn yonfashishdin.Haqiqatdan imtihon varogʻida bilmasligimiz kerak nima fan nechta fan ekanligini
Har doimgidek 10 kun yoki 1 hafta qolgandanda aniq buladi hafsalamizni pir qilishmoqda
Odam emas bular
Королева
Бизда Укишга кириш жараёнлари шунчалик тартибсиз чалкашки абитуриентларни кийнашдан бошка нарса кузда тутилмаган
Hech narsani tushunmay garanga o'xshab borib o'tiramiz keyin bilmadim
Show next 100 comments