Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Test nechta fandan bo'lishini test topshiradigan kuni test kitobchasini ochganda bilsa kerak abituriyentlar. Hech bolmasa bu yilgi maktab bitiruvchilariga abituriyentlarga qiyin boldi repetitorlarga ham borolmadi hech bolmaganda nechta fandan bo'lishini aytganda bolardi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Sizdan bir narsa iltimos qilmoqchi edim. DTM dan minglab abiturientlar (IELTS chilar) nomidan hujjat topshirish muddatini uzaytirishni so‘rab murojaat qila olasizmi❓❗️❗️❗️ Chunki biz o‘qish kirishda imtiyoz beriladigan Ielts sertifikati olish ucun topshirmoqchi edik. Karantin tufayli hamma imtihon kunlari qoldirildi, jumladan 6, 13 va 18 iyunda topshiradigan men va menga o‘xshagan abiturientlarning imtihoni ham, va natijada iyun oyida yagona topshirsa boladigan 20 iyun (uni ham hali bolishi aniqmas va afsuski u ham topib bolga 😔😢) sanasi qolgan. Yana bir yomon tarafi bu "IELTS" imtihonining javobi 14 kundan so‘ng chiqadi. Agarda hujjat topshirish muddati o‘tgan yilgidek saqlanib qoladigan bo‘lsa va biz iyul oyida ieltsdan imtihon topshiradigan bo‘lsak (boshqa ilojimiz ham yo‘q) sertifikat olishga ulgurmay qolamiz.
Biz nima qilishimiz kerak nimani o'qishimiz kerak uzi masalan man 2 yildan beri IELTS ga tayyorgarlik kuraman umid qilgandim topshirsam katta ball olaman o'qishimga + buladi deb lekin bilmadim bu yil nima qilaman hech kim annig'ini aytmaydi ha ertaga aytamiz bugun aytamiz deb axmoq qilmasligi kerakda bizni gapirsa gap ko'p
🎀🎀🎀
Davlatimiz prizizenti Shavkat Mirziyoyev ozlari barcha yoshlarni ta'limga qiziqtirish masalasi boyicha ishlar olib borgan edilar ammo bu yilgi oliy ta'lim muassasalariga kirish togrisidagi muammolar juda kopayib ketmoqda karantin xisobiga imtixonlar onsonlawtiriw orniga yana nima sababdan orgartirishlar bilan abuturiyentlarni chalgitishmoqda tezroq bir qaror tasdiqlashlarini sorayman xamma Talaba bolishni xoxlaydi biroq xar xil orgartirishlar yoshlarni yonalish boyicha chalgitishmoqda
Flowernoza
Toʻgʻri biz masʼul shaxslardan iltimos qilamiz ularga berilgan ishga masʼuliyat bn yonfashishdin.Haqiqatdan imtihon varogʻida bilmasligimiz kerak nima fan nechta fan ekanligini
Har doimgidek 10 kun yoki 1 hafta qolgandanda aniq buladi hafsalamizni pir qilishmoqda
Odam emas bular
Королева
Бизда Укишга кириш жараёнлари шунчалик тартибсиз чалкашки абитуриентларни кийнашдан бошка нарса кузда тутилмаган
Hech narsani tushunmay garanga o'xshab borib o'tiramiz keyin bilmadim
DTM ni ham Qabul komissiyani ham yoqib yuborish kerak!!!
Чет елда ундай чет елда бундай дейдида лекин уша чет елдаги тартиб йук
Хатто нечта фандан болишиниям аник айтишмади имтихон куни саволлар китобини очганиида 5та фандан босаям хайрон комасдим 10 хил гапиради
Элмуродова Нилуфар
Abituriyent ham odamku....
Assalomu alaykum barchaga!!!
Abiturientlarga unaqa imkoniyat berdik bunaqa imkoniyat berdik deyishadi aslida esa bu imkoniyatlari sariq chaqaga ham arzimaydi bu noinsoflarni deb o‘zbekistonga talim saviyasi tushub ketmayabdimi azizlar bir qarasang 5ta blok deyishadi bir qarasang 2 ta blok yana bir qarasang bloklar almashinib ketadi abituriyentlar nima dtm ga xalq talim vazirligiga tajribadagi quyonmi hohlagan ishini qilishlariga hamma o‘qishga kirishni hoxlashadi odiy oilalar farzandlarim oliy malumotli bo‘lsin deb bor ishlab topgan sarmoyalarini o‘qitish uchun sarf qilishadi 1 oyda to‘rt yuzming so‘m daromad qilmaydigan oilalar bor o‘shalar lekin farzandlarini o‘qitish uchun topgan pullarini sarflashadi xalq talim vazirligiga buni nima qiziqtiradi xalq talim vazirligiga qancha odam ko‘p o‘qishdan yiqilsa shuncha yaxshi bunaqa o‘zgarishlardan kegin bunaqa dtm sukut saqlashdan kegin abituriyentlarga o‘qishga ishtiyoq qoladimi albatda qolmaydi natijada galla savodsizlarni o‘z oldiga to‘plab oladi buni kimga keragi bor bunaqa turushda qachon o‘zbekistonimiz rivojlanadi
DTM va Xalq ta'lim vazirligi qachongacha abituriyentlarni qo‘laringda qo‘g‘irchoq qilasilar...
Xushnudbek aka sizga rahmat manashunaqa yoshlarni kelajagini o‘ylab jon kuydirayotganingiz uchun sizdaka insonlarni boriga shukur...
DTM va XALQ TA'LIMI VAZIRLIGIGA sizdaka insonlarni qo‘yish kerak aslida yoshlarga e'tibor qaratadigan jon kuydiradigan mard jasur insonlarni qo‘yish kerak...
DTM va Oliy ta'limda nohatki bitta ham masulyatli odam topilmasa. Afsus
Shuxrat
DTM va Oliy ta'limda nohatki bitta ham masulyatli odam topilmasa. Afsus
Dtm va Oliy ta'limda masuliyat so‘zi begona ular faqat yib yotishni bilishadi
“Qarorlarni tezroq ishlab chiqing” degan qaror kerak bularga
Davlatning kichgina xatolari to'g'irlanmasa davlat orqaga qarab yuriydi.
To‘g‘risi bizga qog‘ozbozlikni keragi yo‘q ko‘p ishlarga taklif kiritilyabdi lekin qog‘ozda qolib ketyabdi. O‘zbekistonda TA‘LIM sohasini ozroq emas butunlay almashtirish kerak. Shundagina kelajakka ishonch uyg‘onadi. E‘tibor berib qarasak yurtimizda juda qobiliyatli aqlli yoshlar ko‘p LEKIN hech qaysisi O‘zbekiston OTM larida o‘qishni niyat qilmaydi hammasi CHET el universitetlariga ketadi va o‘sha yerda qoladi. BUNAQA DAVOM ETAVERSA O‘ZBEKISTON QACHON "BUYUK KELAJAK" KA ERISHADI !!!
Shahnozaxon
Qachon e'lon qilasizlar axir. Abiturent ham odamku . Bu yil kòpchilik yaxshi tayyorgarlik qilolmadi. Har yili bizga osonlik qilamiz deb aldaysizlar
Show next 100 comments