Қабул жараёнларига оз қолди. Яна эски хатони такрорлаймизми?

15 кундан кейин бутун республика бўйлаб ОТМларга қабул жараёнлари бошланиши керак.

Аммо шундай бўлса-да, жорий йилдаги қабул жараёнлари бўйича деярли ҳеч нарса аниқ эмас. На қабул квоталари тасдиқланди, на имтиҳон тартиблари маълум бўлди. Ҳаттоки энг элементар нарса - нечта фандан тест бўлиши ҳам аниқ эмас.

Менинг хавотирим, жорий йилда ҳам худди ўтган йилгидек барчаси кечикиб, шошилинчда, ўлда-жўлда бўладигандек.

Хабарингиз бор, ўтган йили қабулга оид ҳужжатларнинг кечикиб тасдиқланиши бўйича ўзига хос салбий рекорд янгиланган эди. Шу даражада кечикканки, ҳатто қабул квоталарисиз қабулни тахминан бошлаб туришди, натижада бошида таваккал ҳужжат топшириб қўйганлар билан кўплаб муаммолар чиқди.

Наҳотки бу йил ҳам ўша ҳассамизни яна йўқотсак? Ўтган йилги хатолар дарс бўлмаганмиди?

Бу саволларимиз кўпроқ Вазирлар Маҳкамасига, янада аниқроғи Давлат қабул комиссиясига қаратилган. Фаолияти ўта сирли ва ёпиқ бўлган ушбу комиссия таълимда жуда кўп нарсани ортга тортиши билан машҳур. Кўпчилик аҳоли бундай комиссия борлигини билмайди ва одамлар таълимга оид баҳсли қарорларда асосан вазирликларни ёки ДТМни айблаб юришади.

Аслида эса бу комиссияга жуда катта ваколатлар берилган, шунга яраша очиқ ва шаффоф ишламайди ҳам. Комиссиянинг бирорта мажлисига журналистлар ва жамоатчилик вакиллари чақирилмайди. Барча қарорлар ёпиқ эшиклар ортида қабул қилинади. Қарорлари ҳеч қаерда расман эълон қилинмайди ва ҳ.к.

Мисол учун, 30 апрелда Президент Шавкат Мирзиёев карантин муносабати билан имтиҳонларни соддароқ шаклда ўтказиш бўйича топшириқ берган эди. Шундан кейин ДТМ директори тегишли таклифларни тайёрлаб, Давлат қабул комиссиясига юборганини маълум қилди. Аммо мана орадан 1 ой вақт ўтди, лекин ҳалигача тартиб тасдиқланмади.

Абитуриентлар Давлат қабул комиссияси қарорини яна қанча кутиши керак? Қачон бирор нарса аниқ бўлади? Нега яна тестга саноқли кунлар қолганда янгиликларни эълон қилиб, абитуриентлар ва уларнинг ота-оналарини шошириб қўймоқчимиз?

Сўзим сўнггида Ҳукуматда ижтимоий комплекс раҳбарлигига тайинланган янги Бош вазир ўринбосари Беҳзод Мусаевдан ушбу масалага жиддийроқ эътибор қаратиб, ўтган йиллардаги тарих такрорланишига йўл қўймаслигини илтимос қилиб қоламан.


👉 @xushnudbek 👈

618 comments

Show 100 more comments
Biz uzimiz tugri bulsak buldi deb taqdirimizga befarq bulishimiz menimcha mantiqa tugri kelmaydi
Nodirabegim Halimova
встреченные номера
Hatto ular davrida savollar oson boʻlishi bilan bir qatorda 12ta majburiy asar ham boʻlmagan. manqurt boʻlmang aksincha fikr yuritib oʻylab koʻring
Asar oqishni qiyin dep oylisizmi oldin badiiy kitob oqip yurgan odamga qiyinmas. Qayerdan bilasiz koziz bn kormaganszku ula qiynalmaganini ,balki tepadan qaror kutayotgandir .Bu borada ularni ham ayblap bolmaydi.
Barakolloh Xushnud aka juda togri maqullayman
Menimca barca abiturientlarni savollari"dardlari"ni yozgan xushnudga minnatdorcilik bildiraman ✊💪
Bunday dolzarb hal qilinishi shart boʻlgan masalalar juda ham koʻp. Ulardan biri shuki, oliy taʼlimdagi bilim! Hoʻp abituriyent ming ming qiynalib oʻqishga qabul qilindi ham deylik ammo oliy taʼlimning beradigan bilimi bunga arzirmikin?! Aksariyat oliygohlarni hisobga olmaganda oliygohlar umuman bilim bermaydi. Talaba oʻqishga qabul qilingandan soʻng faqat sessiya topshirish uchun qoʻliga kitob olsa kerak.
Oliy taʼlimning ballari osmon oʻzi beradigan bilim esa bir chaqaga qimmat! Tan olish kerak oliygohlarga faqat diplom olish uchun oʻqiymiz.
Men oliy taʼlimda oʻqishni hohlayman! Qachonki u menga yetarlicha bilim beraolasa va saviyamni oshishiga hizmat qilsa!
Bizga eng yaxshi kadrlar kerak deyishadi. Qachon oliygohlar kerakli bilimni talabaga bera olsa menimcha shunda jamiyatga arzirli kadrlar kelib chiqadi.
Qachonki ballari osmon oliygohlarni bilim berish saviyasi ham shunday boʻlsa!!
Shunaqa tanqidlar koʻpaysa ular ham masʼuliyat his qiladi chunki ular ham xalq uchun ishlaydi rahmat sizga Xushnud
GALACTIC.
Men kollejda uqiyman tugatishim kerak edi yaqinda nima buladi
Nurchehra Ortig'aliyeva
Albatta , har bir narsa iymonga bog'liq .Men shuni xohlardimki , jamiyatimizdagi har bir tashkilotga kattasidan kichigigacha iymonli insonlar rahbarlik qilishsa.Men ham qnday kasib egasi bo'lishimdan qati nazar xalollik va iymon bilan mehnat qilaman.
🕋Ya Sabran
??
Assalomu alaykum men hozirda abituriyentman Men o‘tgan yil Harbiy xizmatdan Harbiy qism qo‘mondonligidan o‘qishga kirishuchun tavsiyanoma olganman.O‘tgan yil 5% kvota ajratgan edi. Shu yil ko‘paytirish kere bu kvotalarni chunki vatan oldidagi burchimizni bajarib kelganmiz.Lekin bu imtiyozlar hammaga ham berilavermaydi. Kvotani oshirish maqsadga muvofiq bularmidi.Siz ham tog‘ri yozgansiz Xushnud aka fikrlarezga qo‘shilaman
Bu masalani ham tezroq kurib chiqishlari kerak? Kvotani oshirish kerak 5% kursatkich bu kam
Sevinch Hamidova
Качонгача барча ташкилотлар журналистлар ёки блогерлар танкид килса уз масулятларини хис килишади бундай огир вазиятда абитурентларга хам онсон емас рахмат айни абитурентларни дардини олиб чикканиз учун
Yaxshi qilibsiz Xushnudbek aka
Nega Doim DTM shundayaa

Ishqilib 2 ta blokli bo'lsin hozir hech kimni 5 taga fanga qatnashi iloji yuq uni ustiga hamma tashlab quygan
❤ КаралевА ❤
Bizda OTMga kirish qiyin u o'qish osson. Hozirgi yoshlarni hammasi diyolmimanu kopchiligi o'qishning mazmun mohiyatini unutgan. Kelajakga shunday qadam qoyamizmi. Biz yoshlarni ular qollab quvvatlash o'rniga o'ziga qoshib bizni ham orqaga tortmoqda. Qush uyasida korganini qiladi didi. Aslida davlatni manashunaqa mansabdor "MASULYATSIZ" lar orqaga tortadi.Inshallox ular ham oxiratini o'ylagan bo'lsa.
사르위너스
Assalomu aleykum rostan 15 kundan keyin qabul jarayonlari boshlanadimi?Namuncha bu yil erta boshlanadimi shunda 15-iyundan boshlanadimi?Juda ham oz muddat hali hech nima tasdiqlanmagan bu yil qanday bo'larkan?Tolov pulichi?Bizda rostan ham savollar ko'p.InshaAllah hammasi yaxshi bo'lsin va tez tasdiqlansin.Biz sizdan yaxshi yangiliklar kutib qolamiz...
사르위너스
Karantin ham uzoqqa cho'zildi IELTS topshirmoqchi edim, ular to'xtatilgan bu yil horijiy tillarga ball yana baland bo'ladimi?Yoki ozgina pasayadimi?Ossonlashtirilishini kutib qolardik...
Mengliyev Abdusamat
Shunday darajaga yetib kelishdiki endi tanqidu boshqa so'zlar ta'sir qilmay qoldi ofarin
Bzada OTMga kirw vawe qiyin wuncunam xamma diplom bosa boldi dp abituryentla bowqa davlatlaga ketp qovoti oqwga.xamma ozi xoxlagan sohasida oqiyolmayapti.
assalomu aleykum xushnud akajon tori mavzuni olib chiqibsz. biz abutrentlaga hozi juda qiyin nma qilishni biomiy qoldik. fanla uzgardi nma balola bòldi kvotalar ham aniq emas DtM doim.shunaqa qiladi
Show next 100 comments