17-Xalqaro o'smirlar tabiiy fanlar olimpiadasi (International Junior Science olympiad, #IJSO) o'tkazilmaydi

Bu haqda xalqaro olimpiada prezidenti P.K. Joshi o'z xatida ma'lum qildi. Joriy yilning 2-12-dekabr kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan olimpiada, COVID-19 koronavirus pandemiyasi sharoitida ishtirokchilar salomatligi va xavfsizligini to'liq kafolatlashning iloji bo'lmagani, shunigdek, 2021-yilga ko'chirish masalasida ham yechim topilmagani tufayli tashkiliy qo'mita qarori bilan o’tkazilmaydigan bo’ldi.

Ayni vatda, IJSO boshqaruv qo'mitasi 2021-yilning dekabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkazilishi rejalashtirilgan olimpiadaning normal o'tishi uchun sa'y-harakatini ayamasligini o’z xatida ta’kidlagan.

Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi ushbu xalqaro olimpiadada ilk marta 2019 yil dekabrida ishtirok etib, Prezident maktabi o'quvchisi M.Majidov bronza medalni qo'lga kiritgandi.

Telegram 👉 @bazarbaevs

4 comments

Nafisa
Kechagi kun testni javobi nega kelmadi
$$$$$$$$$
Necha yoshdan
Nosir Gofforov
аа1213