⚡️ Магистратура натижалари эълон қилинди

✅ Имтиҳонларда иштирок этган талабгорлар танлов натижаларини 4 хил усулда билишлари мумкин.

1️⃣ magistr.dtm.uz сайти орқали:

паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда.

2️⃣ https://mandat.dtm.uz/Magistr/Magistr сайти орқали:

талабгорнинг ID рақамини киритиш ёки тегишли ОТМ ва мутахассисликни танлаш орқали.

3️⃣ Давлат тест марказининг қуйидаги телеграм ботлари орқали (талабгорнинг ID рақамини юборган ҳолда):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Тест натижалари қайдномаси орқали:

қайдномалар олий таълим муассасаларига тақдим этилади.


👉 @xushnudbek 👈

575 comments

Show 100 more comments
Хожиакбар Бурхонов
Toshkent moliya instituti bunchalik darajada tubanlik, jirkanchlik, pastkashlik va nohaqlik botqog'iga korrupsiya botqog'iga botganini bilmagan ekanman. O'zim shu institutni bakalavrini shu yil imtiyozli diplom bilan bitirdim, bakalavrda bunaqa nohaqliklar kamaygandi oxirigi paytlar lekin magistratura esa... Mutaxassislik bo'yicha imtihonga chaqirishdi, qanday 1 kun oldin shunchaki telefon qilib "ertaga imtihon" deyihdi holos. Vaholanki boshqa oliygohlarning shu imtihon jarayoniga kamida 5 kun oldin qisqa raqamlardan sms kelgan, talabgorni oldinroq ogohlantirish maqsadida. Ana endi o'ylab ko'ring o'sha talabgorning 1 kun oldin nimadir bo'lib telfoni islamy qolsa nima bo'lardi. Shunaqa holatlarni ham kuzatdim va bu hali hammasi emas. Imtihonga bordim, hech qanaqa tashqi tomondan tekshiruvchi umuman yo'q. Yana bir qiziq holat shundaki javoblar bazasi ham institutni o'zida va hech qanday tekshiruvlarsiz. Kim kafolat beradiki ularni bu bazani o'zlari uchun sozlab (talabgor qancha urinmasa ham 55 ball chiqmaydigan qilib qo'yganiga) olmaganligiga. Bunga bitta isbot institutni 60-66 diplom balliga bitirgan talabalar o'sha imtihonda 80-86 ball olishdi. Bu bilan o'sha talabalarni yomonlamoqchi emasman va hech qanday adovatim ham yo'q ularga nisbatan. Undan keyin DTM ni imtihoniga chaqirishdi, unda ham tepadagi aytib o'tganlarimni isbotini ko'rdim. DTM (ingliz tili) imtihonidan 30 ta testdan 28 ta ishladim. Lekin na iloj mutaxassislikdan qilingan nohaqlik baribir oyog'imdan tortmasdan qolmadi. Qoyil moliya instituti qoyil o'sha jarayonda ishtirok etganlar.
Apelyatsiyaga bering
Tekshirtring
indamasligimiz uchun ula hohlaganini qilishadi
sizdek bilmiga ishonganla kupaysa ancha izga tushadi
Мохиба Хамидова
Грант учун берилган квоталар тулмаган булса куйиб кетадими энди?
Rano Artikova
Assalomu aleykum Xushnudbek. Mani ham murojaatim yuqoridagilar bilan bir xil. Mani singlim eng yuqori ball bilan 1chi o'rinda turibdi. (Narxozda) Lekin mutaxassislik fanidan 44 olgan. Shunday bo'lsada imtihonga chaqirilda hamma qatori. Man tushunmayotgan narsa nima uchun mutaxassislik fanidan past ball olganlarni keyingi imtihonga chaqirishdi, ularda yana umid uyg'otib, bekorga uzoq joylardan vaqt sarflab kelishdi. Bunisiku mayli... 2-3 kun imtihon bo'lgan bo'lsa, nechi mingta abiturentga bekorga qog'oz ketti, qancha nazoratchi o'qituvchilarga pul to'landi. Mana davlatni puli qayerga ketiyapti. Bekordan havoga sovurilyapti . Man bu tizimni umuman tushunmadim va juda ham xafa bo'ldim
Kontrakt to'laysiz lekin superkontrakt emas, magistraturada superkontrakt bo'lmaydi, oddiy hamma (kontraktga kirganlar) qatori kontrakt to'lab o'qiyverasiz
Charos Black eyes
Rano Artikova
Assalomu aleykum Xushnudbek. Mani ham murojaatim yuqoridagilar bilan bir xil. Mani singlim eng yuqori ball bilan 1chi o'rinda turibdi. (Narxozda) Lekin mutaxassislik fanidan 44 olgan. Shunday bo'lsada imtihonga chaqirilda hamma qatori. Man tushunmayotgan narsa nima uchun mutaxassislik fanidan past ball olganlarni keyingi imtihonga chaqirishdi, ularda yana umid uyg'otib, bekorga uzoq joylardan vaqt sarflab kelishdi. Bunisiku mayli... 2-3 kun imtihon bo'lgan bo'lsa, nechi mingta abiturentga bekorga qog'oz ketti, qancha nazoratchi o'qituvchilarga pul to'landi. Mana davlatni puli qayerga ketiyapti. Bekordan havoga sovurilyapti . Man bu tizimni umuman tushunmadim va juda ham xafa bo'ldim
Хаммада шу ахволми дейман дипломатияда хам шу 55 дан юкори олиш кераклиги сайтни хеч какрида ёзилмаган. Саволлар узи 80та деярли хеч ким кирмаган битта икки кишидан ташкари квоталар буш колган. Сабаби мутахассисликлан утолмаган хеч ким. Саволларникурсангиз буни укитувчини узи хам билмаслиги ёки эслаб кололмаслиги аник. Умумий балл буйича биринчи уринда турибман лекин кирмаганман😂
Mutaxasislik fanidan test institutda bogan apelyatsiyani dtm ga berish keremi yo institutga
Shahnoza
Assalomu aleykum Xushnudbek savolim shundan iboratki, tabiiy yunalishlar va informatika yunalishlariga Qizil diplomli talabalar kontrakt asosida o'qishi mumkin degan edi. Buni javobini bilish uchun nima qilishimiz zarur.
Ureeeeee! Birinchi örin grand (NavDPI. Kimyo)
Dilobar Hojiyeva
Grantga kira olmagandan kontraktga oqiyversa boladimi? Qachondan o'qisa bo'ladi? Yoki ungayam qabul.qilish qilmasligini kutish kerakmi
Charos Black eyes
Sohiba
yozmami? Kompyuterda buldimi savolla??
Йо компдамас. Универда тест булди
14. Магистратурага кириш синови умумий баллари қуйидагилардан ташкил топади:
магистратурага киришда танлаган мутахассислик бўйича билим даражасини белгиловчи махсус фанлардан синов ўтказилади (баҳолаш мезони 0 баллдан 100 баллгачани ташкил этади);
чет тили (хорижий филология, хорижий тил ва адабиёти таълим йўналишлари базасидаги мутахассисликлар учун иккинчи чет тили) фани бўйича синов ўтказилади (баҳолаш мезони 0 баллдан 50 баллгачани ташкил этади);
олий таълим муассасаси битирувчисининг умумий рейтинги ёки ўзлаштириш кўрсаткичи (ўзлаштириш тегишли равишда 55 баллдан 100 баллгача бўлган диапазонда юздан бир аниқликда, ўзлаштирган фанларининг ўртача бали орқали ифодаланади) аниқланади.
Халқаро тан олинган чет тилини билиш даражаси ҳақидаги сертификат (TOEFL бўйича камида 72 ёки IELTS бўйича камида 5,5 балл, TestDaF (TDN3), CEFR бўйича камида В2) ёки Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази томонидан бериладиган Чет тилини билиш даражаси ҳақидаги В2 ёки С1 даражасидаги сертификат тақдим этганларга чет тилидан 50 балл қўйилади ва улар чет тилидан кириш синовида иштирок этмайди.
қани қаерида ёзиб қўйибди танловда иштирок этмайди деб!!!!! товуқ миялар!!!
Assalom alekum iltimos savolimni etiborsiz qoldirmang men toshkent toqimachilik institutiga magistraturaga eng yuqori bal bilan budjetga kirdim lekin onlayn arizani hojeynim topshirudila ula maqsadli qabul haqida notori tushunib belgilavorgan ekanla man toshkenda yashiman termizda ishlomiman balim eng yuqori man maqsadli qabuldan voz kechsam boladimi voz kechgan taqdirimda budjetda oqiy olamanmi
ДТМ асос қилиб кўрсатган Кабминнинг 20.06.2017 йилдаги 393-сонли қарорида бу ҳақида умуман ёзилмаган. нима бу майнавозчилик тушунмадим!!!
Mutaxassislik bo‘yicha maxsus fandan kirish sinovi uchun belgilangan maksimal ballning 55 ball va undan kam ball to‘plaganlar tanlovda ishtirok etmaydi
Dilobar Hojiyeva
Grantga kira olmaganlar kontraktga oqiyversa boladimi? Qachondan o'qisa bo'ladi? Yoki ungayam qabul.qilish qilmasligini kutish kerakmi
Show next 66 comments