⚡️ Магистратура натижалари эълон қилинди

✅ Имтиҳонларда иштирок этган талабгорлар танлов натижаларини 4 хил усулда билишлари мумкин.

1️⃣ magistr.dtm.uz сайти орқали:

паспорт серияси ва рақами ҳамда шахсий идентификация рақамини киритган ҳолда.

2️⃣ https://mandat.dtm.uz/Magistr/Magistr сайти орқали:

талабгорнинг ID рақамини киритиш ёки тегишли ОТМ ва мутахассисликни танлаш орқали.

3️⃣ Давлат тест марказининг қуйидаги телеграм ботлари орқали (талабгорнинг ID рақамини юборган ҳолда):

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Тест натижалари қайдномаси орқали:

қайдномалар олий таълим муассасаларига тақдим этилади.


👉 @xushnudbek 👈

575 comments

Show 100 more comments
Mutahasislik fanidan bo'lgan imtixonga ham apelatsiya bergan edik ularni ham ko'rib chiqishmadi hech kim qachon bu noxaqliklar barham topadi
Javohir Norboyev
Xushnudbek aka agar o'qiyotgan bo'lsangiz bu narsalarga oydinlik kiritib bering iltimos 55 balldan past ball olib ham magistraturaga kirish uchun balli yitgan minglab talabalar sizni javobingizni ko'tayabdi
bu holat 70-80 foiz talaba bilan sodir bolgan shekilli. hammada shu gap. hech qanday asossiz tanlovda ishtirok etmaydi deyilyapti. korsatgan asoslarida bu haqida umuman gap yoq. u yerda diplom reytingi haqida gap ketgan. buni hamma korib bilib turibdi.
DTM qaror va buyruqlarni chiqarishda sal bosh qotiradimi yoki shunaqa buhuda qarorla chiqaraveradimi? MA'NOSIZ
@Xushnudbek aka bizda ham shu axvol mutaxassislikdan past ball lekin umumiy royxatda 3 urindaman! bitta savolim bor, dtm ko'rsatayotgan asos notog'riku, ular korsatayotgan asos diplomni umumiy bali tog'risidaku! Masalani kotarsez kopchilikka yordam bolardi!
rostanam mutaxasislikdan 55 va undan kam bal toplaganlarni nega chet tili imtihoniga qoyishganliklarini asoslab berishlari kerak, chunki bu ish bilan koplab talabgorlarda umid uygongandi
Lobar
super kontrakt narxlari qachon chiqadi bu yilgisi .
Yuridik universitetniki umuman elon qilingani yoʻq, dtm bazasida ham yuridik yoʻq
Nega shu haqida yozmaysiz xech, oxirgi paytlarda tanqid qilishiz juda susayib ketgan , uzr qattiq gapirgan boʻlsam, xuddi saralab saralab tanqit qilayotgandeksiz, ilgari boshqacha edi kim va qaysi tashkilot boʻlishidan qat iy nazar tanqid qilardiz
@Xushnudbek ikkinchi mutaxxasislik torisidayam malumotlar bersangz
Inomjon
14. Магистратурага кириш синови умумий баллари қуйидагилардан ташкил топади: магистратурага киришда танлаган мутахассислик бўйича билим даражасини белгиловчи махсус фанлардан синов ўтказилади (баҳолаш мезони 0 баллдан 100 баллгачани ташкил этади); чет тили (хорижий филология, хорижий тил ва адабиёти таълим йўналишлари базасидаги мутахассисликлар учун иккинчи чет тили) фани бўйича синов ўтказилади (баҳолаш мезони 0 баллдан 50 баллгачани ташкил этади); олий таълим муассасаси битирувчисининг умумий рейтинги ёки ўзлаштириш кўрсаткичи (ўзлаштириш тегишли равишда 55 баллдан 100 баллгача бўлган диапазонда юздан бир аниқликда, ўзлаштирган фанларининг ўртача бали орқали ифодаланади) аниқланади. Халқаро тан олинган чет тилини билиш даражаси ҳақидаги сертификат (TOEFL бўйича камида 72 ёки IELTS бўйича камида 5,5 балл, TestDaF (TDN3), CEFR бўйича камида В2) ёки Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази томонидан бериладиган Чет тилини билиш даражаси ҳақидаги В2 ёки С1 даражасидаги сертификат тақдим этганларга чет тилидан 50 балл қўйилади ва улар чет тилидан кириш синовида иштирок этмайди.
daa tori bunda mutaxasislik diyilmagan diplom bali nazarda tutilganku👍
Ogabek Огабек
Салом супер контракт тартиби чикдими
Ogabek Огабек
Хушнуд ака супер контракт хакида малумот беринг
Hamma birlashse yutib chiqse bo'ladi muttaxam DTMni. Hamma qo'lidan kegancha ariza berilu Prezident qabulxonasi, Senat, Vazirla Maxkamasi, Bosh prokuratura, Ombudsman kim qayaqa ariza berolsa berilu kuch birlida bunaqa nohaqliga chek qo'yish kere. Oliy ta'lim vazirli bilan DTM ikkalasini tili bir
Assalomu alaykum Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasini javoblari chiqmadiyuu
Qiziq ! Qancha vaqt, asab , pul (repititor) sarflab universitetga kiramiz, u yerda korrupsioner , poraxo'r, qarindosh urug',tanish bilish bo'lishini ham ko'rib jimmiz, arang diplomni olib ish qidiramiz va u yerda ham tanish bilish , pora bilan iahga kirilishini bilib oldik. Endi ishga kirolmagach balki magistrga o'qisam yaxshi ishga joylasholarman deb umid qilib topshirsagu unga ham imkoniyat yo'q. . Shu shu gap-oltinlarimiz g'oyibga yo'q bo'lyabdi, qarzlarimiz oshib ketyabdi baribir osmonimiz musaffo . Tamom.
Umidjon
Sirtqi talim haqida malumot bering Iltimos Xushnudbek aka.
Umidjon
Iltimos
Sarvinoz
Xushnudaka sizni oziz bn muloqot qilish uchun qanday topsa boladi
Show next 43 comments