❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 1 more comment
Assalomu Aleykum o'quv markazlar qachondan ochilishi mumkin
Yoki umuman ochilmaydimi
Xushnud aka, Biz abituriyentlar uchun, oʻquv markazni ochilishi juda muhim edi, oʻquv markazlarni qachondan faoliyat yuritishi haqida maʼlumot bera olasizmi?
Javob uchun oldindan rahmat!!
Universitetimizni judayam sog'indim...
O'quv markazlari ochilishi mumkinmi imtihongacha, hech bo'lmaganda oxirgi bir oy qolganda???
O'quv markaz sentyabrgacha ochilmasa kerak
AKBAR XALIMOV
Yaxwi buladi. Kutamiz yaxwi kunlar tez keliwini
Ochilmagani ma‘qul .Chunki odam ko‘p boradi va infeksiya yuqish havfi yuqori.
Qandaydir sanitariya talablarini qo'yib, o'quv markazlarini ochishga ruhsat berish kerak, bozorlardan havfsizroq ahir
Kamola Obidova
Xa iloxim shu balolar tezroq daf bulib tezroq iw va uqiwlarimizga qaytaylik
Assalomu alekum
Man bu fikirga qoshlaman ozm MTTda ish olib borganm uchun kelajeg avlodmizni sogligi birnchi ornda Xushnud aka Mtt srtqi oqish togrsda xam ma'lumotlar berin.
Oliy ta'lim bo'yicha maqola yozing batafsil iltimos. Yakuniy nazoratlar, kontrakt masalalari bo'yicha.
Ассалому алайкум тугри килишади мтт ларни очмай тозза верус йуколгунча очмаслик кк
virus to'liq chekinmaguncha ochmagan ma'qul.
Hozircha, infeksiya yuqtirish manbasi karantindagilar orasida bo'layotgani sababli, aholi orasida yo'qligi sababli, tezroq o'quv markazlariga ish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsat etilishini kutib qolamiz!
Assalomu alekum
Men bu fikirga qoshlaman ozm Mttda ish olib borganim uchun kelajak avlodning salomatligi birinchi ornda Xushnud aka Mtt srtqi oqsh togrsda xam ma'lumotlar berin.
Sinovli kunlar bitmoģiga oz qoldi.
Assalomu alaykum Xushnudbekaka agar shu smsni oqiyotgan bolsangiz javobini kanalingizda kutaman maktabda imtihonlar bolmaydi degan post qoydingiz kollej va litseylarda ham imtihonlar qoldiriladimi yoki qandaydir imtiyozlar boladimi
Xushnudbekaka aka szga juda muhim savolim bor sz bn qande boglansam boladi aka
4-kurs bitiruvchi kurslarga ôqishga va diplom himoyasini himoya qilishga imkon berish kk deb òylayman. Zero Òzbekistonda Internet tezligi achinarli ekanligini unutmasligimiz kerak
Show next 100 comments