❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 60 more comments
Endi sekin astalik bilan O'quv markazlar faoliyatiga uncha ko'p abituriyentni to'plamasdan ixcham guruhlar ko'rinishida ruxsat berish kerak deb o'ylayman. Chunki abituriyentlar o'qishga kirishlari va bilimlarini yanada yuksaltirishlari uchun bu juda ham kerakli. Onlayn darslarga esa bazi abituriyentlar keraksizdek qarashmoqda bu esa o'z-o'zidan bilim olishlariga jiddiy ta'sir o'tkazadi.
(Bu yuqorida bildirilmagan fikrlar deb o'ylayman. Va yuqorida asosli fikrlarga qo'shilaman)
Nima qilsak ham Baribir Bu Davlatni siyosati Hozircha Kutganimiz Yaxshi
Assalamu aleykum. O'quv markazlari faoliyatini tiklash kerak. Maximum 5 kishilik guruhlar tashkil qilib gigiеna talablariga mos ravishda o'tishini ta'minlagan holda. Juda ko'plab o'qituvchilar ishsiz qoldi. Jumladan erkak o'qituvchilar. Abituryentlar uchun ham to'laqonli o'quv tizimi kerak.
Абитуриентлар у холда нима килади. Ёки имтихонлар янада соддалаштирадими? Абитуриентлар узи бир неча йил ютказган болса.
Xushnud aka bitta iltimos Xalq ta'limi vazirining 2020-yil 20maydagi 130 -sonli qarorini dexqonchasiga tushuntiring.Buyruqqa umuman tushunmadim.
Qat'iy gigienaga amal qilgan holda O'quv markazlarini faoliyatiga ruhsat berish kerak!
Lekin ruxsat bersa yaxshi bolardi gigeniya qoidalariga qatiy amal qilgan holatda
Oʻquv markazlari faoliyatiga ruhsat bersa yaxshi boʻlardi
Укув марказларини билмадими Автомактабларга рухсат бериши керак
Укув марказлар гигиенага амал килган холда ва масофа сакланган холда уз фаолиТини бошласа яхши булар эди.
Gulxumor Xolmuradovna
Gigiyena qoidalariga rioya etgan holda o'quv markazlarini ochish kk. Xususiy bog'chalarda mayli aytsa ham tushunmaydigan bolalar. Abituriyentga esa aytishni hojati yo'q. Hozir ular uchun eng kerak oylar edi. O'quv kurslari ochilishi kerak.
Pulatova_M
Oquv markazlar hodimlarini oylik bilan ishlaydi davlat tashkilotlaridek emas ku togri birinchi orinda soglik kk ammo qolganlarni yashash tarziga juddayam katta ta'sir korsatayapti yillar davomida qilingan mehnat yeğgan oquvchilari oz ozidan kamayib ketishi sababli juddayam katta zararlanishga kirdi yana ochilmasdan qolaversa bolmaydi aytilgan standartlarga javob beradigan uskunalar bilan ochilishi kerak aytgancha honada maximum 5 kishidan tashkillangan dars jarayoni bilan ozi kamayib kamayib shunchadan qoldi
Qattiq gigiyena talablariga amal qilgan holda. Hech bulmaganda 5 kishilik guruh qilib, oraliq o'tirishini 3 metr qilish kerak. Ko'pchilik ishsiz qoldi. Abituriyentlar ham garang.
Abuturientlar uchun biron nima o'ylab topish kerak online darslar baribir ham o'quv markazlaridek bolmaydi bu yil soddalashtiriladi deyilgan lekin biz o'rganayotgan mavzugacha qilib berishmasa kerak testlarni,Xushnudbek aka uzingiz shu taklif bilan chiqsangiz iltimos.
Zebowkaaa ✿
Navoiy shahrida repitetorlik qiliwayapdi bazi domlolar. Mani domlom utmayapdi. Ertaga imtihonda man past ball olaman. Repitetor borganla budjet kiriwadi. Uyda barirbr uqituvchi tayorlagande bulmaskan. Ham kop joylarda net iwlamedi.
Karantin qoidalariga rioya qilgan holda o'quv markazlariga ruxsat berish kerak. Bu davlat abituryentlarni ham o'ylashi kerak !!!!
Juda to'g'ri qaror. Sog'lik 1-o'rinda bo'lsa yaxshi,manimcha. Testlar shunday ham qisqartirilmoqda.
Zebowkaaa ✿
Qonun hammaga bir buliwi kkda. Navoiy shahridagi bazi repitetorlik qilayotgan domlolarni javobgarlikka tortish kk. Qonun hammaga tengku
Show next 100 comments