❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 89 more comments
Sal kam 3oy paxta tergan paytlarimiz uqish tomonidan borib xech kim bilimsiz bulib qolmagan sung davom ettirib xam shunday ekan muhimi sogʻlik ekanin unutmang sog' bulsakgina xamasi kk buladi tushungan tushundi!
Латофат Фазлиддиновна
Ассаломуалайкум! Бу ердагиларининг ҳеч бирининг яқини ёки таниши коронавирусдан оғримаган шекилли ИЛОҲИМ оғримасин.Аммо шу ўқув марказнинг очилишини сўраётганлар қандай тайёрланамиз деяётганлар Репититор ҳам китобдагини ўргатади осмондан олмайдику. Сал китоб очиб ўқинглар. Ломоносов ҳаттоки мактабга бормаган!!!
Juda ko'pchilik o'qituvchilar ishsiz qoldi.
To'g'ri qaror bir tarafdan, chunki sog'lik baribir birinchi o'rinda.
bunday cheklovlarda abiturentlarimiz bilim darajasi susayib bormoqda albatta sogliq va karantin xafsizligi eng oliy orinda bozor va savdo markazlari ochilar ekan markazlar faoliyati yolga qoyishni oylab korish maqsadga muvofiq chunki barcha karantin qoidalari boyicha chora tadbirlar oquv kurslarida yaratilsa kerak
Латофат Фазлиддиновна
Мен ҳам ўқитувчи, ҳам репититорман аммо аввало соғ бўлсак керак бўлади бошқа ҳамма нарса
Zebowkaaa ✿
Man bilmemanda raqamlarini.
militsiyaning o'ziga ham aytsayiz, javobgarlikka tortadi. Chunki bu noqonuniy
Zebowkaaa ✿
M
militsiyaning o'ziga ham aytsayiz, javobgarlikka tortadi. Chunki bu noqonuniy
Hop. Rahmat sizga! 😊😊😉 ilohim bilimli abituriyentlagina talaba bulishsin 🤲🤲🤲
Abituriyentlar o'zi mustaqil tarzda kitob o'qib ham o'z darajasini saqlab qolsa bo'ladi, davlatimizga o'z ustida mustaqil ishlay oladigan kadrlar kerak. Hozir 3 oy kursga bormasa bilimi pasayib ketadigan bo'lsa bunday kadrni nima keragi bor? Yana bilmadim bu shunchaki o'zimni fikrim
Латофат Фазлиддиновна
Қадрли АБИТУРИЕНТЛАР қимматли вақтингизни интернетгасарфламай бир варақ бўлса ҳам китоб ўқисангиз ўқишга киришингизга шу фойдалироқ билсангиз!!!!!!
А_з_И_м_О_в_А
Assalomu Alaykum menimcha oquv markazlarini karantin qoidalariga rioya qilgan holda odamlar sonini cheklab ochishlarini so'rab qolardik chunki gumanitar fanlarni oqisa boladi lekin aniq fanlar hammaning boshini qotirgan. Birinchi yil topshirayotgan abituriyentlar uchun bu juda muhim vaqt ikki oy matematika ingliz tili ona tili kurslari ochilishi kerak chunki bu fanlarni oqituvchi yordamida mustahkam o'zlashtiriladi.
Amanboyev Axmadjon
Assalomu aleykum barchaga. Baribir ta'qiqlayapmizu lekin hamma o‘z bilganidan qolmayapdi. Oraliq masofa saqlansin deyabmizu foydasi yo‘q. Bozorlarda shuncha odam karantin qoidalarga rioya qilmaslikka yo‘l qo‘yib beryamizu o‘qishga kelganda ta'qiq. Menimcha yashil hududlarda o‘quv markazlariga ruxsat berib ko‘rish kerak sinov tariqasida. Keyin natijaga qarab sariq hududlarga ham.O‘quv markazlarida sanitar gigenik talablarga to‘laqonli ravishda amal qilinadi deb o‘ylayman. Sanitariya qoidalariga amal qilinyaptimi yo‘qmi uni ham tekshirish uchun mansabdor shaxslar bor. Ular ham endi ishlasinda shuncha vaqt qoģozda ish yuritdilar endi amalda qilsinlar
Assalomu alaykum Xushnudbek aka yaxshimisiz? Pandemiya tufayli kupgina sohalarda cheklov o'rnatilgandi mana karantin qoidalari asta sekinlik bilan yumshatib borilmoqda. Kupchilik orzu havas bilan to'y boshlab qo'ygan edi,kunlarigacha belgilangan edi. To'ylarga qachon ruxsat berilishini ham yoritib o'tsangiz.balkim odam soni kamroq qilib o'tkazish mumkindir!
Show next 100 comments