❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 100 more comments
Alimbayev Farhod
Yana bitta narsani xisobga olish kerak masalan men davlat ishida iahlamayman faqat o'quv markazida iahlardim karantin paytidan beri oilamga bir som pul xam kirmadi bu ketishda biz nima qilamiz oilamizni qanday boqamiz
Oliy òquv yurtlariga ham tezroq ruxsat berish kerak deb óylayman , gigiyena talablariga rioya qilgan xolda ! Tògri talabalar online darslar orqali qamrab olingan lekin , online darslarga ishtrok etaolmiyotgan talabalar ham bor , internet tezligi va shunga óxshash muommolar sabab ! Talaba sifatida shu fikrlarni bildirdim oliy óquv yurtlariga ham bosqichma bosqich ruxsat berilishi tarafdoriman, xósh qolgan talabalar qanday fikrda?
Karantinni yumshatavermasdan qattiqrow qilish kerak
Sababi kun sayin yuqtrganlar ko'payib ketyabdi
Batamom yo'qolguncha saqlanish kerak
Bog‘chalar ochilmasa bog‘cha yoshidagi farzandlari bor ayollar o‘z hisobidan ta‘til olib uyda o‘tirishadimi. Man qizim yaqinda 3ga to‘ladi va ishga chiqishim kerak. Bizani ishxonada uncha muncha xodimga o‘z xisobidan ta‘til berilmaydi, bog‘chalar ochilguniga qadar 3-4 oy o‘tadi. 3-4 oy qaysi bank xodimiga uyida o‘tirishiga ruhsat beradi. Eplasang ishla bo‘masam uyda o‘tir hamma sanga o‘xshagan xodim dib qiynavorishadi odammi
Hozzirgi pandimiya sabab barjamiz uyda qolganimiz yaxshi, masalan oqiv dargohlarga ruhsat berilsa hamma viloyatdan o'qiwga kelgan talabalar keladi bordiyu bittasida bolsa hammaga yuqdi degani, bog'cha va maktablardaxam shundek baribir ozgina sabr qilganimiz yaxshi...
Shu haqida qonun ishlab chiqarilvotimi dekretdan chiqadigan xodimlarga karantin tugaguncha o‘z hisobidan ta‘til berilishi
Òquv markazlariga menimcha ruhsat berilishi kerak ayniqsa til va aniq fanlarga qatnovchi abutiruriyentlar qiynalyapti
O'quv markazlarini barcha sanitar-gigiyena qoidalariga rioya qilgan xolda ularni ochilishiga ruxsat berilsa bo'lardi.
Iltimoos shu o'quv markazlarini ochishsin, biza abituryentla qiynalvommizaaaa
Gulnoza
Gigiyena qoidalariga amal qilib ruxsat berish kerak, oʻquvchilar uyda tayyorgarlik koʻrishi,birinchidan, qiyin ikkinchidan, faqat shu orqali daromad topadiganlar bor. Xususiy binoda ijarada turgan oʻquv markazlaridan ishlamasa ham, ijara talab qilishyapti. Va oʻquv markazlari qarzga kiryapti. Qaytib faqat orada qolib ketgan ijara pullari uchun ishlanadi.
22-maktab psixologi Shodiyeva Zebo
Tezroq ochilsin gigeniyaga rioya qilib ochsa bo'lardi bozorlar ham makrolar ham o'quv markazdagi o'quvchilardan ko'p bo'lsa ko'pdirki kam emas
Alimbayev Farhod
22-maktab psixologi Shodiyeva Zebo
Online dars bering man shunaqa qivoman
Onlayin beryabman lekin lekin samarasi kam daromad kam bolyabdi buni ustiga o'quvchilar bilan koproq shug'illanadigan vaqt keldida xozir
Teziroq o'quv markazlari ochilsa yahshi bo‘lar edi
To'g'ri o'quv markazlarga ruxsat berish kerak menimcha. Hech bo'lmaganda 10 ta kishilar qilib o'tish kerak faqat tillar bo'yicha
gigiyena qoidalariga amal qilishi amri mahol.Maktab, litsey, kollejlar ochilmay kurslar ochilsa, bema'nilik bo'lmaydimi? Kurslarga kamida 3soat dars o'tiladi va bitta xonaga KAMIDA 20ta o'quvchilar o'tiradi...
Латофат Фазлиддиновна
Гигиена қоидаларига амал қилиб очган тақдирда ҳам шу интернетда ўтириб олиб сиёсатни муҳокама қилаётганлар,шундан бошқасига ярамайди.Кўнглида бор одамлар ўқиб ўрганаяпти. Ҳаракат қилаяти
Show next 79 comments