❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 100 more comments
Gulnoza
Gigiyena qoidalariga amal qilib ruxsat berish kerak, oʻquvchilar uyda tayyorgarlik koʻrishi,birinchidan, qiyin ikkinchidan, faqat shu orqali daromad topadiganlar bor. Xususiy binoda ijarada turgan oʻquv markazlaridan ishlamasa ham, ijara talab qilishyapti. Va oʻquv markazlari qarzga kiryapti. Qaytib faqat orada qolib ketgan ijara pullari uchun ishlanadi.
22-maktab psixologi Shodiyeva Zebo
Tezroq ochilsin gigeniyaga rioya qilib ochsa bo'lardi bozorlar ham makrolar ham o'quv markazdagi o'quvchilardan ko'p bo'lsa ko'pdirki kam emas
Alimbayev Farhod
22-maktab psixologi Shodiyeva Zebo
Online dars bering man shunaqa qivoman
Onlayin beryabman lekin lekin samarasi kam daromad kam bolyabdi buni ustiga o'quvchilar bilan koproq shug'illanadigan vaqt keldida xozir
Teziroq o'quv markazlari ochilsa yahshi bo‘lar edi
To'g'ri o'quv markazlarga ruxsat berish kerak menimcha. Hech bo'lmaganda 10 ta kishilar qilib o'tish kerak faqat tillar bo'yicha
gigiyena qoidalariga amal qilishi amri mahol.Maktab, litsey, kollejlar ochilmay kurslar ochilsa, bema'nilik bo'lmaydimi? Kurslarga kamida 3soat dars o'tiladi va bitta xonaga KAMIDA 20ta o'quvchilar o'tiradi...
Латофат Фазлиддиновна
Гигиена қоидаларига амал қилиб очган тақдирда ҳам шу интернетда ўтириб олиб сиёсатни муҳокама қилаётганлар,шундан бошқасига ярамайди.Кўнглида бор одамлар ўқиб ўрганаяпти. Ҳаракат қилаяти
Олимжон Хужаназаров
Туйларга качон рухсат бериларкинааа?
havo isimoqda, imtihonlarga kam vaqt qolmoqda, shu sababli o'qituvchilarning 4-5 soatlab dars qo'yishi tabiiy.Bunda gigiyena qoidalari haqida gap borishi mumkin emas. O'ylab ko'rsak, havo isiyotgani sababli darslar yo ertalab, yo kechga ko'chiriladi, bu deganiki, o'quvchilar miqdori ko'p bo'ladi, bunda masofa qoidasi buziladi
Maxliyo Po'latova
Ассалому алейкум мен мактабгача та'лим муассасида тарбиячи б.б ишлайман карантинда бизни тез тез чакиришади гул ектирадилар шанбалик дейдилар шу тугрими
kurs ochilsa yaxshi-yu, ammo kasal bo'lib imtihonga bormaslik kimga kerak?
Bu sektor haqda ham aniq o'ylash vaqti keldi, o'quv markazlari va xususiy maktabdagi o'qituvchilar ijtimoiy himoyalanmaganligi yuzaga chiqmoqda. Ota onalar repititorlarga online dars uchun pul to'lamaydi, shuni hisobga olish kerak. Koronovirus kasalligi aniqlanayotgan barcha holatlar karantinda saqlanayotgan odamlar orasida aniqlanayotgan hududlarda dizenfeksiya qoidalariga amal qilgan holda o'quv markazlarini ochilishiga ruxsat berilishi, ham xususiy maktab, o'quv markazi o'qituvchilariga va rahbarlariga, ham abiturientlarga yaxshi bo'ladi.
Комилжон
Хали жуда эрта. Богча ва таьлим тизимида карантин коидаларини юмшатмаслик керак
Комилжон
Карантин даврига карамай богча мудираса ёки мактаб директорлари ходимларни ишга жалб (ремонт) килаётганлари кузатилмокда. Бундай рахбарларни камаш керак
menimcha yana bir bor òylab kòrish kerak chunki masalan bozor ochiq yana shunga oxshash virus yuqishi mumkin bòlgan joylar ishlayapti òquv markazlariga kelsak barcha òquvchilari yoshi katta xar qalay boqcha endi boshqa masala
Buyil abituriyentlar nechta otm xujjat topshirishi mumkin
Hozircha oquv markazlariga erta togrisi baribir masofani saqlash qiyinov uquv markazlarida
Show next 66 comments