❗️Боғча ва ўқув марказларига ҳозирча рухсат йўқ

Республика Махсус комиссиясининг жорий йил 8 майдаги айрим ҳудудларда карантин чораларини юмшатиш ҳақидаги қарорига қарамай, хавфсизликни таъминлаш мақсадида таълим муассасалари ва ўқув курслари, шу жумладан давлат, хусусий, оилавий, давлат-хусусий шериклик асосидаги мактабгача таълим муассасалари фаолиятига чеклов ўз кучида қолади.

Ушбу чеклов чораларини узайтиришдан мақсад — болалар хавфсизлигини таъминлаш ва уларнинг саломатлигини коронавирус инфекциясини юқтириб олиш хавфидан ҳимоя қилишдир.

Инфекция хавфи бартараф бўлгач, таълим муассасаларига ҳам рухсат берилади ва бу ҳақда қўшимча хабар қилинади.


👉 @xushnudbek 👈

214 comments

Show 100 more comments
حكيموف ايبك
Xushnudbek aka yashil hududlardagi o'quv markazlariga ruxsat bersa bo'ladiku... 3000 ming nafar ishchisi bor korxonalar ishga tushdi.Agar koronovirus yuqish ehtimoli boʻlsa ularning ota onalari ham bu infeksiyani uyiga tashib kelishi mumkinku... Undan farqli o'laroq o'quv markazlarida o'quvchilar soni ancha ozchilikni tashkil qiladi.Ehtiyot choralarini qilib faoliyatimizni tiklasak bo'ladi degan umiddaman.
Lekin, o'quv markazlarchi. Korxonalarda yuzlab odamlar ishlab rozg'or tebratadi. O'quv markazlarda esa kam sonli odam oylik oladi. Lekin abiturientlar pul to'lashadi. Ozi karantinda ko'p oilalarni moliyaviy ahvoli og'irlashdi. Qisqasi,o'quv markazlarni ochishdan foyda kam zarar va havf o'ta yuqori. Kiyin korhonalarda masofani saqlasa bo'ladi, lekin 6×4xonada 18-20 ta o'quvchi 2 soat o'tiradi. Bu juda havfli
Бобонов Б
Мени фикримча тугри карор.Чунки жахонга назар соладиган булсак Узбекистонимизга куз тегмасин Хар калай тартибли утказяпмиз карантинни.Бу тартибимизга дунё хавас киляпти.
Bu koronavirusdan insoniyatni avvalo xudo keyinam prafessor va olimlar yani ziyolilar qutqaradi nasib qilsa. Pul yoki iqtisodiyot qutqaradigan bo‘lsa bu masala oylar mobaynida cho‘zilmasdi. To‘g‘ri yashash uchun pul kerak lekin qachongacha. Bilimli va chuqur zexinli xalq hechqachon ortda qolmaydi. Yaponiyaga atom tushsaham tabiy ofatlar bo‘lsaham o‘zini bilimi va falsafasi orqali dunyoda yetakchi davlatlardan
Òzbekistonda 1 tayam kasal yuqtrgan bemor qolmasa shunda ochiqlik oldingi xolga qaytishga ruxsat bersa bòlar edi, òqishga kirishu dunyo topish nima keragi bor soģliq bòlmasa, kun kechirishi uchun ishlashi kerak bòlgan boģcha yoshidagi bolali oilalarni farzandlari uchun xususiy boģchalarga ruxsat berilsa toģri bòlardi
Xususiy bog'chalar ochilsin.
Xususiy bog'chalar ochilsin
Xususiy bog'chalar ochilsin
Xususiy bog'chalar ochilsin
Xususiy bog'chalar ochilsin
Xususiy bog'chalar ochilsin
𝙼𝚞𝚡𝚊𝚖𝚖𝚊𝚍𝚢𝚞𝚜𝚞𝚏
Hamma oʻzini oʻylaydimi deyman
Hududimiz yashil. Xususiy bog'chalar ochilsin. Kreditlar bor 14 ishchi xodim oyligi ro'zg'or kontrakt o'qish.Xususiy bog'chalar ochilsin
😇☺☺☺☺
Xurshida Zuparova
Ishlidigan ota onarga qiyin bogchalar ochilmasa hususiy bogchalar juda qimmat
.
😇☺☺☺☺
Odamlar oʻlaman deyapti xususiy boğchalar ochilsin dep jar solasiz . Undan muhim narsalar kammi
Óquv markazlari faqatgina abituryentlaga ochilgani yaxshidi
𝙼𝚞𝚡𝚊𝚖𝚖𝚊𝚍𝚢𝚞𝚜𝚞𝚏
Odamlar oʻlaman deyapti xususiy boğchalar ochilsin dep jar solasiz . Undan muhim narsalar kammi
Tog'ri aytasiz. Uzr. Shifo bersin. 😌 iqtisodiyot, soliq tushumlari, Yalpi ichki mahsulot infilatsiya haqida ham o'ylab boshlaydigan vaqt ham kelar
Kamola Mirxamitovna
Mani fikrimcha bog'chalar ochilmay turgani ma'qul chunki, vaqti kelganda kattalar ham o'zini virusdan himoya qila olmayapti, bolalarni gapirmasa ham bo'ladi. To'g'ri oilalarda moliyaviy tomondan yoki bolalarni tashlashda muammolar bo'lishi mumkin. Lekin sog'liq ayniqsa bolalar sog'lig'i hammasidan muhim.
Show next 39 comments