Тошкент давлат юридик университетининг магистратурасига кириш тест синовлари ҳақида

📆 2021-2022-ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетининг магистратурасига кириш тест синовлари 20 август куни 19:00 да Тошкент шаҳридаги Ботаника боғида бўлиб ўтади. Бу ҳақда ДТМ хабар бермоқда.

📚 Тест синовлари 2 та мутахассислик фани ва чет тили (инглиз, немис, француз) дан ўтказилади.

⏳ Бунда талабгорларга ҳар бир фандан 25 тадан жами 75 та тест топшириғи ва уларни ишлаш учун 2 соат-у 30 дақиқа вақт ажратилади.

✅ Чет тили бўйича B2 ва ундан юқори даражадаги миллий ва халқаро сертификатга эга талабгорлар чет тили бўйича имтиҳондан озод қилинади ва уларга шу фан доирасида олиш мумкин бўлган максимал балл берилади. Уларга тест синовида 2 та мутахассислик фани учун 1 соат-у 40 дақиқа вақт ажратилади.

📌 Тест синовларида тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 207,5 балл бўлиб, мутахассислик фанлари бўйича ҳар бир тўғри жавоб учун 3,1 баллдан (жами 155 балл), чет тили фани бўйича эса 2,1 баллдан (жами 52,5 балл) берилади.

👨🏻‍💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани 18 август куни 15:00 дан бошлаб Давлат тест марказининг magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин бўлади.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан 18:30 дан кечикмаган ҳолда келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

73 comments

Show 24 more comments
Assalomu aleykum. Men O'zbek tili va adabiyoti universitetiga magistraturaga topshirgandim. 73.3 ball bn 1-bosqichdan o'tdim. Chet tilidan dtm.da imtixon bo'lishi aytildi, lekin qachonligi noma'lum. Dtm call centrga tel qilsam ular ham hali noma'lum, o'zimiz saytga e'lon joylaymiz deyishdi. Siz yozgan magistr.dtm.uz sayti ham ishlamayapti. Men agar chet tili imtixonini o'tkazib yuborsam, dtmga shikoyat qilsam men uchun alohida topshirishimga ruhsat berishi kerakmi? Mana bir haftadan beri jim-jit! Universitetdagi imtixondan bir kun oldin hammaga sms yozib, nechanchi smenadaligini aytib chaqirishdi. Lekin dtm esa hakiyam passiv!
Наргиза Мирзаева
Аслалому алейкум магистратура имтихонлари хакида батавсилрок маълумот бера оласизми. Тартиби ва имтихон кунлари хакида. Педагогика институтларида канака тарттбда булаяпти,
SHOHIDA
Assalom aleykum Xushnud aka ikkinchi mutaxassislik bo'yicha Yuridik universitetiga qabulni so'ragan edim. Bu hozirda mavjud emas deb etishdi.Haqiqatdan ham ochiladimi?shu masalada iltimos ma'lumot bersangiz
SHOHIDA
Sababi qabul tugashiga sanoqli kunlar qoldi.
Moonees_🌙
Assalom alaykum oqishni bowqa xorijiy insititutdan uzb otmga oqishni kochirish imtixoni qachon boladi
Narzullayev Akbar
Assalom aleykum Xushnud bek aka biz 11-avgust kuni jismoniy tarbiya Unversitetiga magistratur bòyicha imtihon topshirganmiz leki xali hamon javobi chiqmadi.OTM ga bòlgan ishonch ham qolmadi.Buncha vaqtda nimalar bòlib ketgandir.Oliy ta lim Vazirligi ham jim
konkurs nechtaga nechta boʻlganini qayerdan bilsak boladi
Bilgichlar aytinglarchi menga mutaxasislikdan tushadigan savollarga kitoblar e'lon qilinadimi
Assalomu alaykum
Nega hamma sohada shunday qat'iy tartiblashtirilgan imtihon emas😒😒😒😔
Perevodga ruxsatnoma qachon chiqadekan
Shahmat boyicha viloyatlarda ham musobaqa otkazilsa yaxshi bo'lar edi faqat poytaxda bo'lmasdan poytaxtga borishga imkoni yo'q lekin iqtidorli bolalar viloyatlarda juda ham ko'p lekin faqat poytaxdagilar uchun bunday tadbir tashkil qilinadi mi
Akobir Shamsiyev
Assalomu alaykum Xushnudbek! Davlat boshqaruvi akademiyasiga mana 2 yildan buyon qabul bo'lmayapti? Shu yil qabul bo'ladimi? Shu haqda ham ma'lumot bersangiz! Oldindan rahmat!
Ummati Rasululloh
Assalomu alaykum
Ikkinchi mutaxassislik boyicha kimda malumot bor
Hujjat online topshirdik
Qabul qilgan qilmaganini qanday bilsa boladi
20 avgustda qabul tugar ekan
Yoki oliygohni o'ziga borib topshiraylikmikan
Shunda muammo bolmasmidi
Hojiakbar Karomiddinov
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, Man hozirda FarDu tarix yònalishida 3 -bosqich talabasiman magistiraturaga yuridik unversitetga topshira olmas ekanman, sababi turdosh yonalish emas ekan, shuning uchun magistraturani chetda huquq yonalishida òqib kelsam diplomim natifikatsiyadan otadimi javob uchun oldindan rahmat.
Maxfuza Raxmatova
Assalomaleykum turdosh yonalishda topshirish mumkin deyilgan magstrga bu yil. Savolim shundaki, ingliz tili va adabiyoti yonalishini òqib ham yuridik sohaga magstrga topshira olamanmi yoki faqat til boyichami? Javob uchun oldindan rahmat
kim yuridik institutga magistraturaga hujjat topshirgan
T.T.G
Xushnudbek aka ikkinchi mutaxasislik xaqida malumot bering
Show next 28 comments