Тошкент давлат юридик университетининг магистратурасига кириш тест синовлари ҳақида

📆 2021-2022-ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетининг магистратурасига кириш тест синовлари 20 август куни 19:00 да Тошкент шаҳридаги Ботаника боғида бўлиб ўтади. Бу ҳақда ДТМ хабар бермоқда.

📚 Тест синовлари 2 та мутахассислик фани ва чет тили (инглиз, немис, француз) дан ўтказилади.

⏳ Бунда талабгорларга ҳар бир фандан 25 тадан жами 75 та тест топшириғи ва уларни ишлаш учун 2 соат-у 30 дақиқа вақт ажратилади.

✅ Чет тили бўйича B2 ва ундан юқори даражадаги миллий ва халқаро сертификатга эга талабгорлар чет тили бўйича имтиҳондан озод қилинади ва уларга шу фан доирасида олиш мумкин бўлган максимал балл берилади. Уларга тест синовида 2 та мутахассислик фани учун 1 соат-у 40 дақиқа вақт ажратилади.

📌 Тест синовларида тўплаш мумкин бўлган максимал балл – 207,5 балл бўлиб, мутахассислик фанлари бўйича ҳар бир тўғри жавоб учун 3,1 баллдан (жами 155 балл), чет тили фани бўйича эса 2,1 баллдан (жами 52,5 балл) берилади.

👨🏻‍💻 Талабгорлар тест синовида иштирок этиш учун рухсатномани 18 август куни 15:00 дан бошлаб Давлат тест марказининг magistr.dtm.uz сайтидан олишлари мумкин бўлади.

❕ Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан 18:30 дан кечикмаган ҳолда келишлари сўралади.


👉 @xushnudbek 👈

73 comments

Show 39 more comments
Hojiakbar Karomiddinov
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka, Man hozirda FarDu tarix yònalishida 3 -bosqich talabasiman magistiraturaga yuridik unversitetga topshira olmas ekanman, sababi turdosh yonalish emas ekan, shuning uchun magistraturani chetda huquq yonalishida òqib kelsam diplomim natifikatsiyadan otadimi javob uchun oldindan rahmat.
Maxfuza Raxmatova
Assalomaleykum turdosh yonalishda topshirish mumkin deyilgan magstrga bu yil. Savolim shundaki, ingliz tili va adabiyoti yonalishini òqib ham yuridik sohaga magstrga topshira olamanmi yoki faqat til boyichami? Javob uchun oldindan rahmat
kim yuridik institutga magistraturaga hujjat topshirgan
T.T.G
Xushnudbek aka ikkinchi mutaxasislik xaqida malumot bering
pervotni imtihoni qachon boʻladi shu haqida maʼlumot bering iltimos @xushnudbek.uz
AZIM_BEK
Magstrga topshirgan edin òzimning 1 bosqichdan utdim Lekin engliz kirish uchun kabnitdan ruxsatnoma olomaypan kim bilsa yordam bernglar
Hammada shu savol. Boshqa yoʻnalishlarda magistratura birinchi bosqich boʻldi. DTM oʻtkazar ekan UNIVERSITETIlar maʼlumot bermayapti. Dtmdan ikkinchi bosqich uchun ruxsatnoma qanday olinadi.qachon boʻladi maʼlumot bersa boʻlardi DTM
Xushnud aka 4 bosqichga òtgan talabalarga ishga kirishga ruxsat berilgan.Lekin SAMDU da 4 kursga òtganlarni 4 kursga òtganligi haqida malumotnoma berilmayapti faqat 3 kursniki berilyapti ekan.Aar kontrakini tòlasa 4 kursnikini beramiz deb aytyapti dekanat shu tòģrimi qonun bòyicha nima deyilgan?

Shu haqida kimda qanday fikrlar bòlsa javob yozinglar
Ruxsatnomani qanday oladi
Assalomu alaykum magistraturaga topshirgan edim mutaxasislik fanidan 55 ball toʻpladim. Keyingi imtixonga qilamanmi?
Olishning imkoni bo'lmayapdiku
Nasiba Madaminovna
Assalomu alaykum Xushnudbek aka.Temir daftarga kiritilgan va nogironlarning farzandlari alohida grand bo'ladi deyishdi.Ular kvotadagi 15 granddan tashqari grandlar bo'lishadimi
Salom hammaga
chet tilidan faqat inglis nemis franisus tili kititilganmi yoki boshqa chet tilini ham tanlasa bo'ladimi .
misol turk tilini yoki yapon tilini
iltimoossss bilguvchila izoh qoldiringlar
magistratura kirish suhbati nima haqida boldi .
aytib yuboringizlar
Yosma yoki test topshiriladi keyin ingliz tili
Qaxramon
Ochiq byudjet ishlamayati xurmatli Xushnud akcha
Xushnud aka man Oʻzbekiston milliy universiteti tarix fakultetida oʻqiyman bakalavriat tugaganidan keyin Milliy gvardiyani magistraturasiga topshirsam boʻladimi shu haqida kanalda post chiqaring iltimos yaqinda qonun chiqtiku faqat turdosh yoʻnalish boʻyicha magistratura bosqichida oʻqisa boʻladi deb shunga maʼlumot qoʻying kanalga
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka yangi oʻquv yili qay tarzda boshlanishi (onlaynmi offlaynmi) haqida ma'lumot berolasizmi?
Show next 13 comments