Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?
Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.
Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман.
Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?
Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.
Барчага раҳмат!
P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)
👉 @xushnudbek 👈
Отабек Нуритдинов
Санжархўжа
Абдулқодир Мўминов
Рустамбек Тоғаев
Эмине Караманова......
Rais buva
Fayzbog' (TemurMalik) va albatta Xushnudbekni keskin fikrlari uchun
Мен фақат иккита блоггер каналига обуна бўлганман.
@xushnudbek.uz va
@hamzajumayev.
1) men ma'lumot koʻrganimda agar xabar masʼul idoradan yoki boshqa saytdan saytdan olingan boʻlsa albatta, adressi koʻrsatiladi bu axbarotning ishonchli va huquqli ekanligi.
2) Asosiy muammolarga huquqiy jihatdan toʻgʻri baho berib faktlar asosida yechim bera olish ( nima emush: 1-sentabrda shahar propiskasi yopilar emush..
- xushnudbek huquqiy va aniq faktlar asosida bu gaplar qanchalik asosli ekanligiga yechim bera oldi)
3) ramazon oyi harakatlarini oʻzim yaxshi baholagan boʻlardim.
4) ayniqsa, bloger kerakli payt insonda qalb bor ekanligin inobatga olishi kerak: axir ma'lumotlar robotga tarqatilmayabdi, ya'ni ba'zida xolis shaxsiy fikrlar va emotsiya ham yaxshi foyda beradi. Xushnudbek bunday foydalanadi.
5) Men uchun shu insonni qalban hurmat qilaman. Alloh ishlaridan rozi boʻlsin
Endi ish bor joyda xato ham boʻladi. Oʻylaymanki, xatolar va kamchiliklar zamon va talabga qarab to'g'irlanadi. Boshqa blogerlar faoliyati bunday emas demoqchi emasman, hammasidan Alloh rozi boʻlsin. Keyin biror kishining ilmiy faoliyati va ish tajribasining xatolari haqida gapirish uchun eng kamida shu inson aqli darajasida boʻlish lozim..
Xuddi bu Imomi Aʼzam haqida fikr bildirish uchun kamida Imomi Shofeʼiy boʻlishga oʻxshaydi... Eng muhimi barchalariga rahmat shaxsiy fikr bular...