Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?
Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.
Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман.
Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?
Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.
Барчага раҳмат!
P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)
👉 @xushnudbek 👈
Shuxrat Musaev
Xushnudbek
Va shifokorlarni tushunishga va qaysidur tomonlama ularni yonini olishga harakat qilgan
TROLL yani Umid Gafurov Faktlar orqali tanqid qilish bo'yicha judayam zor yana o'z fikrlarini ochiq oydin bayon qiladi qiziqarli ma'lumotlari judayam ko'p
HAMIDOV yani Laziz Hamidov uning YouTube daki ULAR ko'rsatuvi judayam zo'r hali beri bunaqa ko'rsatuv chiqishi amri mahol
Iqtsodchi Kundaligi yani Bekzod Hoshimov iqtisodiy bilimlarni rivojlantrish uchun judayam yaxshi qollama sifatida bilaman bloglari Suhbat qilgan insonlari iqtisodiy bilimlarni judayam oshiradi
Umid Gafurov(Trol uz.)
УЗФАКТ
Mikhail Litvin (ЛИТВИН)
Edward Bil
Erib davidch(smotra TV)
Muxammadjon (Uzabzor)
Антон потишкин
MrOotabekTV
Jasur Hamroev
Turfa olam
SUBO
Amerika ovozi
BBCuzbek
Davron & Co
Interyu TV
Alimoff (Nurbek akani) kanali huddi Fayzbog‘dek ammo yumor ko‘proq. Ikkala blogerning ham fikrlari menga juda yoqadi har bir maqolasini diqqat bilan kuzataman barcha hodisalarga kreativ ko‘z bilan o‘zgacha uslubda qarashadi.
Bloger Shahnoza (Shahnoza opani) kanali unda ham hozirgi kundagi dolzarb voqealarga yaxshi baxo berishlari yoqadi menga.
Nozim Safari kanali. Men juda hurmat qilaman juda kuyunchak xalq dardini doimo birinchi o‘ringa qo‘ya oladigan haqiqiy vatanparvarlardan deb hisoblayman. Ko‘pincha hissiyotlarini ochiq ko‘rsatgan holda kuyunchak maqolalari bilan o‘ziga jalb qiladi.
Bakiro kanali iqtisodiy masalalar bo‘yicha yaxshi, nohaqliklarga qarshi turib maqolalar yozadi.
Qo‘shni mahalla (hozir uncha ko‘rinmayabdi)
Davletov kanali ham huddi shu yuqoridagi kanallardek ortiqcha izohga hojat yo‘q deb o‘ylayman.
Bu barcha kanallarni kuzarib boshlashimga aynan sizning kanalingiz sabab bo‘lgan. Sizning va shu kanallardan juda ko‘p huquqiy bilim oldim va atrofimdagi voqeliklarga teranroq ko‘z bilan qarashga o‘rganyabman.