Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Shoira Muhiddinova
Хушнудбек томонидан берилган хабарлар хамма вакт уз тасдигини топган . Мен доимо Хушнудбекни кузатиб бораман
Убайдулло Бокиев
Хушнудбекни.расул кушербаевни.шухрад мусаевни.бобур акмаловни.барчасини дунё караши,элпарвар ростгуйлиги ва уз пазитсияси менга жуда ёкади.шуларни орасида хушнудбек саааал пассиврокдек гу́ё.😁😁😁😁
Davletov hushnudbek Kusherboyev
Saodat
Ассалому Алайкум блогерлар сизларга Рахмат мен Расул Ккшербаев ва Хушнудбекни кузатиб бораман сизларга Рахмат
Assalomu aleykum Xushnudbek aka bugungi blogerlar kuni bilan sizni tabriklayman .Ishlaringizga omad tilayman.Telegramda faqat sizni kuzataman chunki ishonchli va tushunarli malumotlarni berib borasiz
Xushnudbek aka men har doim sizni kuzatib boraman
Мавжуда Мирзокировна
Бошка блогерларни кераги йук.Керакли маьлумотлар етарлича.Факатгина саволларни каерга юборишни билмайман.ОМАД !
Asror Davlatov
Rasul Kusherbayev
Davron Fayziev
Xayrulla Xamidov
Muxrim
Aslanovdan iqtiboslar
Bobur Akmalov
SODIQXO‘JA
Xushnudbek aniq fakt bn yozganiz un sizni kanalizdan olaman hamma yangiliklarni
Bek Vlogs, Shaxa Dolimov, Komiljon Usmonov, UzBoom tv,
Faqat Xushnudbek.uz ni kuzataman
Rasul kusherboyev
Bayramingiz muborak bo‘lsin🎉🎉🎉🎉 Men faqat sizni kuzataman
Nurbek alimoff Temur Malik Fayzbog Troll uz Zambarakning ôqi Bakiroo larni oqleman i duo qilaman 🤟🏽🤟🏽
Iroda Bakirova
So'rovnoma natijalaridan ko'rinib turibdiki obunachilarning ko'pchiligi "paxtachi".Yashasin "Paxtakorlar".
XUSHNUDBEK- chunki rasmiy va ishonchli yangiliklar
ZAMBARAKNING ÒQI.
Hozirgi kun talabiga ko‘ra eng yaxshi mativatsion va axborotga boy bo‘lgan kanal blogerlarini kuzatish kerak .
Mn: sizni va yana boshqa blogerlarni
Nozim Safari qob ketibdi
Сардор Умаров - "Дунё ғаройиботлари" канали қизиқарли факлари билан одамни жалб қилади.
O‘zimdan boshqa hechkimni
Davletovuz - asosan iqtisodiy tarafdan blog yozadi. Reklama bo'lsayam yangi bank xizmatlaridan (kredit, pul o'tkazmalari va innovatsion xizmatlar) xabardor qilib turishi juda yaxshi. Davlat boshqaruvi, markaziy bank xatti harakatlari, omonat qo'yish va shunga o'xshash ko'plab mavzulardagi tavsiyalari ham juda yaxshi. Lekin iqtisodiy tahlil va tanqidda Begzod Hoshimov kuchliroq (In My Humble Opinion 😉)

Zafarbek Solijonovdagi dux(o'zbekchasini bilmadim)ga qoyil qolaman. To'g'risini aytsam telegramga kirib birinchi shu blogerni kanalini ochaman. Jurnalistik surishtiruvda izquvar "Puaro" 😀

Rustam Ashurov - bizni brat)) Mashxur familiya egasi. Ko'rishmagan bo'lsamda bir-ikki maslahatlashganman telegram orqali. Ilm-fan olamida "one of my role model" kumerlarimdan biri😎

Alimoff - Bu insonni yaxshi tanimayman lekin yoshligidagi bo'lgan voqealarni nuqta verguligacha eslab postlar yozib turishiga, tekinga yoshlar uchun juda kerakli kitob va videoroliklar tarjimasini ulashishiga va eng kreativ hayolparastlardan ekanligiga qoyil qolish kerak))

Eldar Asanov - til shaydosi. Manga qo'yib bersa O'zbek tilini rivojlantirish vazirligi ochib shu insonni vazir etib tayinlagan bo'lar edim🤪

Safari - biror nimani o'zicha to'g'ri deb bilsa qarshi tomonni eshitmaslik uchun quloqlarini kar ko'zi ko'rga aylanib qoladi)). Ma'naviyatchilar va Alisher Qodirov kushandasi, shoshqaloq va qiziqqon). Aytgancha oliy ta'limda ma'naviyat fanlari nimolyapti? hali ham o'tilyaptimi? 🤠

Oops!! Muhrim esdan chiqibdiku - qalami o'tkir akaxonlardan)). Turib turib hich kim o'ylamagan mavzularda yozib kopchilikni shoshirib qo'yadi). Ayniqsa Toshkent shahar Jek, transport, avtomobil yo'llari, metropoliten va temir yo'l quruvchi amaldorlar uni tunu kun kuzatib borsa kerak😅

Xushnudbek - mavsumiy blogerlardan. Yozda abiturientlarning ishongan tog'i, saylov mavsumida prokuror, mavzu kamayib qolganda propiska esiga tushib, chiqmagan jondan umid shiori ostida yana o'tkir postlarni yozib, "Sening fikring bizga bir tiyin jamoatchilik portali"ga loyiha tashlab turar va yana natijadan hafsalasi pir bo'lib turuvchi optimist🤓Lekin tan berish ham mardlik propiska bo'yicha shuncha ijobiy o'zgarishlarda uni o'rni juda katta. Yomon taraf deyolmaymanku lekin manga uncha yoqmagan taraflaridan biri - oxirgi paytlarda kanal ko'proq yangiliklar kanaliga aylanib qolgan. O'tgan va undan oldingi yillardagi o'tkir tanqidlar juda kamaygan. To'g'ri, tushunaman, balki kanalni kattakonlarimiz ham kuzatib borayotgan bo'lsa inson ancha ehtiyotkor bo'lib qoladi lekin hech bo'lmasa jiijcha minderoo mavzularda tanqidlarni ko'paytirib, hamma kanalda beriladigan yangiliklarni sonini kamaytirishni tavsiya qilgan bo'lardim.🙄

Yaxshi yomon xazillar uchun uzr omale🤤
Hammangizni tabriklayman.
Show next 100 comments