Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?
Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.
Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман.
Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?
Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.
Барчага раҳмат!
P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)
👉 @xushnudbek 👈
Muhrim - holis, aniq xabarlar, ajoyib tahlil
davletovuz- eng yangi, ishonchli maʻlumotlar, yaxshi tahlil
Qishloqlik oʻqituvchi - taʻlim sohasidagi muammolarni noodatiy tarzda ochib berishi
Isroil Tilovboyev - taʻlim sohasi jonkuyari, Xalq taʻlimi yoʻnalishidagi norasmiy "advokat"
Boshqa yana koʻplab blogerlarga obunaman, lekin ularning koʻpchiligida baʻzida shaxsan men uchun yoqimsiz vaziyatlar kuzatiladi:
Safari - oʻta qiziqqon
Troll - faqat hamma narsadagi yomon jihatini izlaydi
Effekt Makarenko - mazza qilib oʻqirdim, lekin oxirgi vaqtda bu ham koʻp emotsiyaga asoslanib yozadi
Yana bittasi bor - Fayzbogʻ, tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega boʻlmaganlarga umuman bu kanalga kirishni maslahat bermayman, oʻzining aniq maqsadi, "qizil koʻzoynagi" bor, dunyoni shu koʻzoynak orqali koʻradi. Shaxsan men oʻzimning axborotni tahlil qilish qobiliyatim hali oʻlmaganini tekshirish uchun bu kanalga kiraman. Kanaldagi hamma narsa 100% toʻgʻri tuyula boshlasa, demak mening axborot filtrimda muammo bor