Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Of course you. Another one is now living in New York he has Chanel on YouTube.
Saparniyazov Inomjan
Blogerlar qo'rqmasdan to'g'risini yozgani uchun ularga hurmatim baland. Ular yozganlarini rasmiy bayonotda boshqacharoq sharhlaydi, shu sababga ko'ra axborotlar bir biriga to'g'ri kelmagani uchun ko'pchilik qaysiga ishonishga ikkilanadi. Axborot olamida muvaffaqiyat tilayman! Bayramingiz muborak! Agrobloger, davletovuz. Xushnudbek, v.b.
troll.uz va sanjar ho‘ja senzurasiz bloger.
Xushnudbek. Sababi ishonchli habar doim beriladi va hamma saytlardan oldin 1 - lardan bo'lib yozadilar. Institutda bizga ko'p shu kishini saytlarini kuzatishimiz kerekligini domlalarimiz aytishardi rostan ham barcha kursdoshlar bilan shu blogerga ishonamiz. Omad ishlarizga
Bakiroo bn farhod musayevga gap yoq, ochiqcha gapiradiganlardan bular. Xushnudbekni avval maqullardim ln hozir kattalarga padxod qilaydigan padxalim blogger bb boryapti
Xushnud aka sizni kuztamizda aka. Oldingi komentdagi savolga bir etibor bervoring aka iltimos
🌟🌟🌟🌟🌟
Xushnudbek kanalini
Umid Gafurov,NoZim Safari,Xushnudbek bundan ham dadilroq bo"lis k.k
Xushnudbek padxalim padxodchi latta bb boryapti
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Shuhrat Musaev
Bloggerda dux bolishi kk
Faqat Xushnudbek hozircha
Alimoff bloglari ham kritik, ham drabllar, ham prikolniy yondashuv va aqlli fikrlidi.
Muhrim uning kritikasi ham yoqadi.
Davletov iqtisodiyot va siyosiy jihatdan yaxshigina mavzularni yoritadi.
Zafar Hoshimov iqtisod bo'yicha ko'p bilimlarni ulashadi.
Trol uz bazi bazida yaxshigina yumor bilan tanqid.
Aziza Qurbonova (Mikrofon ko'targan ayol) serqirra ayol
Zafarbek Solijonov oxirgi vaqtlarda juda faol
Uyushmagan yoshlar - memlarning haqiqiy ustasi.
Fayzbog - vujudi kritika
Va yana ko'plab boshqalar
Nurbek Alimov(Alimoff) va Umid Gafurov (troll.uz)
Санам
Ixtiyor Abdullayev
Tòppa tòģri Xushnudbek ham yuzaki yozishni boshladi.
жуда расмий деган болардим, яни давлат тилидан😏 нимадир озгаргани аник
Xushnudbek,Maqsud Muzaffarov va Avtoblog uz,Davletov va Deputat Rasul kusherbayev mana shular xaqiqatdan xalqni dardi bilan yonib yashaydiganlar deb bilaman
Balkim yana bordir,men bilmagan blogerlarimiz...
Ман журналист Улугбек Ашурни кузатаман, ва шундай ёзаман Я люблю страну, но ненавижу государство..
Farxad Gayratllaevich
Xushnudbek va Davletov uz blogerlani kuzataman. Xar bir xolatga xolisona yondashishadi va xuquqiy baxo berishadi.
Koʻpchiligini kuzatib boraman , asosan Muhrim aka Aʼzamxoʻjayevni va albatta tumandosh Dima Qayumni ham
Ahror
Assalomu alaykum Xushnudbek bir taklif bor edi Jurnalistika ijodiysi haqida aniq malumotlar bolsa kopchilik xursand bo'lgan bolar edi
Show next 100 comments