Cўровнома: қайси блогерларни кузатиб борасиз?

Халқаро блогерлар куни бизнинг юртимизда ҳам бугунги кунда актуал бўлиб қолди. Сабаби кўз тегмасин йилдан йилга блогерлик фаолияти ривожланиб, уларнинг мақоми ва жамиятдаги ўрни сезиларли равишда ошиб бормоқда.

Шу ўринда каналимиз муштарийларига бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Сиз қайси блогерларни мунтазам кузатиб борасиз?

Имкон қадар шунчаки номларни айтмасдан, айнан қайси жиҳати учун кузатиб боришингизни ҳам ёзсангиз, янада қизиқроқ бўлар эди.

Барчага раҳмат!

P.S.: сўровнома каналим орқали ўтказилаётгани учун, изоҳларда мени айтишингиз шарт эмас. Бошқа блогерларни айтсангиз, мантиқан тўғри бўлар эди :)


👉 @xushnudbek 👈

2534 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum yaxshimisiz. Xushnudbek, Davletov, Aziza Umarova, Muslim Mirzajonovlar
ZOKIR
Safari, Davletov siyosiy postlari uchun Diyor Imomxujaev futbol haqida gi postlari uchun
Assalomu alaykum yaxshimisiz. Xushnudbek, Davletov, Aziza Umarova, Muslim Mirzajonovlar.
YUSUPOV SHOXJAXON
Xushnudbek👍👍👍👍👍
Ассолому алейкум хушнудбек,алимов,сафари,шухрат шокиржонов,ахмедов,солижонов,рузиохунов,далиев,тролл,хамидов,давлетов рости биринчи хушнудбекни каналини очаман
МНН
xushnudbekuz телеграм каналини тўлиқ кузатиб тураман керакли маълумотлар мавжуд рахмат канал учун
Xushnudbek Xudoyberdiyev. Davlat axamiyatidagi masalalar birinchi e'lon qilinadi. Bir kunda berilayotgan ma'lumotlar yetib ortadi shuning uchun boshqa bloggerlarni kuzatib borish ortiqcha.
Xushnudbek Xudoyberdiyev
Assalomu alekum blogerla kuni muborak bo'lsin. man Zafarbek Solijonov va Fayzbog' kanalini kuzatib boraman. Omad
Assalomu alaykum. Ko'p Bloggerlarni kuzatib boraman. Futbol tvda ishlaydigan Barcha sharhlovchilarnikini, Otabek Bakirov, Troll.uz, Farhod Fayzullayev, Piyoda.uz, Tentakminds. Siyosat va dunyo va O'zbekistondagi har holatga bo'lgan munosabati qiziq menga. Adabiyot, kitob o'qish bo'yicha Mahin's world,. Asosiylari shular qolib ketgan bo'lsa uzr. 20dan ortiq shaxsning kanallarni bor. Shaxa Dolimov, Alisher Sadullayev, Murod Nazorov bular kimligini ko'pchilik bo'lsa kerak.
Mamataliyeva Surayyo
Xushnudbek kanalida barcha kerakli ma‘lumotlar sodda, tushunarli qilib beriladi.
Ruslan
Fayzboģ Alimoff Safari Tentakminds Taģo taym kanallarini kuzataman
JahonGIR
Файзбог, Сафари, Хайрулла Хамидов
Assalomu alaykum. Agar ism shariflarida xato qilsam uzur, kanal nomlanishini yozishim ham mumkin: Umid Gafurov - turli mavzularni yoritishi, ikki tilda post qilishi uchun; Mubashshir Ahmad - diniy mavzuda, musilmonlik odobi, ilm olishga ruhlantirishi uchun;
Nozim Safari - turli mavzularni yoritadi, fikr bildiradi va qiziqarli;
Bloger Shahnoza - ona tilimiz haqidagi postlari uchun, hayp boʻlmasada oʻta kerak mavzularni yoritgani uchun;
Zafarbek Solijonov - oʻz fikrini erkin bayon etgani, KUN uz dan boʻshab ketgani, xalqparvar postlari uchun;
Rasul Kusherbayev - parlamentdagi "odamimiz" boʻlgani uchun;
Sanjar Xoʻja - qattiq va baʼzida oʻta asosli tanqdlari uchun;
Insider.uz - millatimizning rusizabon vakillari nuqtai nazaridan muamolarg qarash uchun;
Я Обозреватель (ismlarni topa olmadim) - talabalar muammolari haqida video qilgani uchun)
@Niyatgabogliq va haqiqatgayaqin shu ikkivini kuzatib boraman chunki fake xabar tashlamaydi manbalari ishonchli odamni ongini rivojlantiradi va yaxshi tanqid qiladi
Assalomu aleykum men Xushnudbek.uz ni kuzataman
Javoxir
Расул Кушербаев Нуриддин Муродов ва Диёр Имомхужаев
Show next 100 comments